"El-Klassiko" haqida qiziqarli faktlar
07 fev 2019 04:19
Yangiliklar


"El-Klassiko" haqida qiziqarli faktlar
Real" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi Ispaniya Kubogi yarim final birinchi o'yinidan so'ng kuzatilgan qiziqarli malumotlarni taqdim etamiz.
4 - Birinchi bo'limda Vinisius Juniorning o'zi 4 marotaba Ter SHtegen darvozasi tomon zarba berdi. "Barselona"ning barcha futbolchilari ham shuncha zarba yo'llashdi.
15 - "Real" azosi Lukas Vaskes uchrashuvda hisobni ochdi. Natijada, "Qirollik klubi" mehmonda barcha musobaqalarda "Barselona"ga qarshi ketma-ket 15 o'yinda gol urishga erishdi. "El-Klassiko"da "Real" tarixidagi eng yaxshi natija.
23 - Serxio Ramos o'z ananasiga sodiq qolgan holda sariq kartochka oldi. Uning eng yaqin taqibchisi Fernando Yerro (1989-2003 yillarda "Real"da o'ynagan) hisoblanadi - 20ta sariq kartochka.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar