Ekspert-hakamlar BMB - "Oil Star" uchrashuvidagi bahsli penalti bo'yicha o'z xulosasini elon qilishdi
28 okt 2024 21:49
Yangiliklar


Ekspert-hakamlar BMB - "Oil Star" uchrashuvidagi bahsli penalti bo'yicha o'z xulosasini elon qilishdi
BMB - "Oil Star" uchrashuvining 40-daqiqasida nominal mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va shu holatda to'p amaldagi chempionlarning 17-raqamli futbolchisi qo'liga tegdi va maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Hakamlar Anatoliy Rubakov va Nikita Afinogenov mazkur epizodda to'p qo'lga tegmaganini qayd etdi va bahsni davom ettirdi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda qo'l notabiiy tarzda turibdi. Futbolchining qo'li to'p tomon harakatlangan. Qo'l harakati to'pga bo'lgani sabab mazkur vaziyatda hakamlar 6 metrlik jarima zarbasi belgilashi uchun etarli asos mavjud edi. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan referilarning qarori noto'g'ri, deb hisoblandi. Hakamlarni chetlatish bo'yicha ish O'FA hakamlar qo'mitasiga oshirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar