So’nggi yangiliklar

04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  23 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  4 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  6 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

Eksklyuziv intervyu. Umid Boqiev: "Neftchi" bir umr qalbimda qoladi" Yangiliklar

Eksklyuziv intervyu. Umid Boqiev: "Neftchi" bir umr qalbimda qoladi"

Pro-Liga 27-turidan o'rin olgan “Iftixor” - “SHerdor” uchrashuvida “Neftchi” futbol klubining sobiq azosi, taniqli futbolchi Umid Boqievni uchratib qoldik.

Imkoniyatdan foydalanib mahoratli futbolchidan intervyu olishga urindik. Umid Boqiev bizning kutilmagan taklifimizdan dastlab hayron bo'ldi va bir oz o'ylanib saytimiz uchun intervyu berishga rozi bo'ldi. Quyida ushbu intervyuning to'liq matni bilan tanishishingiz mumkin.

- Salom Umidjon! Sizni anchadan beri ko'rmadik. Nimalar bilan mashg'ulsiz?
- Salom! Ochig'i taklifinglar men uchun kutilmagan bo'ldi. Men 2015-yilda o'zbek futbolidagi faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng Rossiya xavaskorlar ligasining “Traft Saburova” jamoasida o'ynadim. "Traft Saburova" jamoasi safida ikki yil, yani  2015-2016 yil va 2016-2017 yilgi mavsumlarda maydonga tushdim. Bu ligada 20 ta jamoa alohida tashkil etilgan chempionatda ishtirok etadilar. Bu yilgi mavsumda O'zbekistonda bo'lganligim tufayli ushbu chempionatda ro'yhatdan o'tmadim. Sababi O'zbekistonni, ona Vatanimizni juda sog'ingan edim. Ayni damda yurtimizdaman, mana ko'rib turganlaringdek, O'zbekiston chempionatlariga borib, o'zbek futbolini tomosha qilib, zavqlanyapman. 



- O'zbek futbolidagi faoliyatingiz haqida gapirib o'tsangiz...
- O'zbek futbolidagi faoliyatim 2015 yilda yakuniga etgan edi.O'sha oxirgi yillarda “Obod”, “Oqtepa” jamoalari safida harakat qilganman. SHuningdek, o'zimizning Oltiariq tumani Tinchlik shaharchasining “Neftchi” jamoasida ikkinchi ligada ham to'p surganman.

Futbolchilik faoliyatimda eng yorqin davr bu shonli tarixga ega Farg'onaning “Neftchi” jamoasi o'ynagan vaqtlarim bo'lgan. Bu klub safida futbolchi sifatida o'sdim, aytish joiz bo'lsa tanildim. O'sha davrlarni maroq bilan eslayman, ko'plab o'sha vaqtda birga to'p surgan sobiq jamoadoshlarim bilan gaplashib turamiz, birgalikdagi faoliyatimizni yodga olib xotirlaymiz. Meni futbolchi bo'lib kamol topishimda albatta Yuriy Sarkisyanning xizmatlari katta. Dastlab “Neftchi” o'rinbosarlari tarkibida o'ynab yurganimda, Yuriy Vazgenovich meni yoniga chaqirib, o'sha vaqtdagi Birinchi Ligada ishtirok etuvchi “SHahrixon” jamoasida bir oz muddat o'ynab, tajriba orttirishim lozimligini aytib o'tdi. Men bu taklifga rozi bo'ldim, “SHahrixon”da mavsumning yarmigacha o'ynadim. Keyin yana “Neftchi”ga chaqirishdi, bilasizlar o'sha vaqtda jamoamiz juda kuchli edi, sovrinlar yutardik, eng muhimi Farg'onada futbol bo'lsa, “Neftchi” o'ynasa, muxlislar stadionni to'ldirib o'tirishardi, bizni olqishlar edi, ahil jamoa edik. Bunday davrlarni kim ham unutadi deysiz?


   
Bilasizmi, Rossiyada o'ynab yurgan vaqtlarimda ham qachon internetga kirsam, birinchi bo'lib o'zbek saytlaridan “Neftchi” jamoasi haqida malumotlarni qidiraman, yutqazgan bo'lsa kuyinaman, yutgan bo'lsa kayfiyatim ko'tariladi. Mana kuzatib borayapman, joriy mavsumda oxirgi ikki turda “Neftchi” jamoasi g'alaba qozondi, o'ylaymanki, Bahrom Haydarov boshchiligidagi sevimli jamoamiz muxlislarga yanada ko'proq g'alabalarni taqdim etadi. “Neftchi”ni xech qachon unutmayman, bu jamoa hamisha qalbimda qoladi.
Futbolchilik faoliyatimdagi pasayish “Buxoro” jamoasi safida o'ynab yurganimda olgan jarohatimdan keyin yuzaga keldi. Futbolchi qaysi jamoa libosida tushsa, demak o'sha jamoa manfaatlari yo'lida xizmat qilishi kerak. Men ham “Buxoro” jamoasi yutuqlariga o'z hissamni qo'shmoqchi edim, bu jamoada ham “Neftchi” kabi futbolchilarga har tomonlama etarlicha sharoit yaratib berilgan edi, lekin jarohat tufayli o'ylab qo'ygan rejalarim amalga oshmay qoldi. SHundan so'ng malum bir muddat davolandim. Keyin yuqorida aytganimdek milliy chempionatimizda birinchi va ikkinchi ligalarda to'p surdim. 2015 yilda o'zbek futbolidagi faoliyatimni yakunladim.

Rossiya xavaskorlar ligasining “Traft Saburova” jamoasida o'ynab yurgan kezlarimda ham o'sha eski jarohatim qaytalandi. Jamoamiz xomiysi yaxshi inson edi, ular meni davolatishdi. Bu chempionat ham menda iliq taasurot qoldirdi, futbol o'ynash uchun qulay darajada sharoit yaratib berilgan, qolgan hammasi o'z qo'lingizda.



- Kelgusidagi faoliyatingizda futbol murabbiyi bo'lish rejangizda bormi?
- Ha albatta, men futbolni juda yaxshi ko'raman. Kelgusida murabbiy bo'lish niyatim bor. Ayni damda O'Zbekistonda bo'lib turganimda murabbiylik kurslarida o'qish uchun zarur bo'ladigan hujjatlarni tayyorlayapman. Rossiyaga qaytganimdan so'ng, albatta murabbiylik kurslarida o'qiyman. Xorij tajribasini o'rganib, kelajakda ona Vatanimiz – O'zbekiston futboli rivojiga o'z hissamni qo'shish, o'zimning bolalar futbol maktabimni ochishni maqsad qilganman.

- Sizga katta rahmat! Kelgusidagi faoliyatingizga ulkan zafarlar tilaymiz!    


Bekzod Tolibov suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика