So’nggi yangiliklar

02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  5 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  7 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  16 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  10 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

Ektor Kuper: "Nafaqat futbolchilarning, balki mening ham terma jamoadagi o'rnim kafolatlanmagan" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Nafaqat futbolchilarning, balki mening ham terma jamoadagi o'rnim kafolatlanmagan"

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Qatarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan matbuot anjumanida o'rtoqlashdi.

- "Birinchi navbatda ajoyib o'yin ko'rsatgan futbolchilar alohida etirofga loyiq. Nafaqat natija, balki o'yin jihatdan ham ular bugun yaxshi harakat qilishdi. SHogirdlarim bugun berilgan topshiriq va ko'rsatmalarni ajoyib tarzda bajarishdi. O'yinimiz shakllanishda, futbolchilar esa talablarimni yanada yaxshi bajarishda davom etishmoqda. Avvalgi o'yinlar bilan solishtirganda, o'yinimiz sifati ham o'sayotgani takidlash joiz. Biroq kamchiliklar ham yo'q emas. Bu asosan raqibga nisbatan maydon markazida pressing uyushtirishda kuzatilmoqda. Qatar to'p bilan yaxshi muomula qiladigan jamoa, bugungi bahsda maydon markazida ularga qarshi pressing uyushtirishda xatolar bo'ldi. Bu kamchiliklar ustida ishlashda davom etamiz. SHu boisdan ham bazi paytlar o'z hududimizga qaytib to'pni olib qo'yishga intildik. Tezkor qarshi hujumlarga o'tishda ham yaxshi harakatlandik. Jamoada qachonki tartib bo'lsa, unda hujumga o'tish shunchalik osonlashishini bugun amalda ko'rdik. Hammasi tartibga bog'liq. Betartib o'ynash oqibatida esa ko'proq himoyada qolib ketishga to'g'ri keladi. Umumiy xulosa qiladigan bo'lsam, dastlabki ikkita o'rtoqlik o'yinlari bilan taqqoslaganda, juda katta o'sishni ko'rdim", - deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Ektor Kuper.


- Haqiqatdan ham o'yinda sifat qo'shilgani, terma jamoaning qiyofasi shakllanayotgani bugungi bahsda yaqqol ko'rindi. Har tomonlama o'sish kuzatilayotgani sezildi. So'ramoqchi bo'lganim, ikkinchi yig'in doirasida o'yin yoki natijadan tashqari umumiy qanday baho berasiz? Yani, butun yig'in jarayonidan qanchalik qoniqish xosil qildingiz va bezovta qilayotgan jihatlar ham bormi? (SHahboz Beg'amov, "championat.asia")

- Ikkinchi yig'in juda yaxshi tarzda o'tdi. Ko'p muammolarga duch keldik, deya aytolmayman. Lekin doim qaerdadir, qaysidir jihatni yaxshilash uchun imkoniyat bo'ladi. SHu boisdan ham biz yig'indan-yig'inga ish jarayonlarini yaxshilashga harakat qilamiz. Doim talabni oshirib borish lozim. Talabni oshirish bu nafaqat terma jamoa, balki butun o'zbek futboli foydasiga xizmat qiladi.


- Qo'l ostingida jamoa ikkita yig'in va umumiy hisobda 4ta o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazdi. Hozirgi kunda asosiy tarkibni butunlay aniqlab olmagandirsiz, ammo o'zingiz uchun Osiyo kubogida katta ehtimol boshlang'ich tarkibda tushadigan 6-7 nafar futbolchilarni aniqlab oldingizmi? O'zini boshlang'ich tarkibga tushishga loyiqligini isbotlagan futbolchilar bo'ldimi? (Ulug'bek Mirzaev, "Bunyodkor")

- Hozir aniq terma jamoaning o'zagi bo'ladigan futbolchilar bor deb aytolmayman. Nimaga? CHunki terma jamoada hech kimning joyi kafolatlanmagan. Masalan hozirgi kunda yaxshi o'ynayotgan futbolchi qita chempionatiga yaqin o'zini formasini yo'qotib qo'yishi yoki darajasidan pastlab ketishi mumkin. Hozirdan kimgadir terma jamoadan o'rin ajratib qo'yishni noto'g'ri deb hisoblayman. Xattoki terma jamoadagi mening o'rnim ham kafolatlanmagan. Natijalar yomonlashib boshlasa, unda mening o'tirgan o'rindig'im ham qimirlab qolishi mumkin. Nafaqat futbolchilarni, balki Ektor Kuperning ham O'zbekiston terma jamoasidagi joyi kafolatlanmagan. Futbolchilar bilan o'zaro yig'ilganda ham bir narsani ko'p takrorlayman. Men ularga doimo futbolchining hozirgi sport formasiga etibor qaratishimni uqtiraman. Agarda futbolchi o'zining optimal sport formasini ushlab turishga muvaffaq bo'lsa, unda o'sha futbolchi doim terma jamoada o'ynashi mumkin. Bu erda sog'lom raqobat orqali tarkib aniqlanadi. Boshqa hech qanday narsaga o'rin yo'q. Hech kimga, xattoki menga ham joy kafolatlanmagan.


- Yaxshi o'yin bilan tabriklayman. Bugun terma jamoaning oxirgi 1-2 yildagi eng yaxshi o'yinini kuzatdim. Qatar anoyi raqib emas, ammo shunga qaramasdan terma jamoamiz juda yaxshi harakat qildi. Savolim shuki, bugungi bahsda juda ko'p hissiyotlarizga berildingiz. Bu odatiy his-hayajon tufayli chiqqan ehtiroslarmi yoki malum muammolar sizni bezovta qildimi? Futbolchilar siz qo'yayotgan talabni qanchalik to'g'ri bajarishmoqda? (Jasur Salomov, "Championat.asia")

- Men bugun jahlim chiqqani uchun yoki o'yindan qoniqmaganim uchun hissiyotlarga berilganim yo'q. Men nega ko'p baland ovozda gapiraman yoki qo'l harakatlarni amalga oshiraman? CHunki bu orqali maydondagi futbolchilarning faolligini oshirishga harakat qilaman. Bu qiliqlarni yoki emociyalarni asab bilan bog'lamagan bo'lardim. To'g'ri takidlab o'tdingiz, xatolar ustida ishlash kerak bo'lgan joylar bor. SHu uchun ham bazi vaziyatlarda futbolchilarning harakatidan qoniqmagan holda hissiyotlarimni kuchliroq namoyish etdim. Terma jamoa bilan umumiy hisobda bor-yug'i 25-28 kun ishladim. Endi esa futbolchilar o'z klublari ixtiyoriga ketishadi va shu bilan bir oydan so'ng qaytib kelishadi. Keyingi yig'inda esa biz qaytadan o'rgatgan uslub va taktikamiz asosida shug'ullanamiz. Birinchi qiladigan ishimiz - o'rgatgan uslubimizni mustahkamlash. SHuningdek, bazi bir o'zgartirishlarga ham qo'l uramiz.


- Misr va O'zbekiston terma jamoasi futbolchilarini o'zaro solishtirib bersangiz. Qaysi jihatlarda ular bizning futbolchilardan ustun yoki kuchsiz? (Sportsuz muxbiri)

-  Men hozirgi kunda O'zbekiston terma jamoasi murabbiyiman. SHu boisdan ham meni faqat O'zbekiston terma jamoasi qiziqtiradi. Misrlik va o'zbekistonlik futbolchilarni solishtirishni maqul ko'rmagan bo'lardim. O'tkazilgan to'rtta o'yin kim uchundir baho berishga etarli, kim uchundir hali erta. Menda haligacha O'zbekiston terma jamoasiga ko'nikish, futbolchilarni o'rganish jarayoni davom etmoqda. Hozirdanoq bir narsani aniq aytishim mumkin, nafaqat futbolchilarda uchrayotgan, balki meni oldimda ishlayotgan butun tarkib - kamtar. Aynan o'zbeklarning kamtarligi menda iliq taassurot qoldirdi. Bu meni juda xursand qildi. O'rganish jarayonidagi natija sifatida shuni aytamanki, Misrda ham avvaliga kamtarlikni ko'rganman. Lekin bu erdagi sharoit avvalgi boshlang'ich davrdagiga nisbatan ancha yaxshi. Umumiy qilib aytsam, hozirgi qo'l ostimdagi sharoitlardan mamnunman.

Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика