So’nggi yangiliklar

19:05"Футбол ва Спорт бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 6 ёшли Ғайбуллаев Абдураҳмон  0 18:52Суперлига. "Динамо" - ОКМК 0:1 (матнли трансляция)   4 18:07Максим Шацких: "Неймар тўпни олиб қўйиш учун ортга қайтмайди, қатарлик ва эронлик футболчилар эса югуришади. Халқаро ўйинларга қадар "Бунёдкор" стадионининг майсаси яхшиланишига умид қиламан"  19 17:27"Тоттенхэм" 30 млн евролик трансферни эълон қилди  0 16:31"Манчестер Юнайтед" юлдуз хавбекини сотиб юбормоқчи  1 15:51Алькантара "Барселона"дан кетди. Собиқ хавбек Фликнинг штабида бир ой ишлади  6 15:18Вазиятларга бой ўтган учрашувда "Сўғдиёна" Тошкентдан ғалаба билан қайтди ГАЛЕРЕЯ  2 14:56Жейдон Санчо АПЛ грандига ўтиши мумкин  2 14:30ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор"нинг гуруҳ босқичидаги рақиблари аниқланди  51 13:06Июнда Қозоғистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланган Черчесов клуб билан шартнома имзолашга яқин?!  9 12:22ОЧЛ-2. "Насаф" гуруҳ босқичидаги рақибларини билиб олди  24 11:45Мактоминей – итальян грандини мақсади. Клуб МЮ хавбекининг агенти билан музокаралар олиб бормоқда  1 11:11Ўзбекистон кубоги. "Бунёдкор" - "Пахтакор" 0:1  2 10:46"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига 150 миллион евро таклиф қилди  5 10:18Эрик тен Хаг АПЛнинг 1-тури олдидан: "Биз тайёр эмасмиз, аммо..."  11

Ekvatorial Gvineya terma jamoasi haqida nimalarni bilishimiz kerak? Yangiliklar

Ekvatorial Gvineya terma jamoasi haqida nimalarni bilishimiz kerak?

O'zbekiston terma jamoasi 2 iyun kuni Ekvatorial Gvineya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Ekvatorial Gvineya Futbol Federaciyasi 1957 yilda tashkil topgan. 1986 yilda Afrika Futbol Konfederaciyasi va FIFAga azo bo'lgan.

Jamoani argentinalik Esteban Beker boshqarib bormoqda. 51 yoshli murabbiy 2012 yildan buyon ushbu mamlakatda ishlab kelmoqda. Dastlab uch yil davomida Ekvatorial Gvineya ayollar terma jamoasida ishlagan, keyinroq texnik direktor lavozimida faoliyat olib borgan.

Aynan shu murabbiy qo'l ostida terma jamoa o'z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan. 2015 yilgi Afrika millatlar kubogi Ekvatorial Gvineyada tashkil etilgan va jamoa to'rtinchi o'rinni band etgan.



Undan oldin jamoa 2012 yildagina qita chempionati final bosqichida qatnashgan. Qizig'i o'shanda ham Gabon bilan birga musobaqa mezboni bo'lgani uchun yo'llanmaga ega bo'lgan. Yani Ekvatorial Gvineya hech qachon Afrika kubogiga saralash orqali chiqa olmagan.

Terma jamoa xuddi O'zbekiston singari hech qachon Jahon chempionatida ishtirok etmagan.

Ekvatorial Gvineya terma jamoasi 2006 yilda CEMAC deb nomlanuvchi musobaqada g'olib bo'lgan. Ushbu musobaqada Afrikaning 6 terma jamoasi (Kongo, CHad, Ekvatorial Gvineya, Kamerun, Gabon va Markaziy Afrika Respublikasi) faqat mahalliy ligalarda o'ynaydigan futbolchilar bilan ishtirok etadi.



Jamoa uy o'yinlarini 2007 yilda ishga tushgan Malabo shahridagi "Nuevo Estadio de Malabo" stadionida o'tkazadi. Stadion o'z bag'riga 15250 muxlisni sig'dira oladi.

Terma jamoa futbolchilari adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan formalardan foydalanishadi.

Evatorial Gvineya terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida 83-o'rinda bormoqda. 2015 yil fevral oyida jamoa reytingdagi eng yuqori natijasini qayd etgan - 49-o'rin. 1998 yil dekabrida esa 195-o'rinni band etgan va antirekord qayd etgan.

Terma jamoa ilk rasmiy uchrashuvni 1975 yilda Xitoyga qarshi o'tkazgan va 2:6 hisobida yutqazib qo'ygan. Eng yirik g'alabasi 2011 yilda kuzatilgan. O'shanda Markaziy Afrika Respublikasi terma jamoasi 3:0 hisobida taslim qilingan. Eng yirik mag'lubiyatni esa 1990 yilda Kongo terma jamoasidan qabul qilib olgan - 0:6.



Ekvatorial Gvineya terma jamoasi asosan ispaniyalik futbolchilarni mahalliylashtirish evaziga kuchaytirilgan.

Quyidagi futbolchilar Ispaniyada tug'ilgan lekin Ekvatorial Gvineya terma jamoasi sharafini himoya qilishmoqda: Igor Engonga, Iban Iyanga, Karlos Akapo, Ruben Belima, Viera Ellong, Jan Maksim Ndongo, Ivan Zarandona, Ivan Salvador, Xaver Balboa, Daniel Vaskes Evuy, Sipo, Emilio Nsue, Xose Antonio Miranda, Raul Fabiani.

Terma jamoada eng ko'zga ko'ringan yulduz bu Emilio Nsue hisoblanadi. 1989 yilda Ispaniyada tug'ilgan hujumchi ayni paytda "Middlsbro" klubida faoliyat olib bormoqda. Bu mavsumda futbolchi Angliya CHempionshipida 40ta o'yinda maydonga tushdi va 3ta gol urdi. "Middlsbro" keyingi yil APLda o'ynash huquqini qo'lga kiritdi.

Nsue Ispaniyaning turli yoshdagi terma jamoalarida faoliyat olib borgan. 2009 yilda Ispaniya U-20 safida Misrdagi mundialda ishtirok etgan. 2007 yilda Ispaniya U19 tarkibida, 2011 yilda Ispaniya U21 tarkibida Evropa chempioni bo'lgan.


Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика