So’nggi yangiliklar

20:12U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон ярим финал йўлланмаси учун Саудия Арабистони билан курашмоқда (матнли трансляция)  225 20:00"Бавария" мухлислари Тухель қолишини исташади  2 19:54Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон – Эрон 2:2 (матнли трансляция)  24 19:41Роналду "Манчестер Юнайтед"да Рангникка ультиматум қўйган  4 19:23Максим Шацких: "Асосийси кейинги босқичга йўл олдик. Ўйин ҳақида эса гапиришни истамайман"  6 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1. Highlights  0 19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  1 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  0 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6 18:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" "Сўғдиёна"га мағлуб бўлди, лекин кейинги босқичга йўлланма олди  35 18:26Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Металлург" муроса кўчасини танлади  10 17:57Ўзбекистон олимпия термаси "Халифа" стадионига етиб келди!  11 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  6 16:58Кварацхелия янги мавсум "Барселона" футболчисига айланиши мумкин  7

EL. "Rostov" 3-saralash bosqichida "Makkabi" tomonidan "to'xtatildi", SHomurodov uzoq kutilgan golini urdi Yangiliklar

EL. "Rostov" 3-saralash bosqichida "Makkabi" tomonidan "to'xtatildi", SHomurodov uzoq kutilgan golini urdi

Turnirning 3-saralash raundidan o'rin olgan bellashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Rostov (Rossiya) – Makkabi Xayfa (Isroil) 1:2

«Rostov-Arena»

Gollar: 1:0 – 9 SHomurodov, 1:1 – 20 Rukavica, 1:2 – 60 Abu-Fani.

Rostov – Pesyakov, Osipenko, CHernov, Kozlov, Xadjikadunich, Glebov, Eremenko (Xashimoto, 64), Normann, Bayramyan (Poloz, 64), Ionov, SHomurodov (Toshevski, 82).

Makkabi Xayfa – Koen, Xabshi, Mabuka, Arad, Planich, Abu-Fani (Rodriges, 83), Menaxem, Lavi, SHeri, Rukavica (Nashmani, 89), Xaziza (Ashkenazi, 85).

Ogohlantirishlar: Planich (45).

CHetlatish: Glebov (68), Arad (88).


O'yin yakunlandi va "Rostov" mag'lub bo'lib, keyingi bochqichga chiqa olmadi. Ehtimol, keyingi raundda "Tottenxem" bilan uchrashishi mumkin edi, afsus. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi bahslarda g'oyibona ko'rishguncha! 

Ikkinchi bo'limga ham birinchi bo'limdagi singari 3 daqiqa qo'shildi. 

90. Toshevski hujumda foyda keltirishga urinyapti, biroq barchasi samarasiz. 

89. "Makkabi"da o'zgarish: Rukavica o'rniga Nashmani tushdi. 

88. "Makkabi" futbolchisi vaqtni cho'zgani uchun sariq kartochka oldi. 

87. Jarimadan uzatilgan to'pga Xajikadunich egalik qildi, yani bosh bilan zarba yo'lladi, biroq noaniq. 

86. Menaxem Toshevskini yiqitdi, jarima to'pi. 

85. "Makkabi"da o'zgarish: XAziza o'rniga Ashkenazi tushdi. 

82. "Makkabi"da almashtirish: Abu-Fani o'rniga Rodriges tushirildi. 

82. "Rostov"da o'zgarish: SHomurodov o'rniga Toshevski tushdi. 

80. Toshevski 5 daqiqadan beri maydon chetida turibdi, "Rostov" esa zarba ham berolmayapti. Narigi tarafda "Makkabi"da ham almashtirish bo'lishi kutilmoqda. 

77. "Makkabi" to'p nazoratini o'z qo'liga oldi, rostovliklarning aksariyat vakillari charchab qolishdi, jumladan, SHomurodov ham. 

75. Sal oldin takidlab o'tganimiz Toshevski maydonga tushishga shaylanmoqda. 

73. Aleksey Ionov sal vaqtli ichkariga kirishga shoshildi va o'yindan tashqari holatda qoldi.

72. SHomurodov hujumda bir o'zi qoldi desa ham bo'ladi, chunki u 6-7 kishiga qarshi o'ynab, kurashmoqda. 

71. Karpin zaxiradan maydonga tushirishi mumkin bo'lgan hujum vakillaridan faqat Toshevski varianti bor.

69. Uuuux! Glebov qizil kartochka oldi!   U Abu-Faniga nisbatan juda qo'pol o'ynagandi. 

68. Normann o'ng qanotda faollik ko'rsatdi, to'pni oldirib qo'ydi va yana qaytarib oldi, lekin uzatmasi "o'xshamadi". 

66. SHomurodov Planichni yiqitdi, hakam o'yinni to'xtatdi. 

64. "Rostov"da 2 ta o'zgarish: Eremenko o'rniga Xashimoto, Bayramyan o'rniga Poloz tushdi,

64. Zarba! Normanning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi. 

62. Endi "Rostov" bitta gol urishi va hech bo'lmaganda qo'shimcha daqiqalarga yo'l olishi lozim.  

60. GOOOOOOOLL!  Abu-Fani hisobni o'zgartirdi - 1:2! 

58. SHomurodov Ionovni ajoyib pas bilan taminladi, u Kozlovga uzatdi, himoyachi raqibni aldab o'tib, Glebovga pas berdi, uning zarbasi esa raqib darvozasiga etib bormadi va himoyachilarga tegib qoldi.  

56. Lavining uzoqdan yo'llagan zarbasini Pesyakov qiyinchiliksiz ushlab oldi.

55. "Rostov" himoyachisi CHernov raqibdan to'pni olib qo'ydi va Ionov tomon uzun pasni amalga oshirdi.  

54. Bayramyanning havodan uzatgan pasi SHomurodovga qadar etib kelmadi. 

52. Kozlov hujumda to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi va qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi.

50. Uuuux!  "Makkabi" hujumchisi Rukavica birga-bir holatda bemalol zarba yo'lladi, Pesyakovdan seyv!  Posbon "Rostov"ni qutqardi! 

49. Xadjikadunich Abu-Fanining yo'lini to'sib qo'ydi va to'pga egalik qilishiga yo'l qo'ymadi.

48. Eremenko Abu-Faniga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima to'pi. 

47. Bayramyandan uzatma, SHomurodovdan bosh bilan zarba!  To'p Koenning qo'lida. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:1. Tanaffus! 

45+3. Zarba! Lavining uzoqdan bergan zarbasi Pesyakovga qiyinchilik tug'dirmadi. 

45+2. "Makkabi" hujumga intildi, vaziyatni yumshatishga uringan Kozlov tinchgina to'pni "aut"ga tepib yubordi. 

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

44. Kozlov havodagi kurashda Planich bilan to'qnashib ketdi va "Makkabi" azosiga sariq kartochka ko'rsatildi. 

43. Bayramyanga tekkan to'p SHomurodovga etib keldi, biroq Eldor ofsaydda qolib ketgani malum bo'ldi.  

41. Jamoalar ajoyib o'yin ko'rsatishmoqda, hech bir futbolchi tinim bilgani yo'q. 

40. Eremenko hujumda Laviga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

38. Eremenkoning uzatmasi hujumga etib bormadi, shu vaziyatda Eremenko yiqilib tushdi, u jarohat olgan bo'lishi mumkin. Takroriy lavha ko'rsatdiki, Xaziza uning qo'ligi bosib olgan. 

36. Qarshi hujumga o'tmoqchi bo'lgan "Makkabi" mezbonlar tomonidan to'xtatib qolindi. 

36. Zarba! Bayramyanning zarbasi "bloklandi". 

35. Ionovning burchak to'pidan amalga oshirgan uzatmasi xavfli chiqdi, himoyachi avtogol qayd etishi ham mumkin edi. 

34. Eremenkoning uzatmasi hammadan o'tib ketib, chap qanotdagi CHernovga qadar etib keldi, uning zarbasi himoyachilarga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi, burchak to'pi. 

33. Maydon markazida Xaziza Xadjikadunichga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

32. SHomurodov yana bir reyd uyushtirdi, ammo yakunda sal tushunarsiz zarba namoyish etdi. 

30. Eremenkodan uzatma, SHomurodovdan ajoyib zarba!  Hamyurtimizning bosh bilan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

28. Uux! SHomurodovga nisbatan biroz qo'pollik ishlatildi, hakam o'yinni davom ettirish kerakligini aytdi. 

25. Sergey Pesyakov to'pni omadsiz ravishda o'yinga kiritdi, lekin u jamoasi hujumini boshlab berishni niyat qilgandi. 

23. Ionov o'ng qanotdan tezlik oldi, u erda esa uni Planich to'xtatib qoldi va oldinga pas uzatdi. 

22. Uuux! Bayramyanning zarbasi xavfli ko'rinish oldi, biroq himoyachilar to'p yo'lini to'sa olishdi. 

20. GOOOOLL! Nikita Rukavica bosh bilan gol urib, hisobni tenglashtirdi - 1:1! 

17. Zarba! SHomurodovning bosh bilan yo'llagan zarbasi ozgina noaniq chiqdi. 

14. Dolev Xaziza jarohat oldi, u Pesyakovga bosim uyushtirgandi, darvozabon tepgan to'p uni jarohatladi.   

12. "Rostov"ning hujumdagi uchligi yuqori pressingga o'tmoqda.

9. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHomurodov!  Hisob ochildi - 1:0!   Eldor SHomurodovning qariyb 7 oy(208 kun)lik golsiz seriyasi yakunlandi, yashavor, Eldor! 

7. SHomurodov himoyada o'z sheriklariga yordam bermoqda. 

6. "Makkabi" hujumchisi zarbasining yo'liga Kozlov to'g'anoq bo'ldi va mehmonlar burchak to'pi ishlab olishdi.

5. Eh, rostovliklar sardori Ionovning havolatib uzatgan to'pini raqib himoyachilari qaytarishdi, Bayramyan uchun qulay vaziyat bo'lishi mumkin edi. 

3. Hozircha "Makkabi" "Rostov"ga qaraganda faolroq ko'rinmoqda. 

1. O'yin boshlandi! 

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. 

Jamoa "Rostov-Arena"ga etib keldi

"Rostov" kiyinish xonasi tayyor holatda

O'yin Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugungi futbol oqshomida hamyurtimiz to'p tepadigan "Rostov" klubi o'z maydonida Xayfaning "Makkabi" klubini qabul qiladi. Evropa Ligasi 3-saralash bosqichidan o'rin olgan uchrashuvda SHomurodovga omad tilaymiz va muhim bahsni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика