So’nggi yangiliklar

01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  6 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  3 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  12 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  7 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  23 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  100 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  24 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  2 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1 20:28"Норвич" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0

Ektor Kuper: "Osiyo chempioni bo'lsak natijadan qoniqaman" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Osiyo chempioni bo'lsak natijadan qoniqaman"

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

Matbuot anjumani soat 11:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Ushbu sahifada savol-javoblarni o'qib borish mumkin bo'ladi. 


YANGILASH


10:49. O'FA matbuot anjumanlar zaliga jurnalistlar yig'ilishmoqda. 

11:00. Vaqt bo'ldi. Barcha Ektor Kuperni kutmoqda...

11:01. O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi matbuot anjumanlari zaliga kirib keldi. 

Matbuot anjumanida Ektor Kuper, uning tarjimoni Davron Ahmedov va MOQ prezidenti maslahatchisi Sanat SHaripov ishtirok etmoqda. Tadbirni O'FA matbuot xizmati boshlig'i Yoqubjon Bobojonov olib bormoqda. 

- Avstraliyadagi yig'indan keyin jurnalistlarda ko'plab savollar paydo bo'ldi. Xatolarimiz etarlicha bo'ldi. Barcha uchun yutqazish yoqimsiz. Buning ijobiy tomonlari bor. Bu murabbiy uchun ijobiy. Yani mag'lubiyatdan so'ng kamchiliklarimizni bilib oldik. Osiyo Kubogi haqida gapiradigan bo'lsak umidim katta. Yigitlarni yaxshi tayyorlagan holda etarli kuch bilan boramiz degan umiddaman, - deydi Ektor Kuper.  

- Oltita o'rtoqlik o'yini va uchta yig'in sizga terma jamoani o'rganib olish uchun etarli bo'ldimi? 

- Men o'rtoqlik va rasmiy o'yinlarni ajratmayman. Ikkalasiga bir xil tayyorgarlik ko'ramiz. Franciya ham himoyaviy o'yin ko'rsatib Jahon chempioni bo'ldi. Agar men xato qilayotganimni sezsam darhol o'zgartiraman. Balki Osiyo Kubogida boshqacha taktikada o'ynarmiz. Buni bilmaymiz.

- Oktyabr oyida siz noyabr oyidagi yig'indan so'ng Osiyo Kubogiga boradigan tarkib 90 foizga aniq bo'ladi degandingiz. Superliga ham tugadi. Barchasi hal bo'ldimi?
- To'g'ri noyabr oyida degandim. Ammo oldinda yana bitta yig'in bor. Ushbu yig'inda ham bir qator yangi futbolchilarni sinab ko'ramiz. SHundan keyin yakuniy tarkibni aniqlaymiz.



- Livan bilan o'yindan oldin biz favorit hisoblangandik. Ammo o'sha jamoaga qarshi ham himoyaviy o'ynadik. Osiyo Kubogi guruh bosqichida o'zimizdan nisbatan ikkita terma jamoa bilan o'ynaymiz. O'sha o'yinlarda ham himoyaviy o'ynaymizmi?
- Nazariy jihatdan qaysidir raqib qog'ozda kuchsiz bo'lishi mumkin. Biz barcha raqibga bir xil yondoshamiz. Mening taktikam himoyaviy emas. Menga himoya qilish ham yoqadi, hujum qilamiz. Xavotir olmasangiz bo'ladi, bizda B plan bor. Yaxshi himoyalangan holda vaziyat bo'lgani zahoti hujumga o'tishga urinamiz.

- Odatda murabbiylarda ikki xil muammo bo'ladi. Bittasi futbolchi ko'pligidan ulardan qaysi birini chaqirishni bilmaydi, ikkinchisi futbolchi kamligidan qiynaladi. Bundan tashqari Rossiyada o'ynayotgan Markov, Galiulin, Afonin va Denisov kabi futbolchilarga etibor qaratilmoqdami?
- Germaniyada futbolchilar ko'p. Lekin Jahon chempionatida guruhdan chiqa olmadi. CHetda o'ynayotgan futbolchilar hozirgi futbolchilardan kuchli deya olmaymiz yoki aksincha. Doim murabbiyning qaroriga qarshi chiqadigan odamlar bo'ladi. Bunday holatda muvozanatga erishish lozim.

- Hozirgi tarkibdan kelib chiqqan holda O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida qanday natija qayd etsa siz qoniqasiz?
- Osiyo chempioni bo'lsak.

- Doim muxlislar natijaga etibor qiladi va taktikaga qiziqmaydi. Superligani kuzatdim, qanot himoyachilar juda yaxshi o'ynashmoqda. Ammo mening ham o'z qarashlarim bor, shunga qarab ishlaymiz. Noyabr oyida ikki o'yinda yuta olmadik ko'pchilik barchasi yomon deb aytdi, oktyabr oyida ikki o'yinda yutdik va barchasi yaxshi deyishdi. Ammo bunday emas. Barcha joyda kamchiliklarimiz bor. Ular ustida ishlashimiz kerak. 

- Maydonda barchasini futbolchi bajarishini hisobga olib Sizning taktikangiz balki futbolchilarga maqul kelmayotgandir. Ular bilan birga bir suhbatlashasizmi? Teoriyada nimalarni gaplashasizlar?

- Hozircha futbolchilar men talab qilayotgan ishni qila olishiga 100 foiz ishonaman. Men murabbiyman, barcha xato qiladi. Agar o'yinchilar buni bajara olmayaptimi uni o'zgartirishimiz mumkin. 

- Turkiyadagi yig'indagi raqiblar malum bo'ldimi? 

- U erda bitta o'rtoqlik uchrashuvi bo'ladi. 26 yoki 27 dekabr kuni o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz. 

Muxlisdan savol: - Osiyo Kubogida ham shunday o'ynaymizmi? Yoki Osiyo Kubogidagi raqiblarimiz bilib qolmasligi uchun o'yinni ochmadingizmi? 

-  Barcha terma jamoada o'z taktikalari bo'lishi kerak. Osiyo Kubogida ham shu uslubda o'ynaymiz deb bo'lmaydi. Barcha jurnalistlar pessimistik ruhda savollar berishmoqda. Men esa optimistik ruhdaman. Xudo xohlasa Osiyo Kubogida ham chempion bo'lishimiz mumkin.

Muxlisdan savol: Rossiya ham Jahon chempionatidan avval barcha o'rtoqlik o'yinlarida salbiy natija qayd etdi va mundialda ajoyib o'ynadi. Sizga "ayyor finalchi" degan laqab qo'yilgan. Sizdan ham Osiyo Kubogi finalini kutishimiz mumkinmi?

- To'ppa to'g'ri. Ilojsiz narsani o'zi yo'q. Osiyo Kubogida nafaqat finalga chiqish balki g'alaba qozonish ham mumkin. Mag'lubiyatlardan keyin jurnalistlarda ham, muxlislarda ham kayfiyat tushib ketadi. Menda bu narsa ko'p bo'lgan. 


Narzulla Saydullaev

Reyting: +82   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика