So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  6 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  78 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Egor Krimec: “Mehnatimiz evaziga chempion bo'ldik” Yangiliklar

Egor Krimec: “Mehnatimiz evaziga chempion bo'ldik”

“Paxtakor” himoyachisi Egor Krimec klub tizimidan etishib chiqqan futbolchilardan biridir.
U jamoa akademiyasida tahsil olgan. Klub ananalari va g'oliblik ruhiyati bilan yaxshi tanish. Egor yosh bo'lishiga qaramay, ikkinchi marta O'zbekiston chempioni degan  sharafli unvonni qo'lga kiritdi. Jamoaning chempionlikkacha bosib o'tgan yo'li va boshqa holatlar haqida u savollarimizga javob berdi.

- “Paxtakor” uchun mavsum muvaffaqiyatli o'tdi deb aytish mumkin. Asosan o'z tarbiyalanuvchilariga etibor qaratib, o'ninchi bor oltin medallarga ega chiqdi. Mavsumga qanday baho bergan bo'larding?
- CHempionat arafasida oldimizga mavsumni sovrin bilan yakunlash haqida vazifa qo'ygandik. “Paxtakor” yosh tarkibga ega bo'lishi mumkin, lekin muxlislar jamoadan hamisha yuqori natijalarni kutishadi. O'tgan mavsumda jamoa oliy ligada sovrinli pog'onalardan chetda qolgandi. SHu sababli dastlabki turlardanoq maydonda bor kuchimizni ishga solgan holda muxlislarimizni g'alabalar bilan xursand etishga urindik. Bu harakatlarimiz 24 uchrashuvdan keyin bizga chempionlik unvonini keltirdi. Bundan barchamiz xursandmiz. CHunki oliy ligada tengsiz bo'lish uchun jamoa katta hajmdagi ishni bajardi. O'tgan yildan boshlangan yig'indan to hozirgi kungacha maqsadimiz chiroyli futbol ko'rsatgan holda g'alabaga erishish edi. Faqat chempion bo'lganimizdan so'ng bir oz tinchlandik. Lekin oldimizda yanada yuqori maqsadlar bor va ular sari intilishda davom etamiz. Mavsum davomida bir jamoa bo'lib birlasha olganimiz, bir maqsad yo'lida ter to'kkanimiz va bir oilaga aylana olganimiz bizga qo'l keldi.

- Eng qiyin o'yin sifatida qaysi bahsni takidlagan bo'larding?
- Namanganda “Navbahor” bilan o'tgan uchrashuvni. O'sha kuni mezbonlar so'nggi daqiqalarga qadar maydonda keskin kurashga kirishishdi. Biz esa vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Yaxshiyamki, oxirgi daqiqalarda mezbonlar xatoga yo'l qo'yishdi va bundan unumli foydalandik. O'sha uchrashuvda ruhiy tarafdan katta foyda oldik.

- Bu yil jamoada qanday o'zgarishlarga duch kelding?
- Uchrashuvlarga tayyorgarlik jarayonida va mashg'ulotlarda yanada yaxshiroq ishlay boshladik. Har bir raqibning bir necha o'yinlarini ko'rib chiqib, uning kuchli va kuchsiz taraflarini o'rgandik. Mashg'ulotlarda shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. Bu qanday foyda keltirganini ko'rib turibmiz. CHempionlikka mag'lubiyatsiz erishganimiz ham buni isbotlaydi. Tarkibda akademiya tarbiyalanuvchilari va anchadan buyon jamoada o'ynab kelayotgan futbolchilar yig'ilgani sababli o'zaro tushunish va jamoadagi holat borasida umuman muammo yo'q. Bu jihatlar ham bizga katta foyda keltirdi.

- Keyingi mavsumda “Paxtakor” OCHLni guruh bosqichidan boshlashi kutilmoqda. Jamoa ayni paytdagi holati bilan Osiyoning klublar uchun birinchi raqamli turnirida ijobiy natija qayd eta oladi deb o'ylaysanmi?
- Jamoada barcha shuni niyat qilmoqda. Kelasi yil chempionat va kubok o'yinlaridan tashqari CHempionlar ligasida ham yaxshi ishtirok etishni xohlaymiz. Bizda bu musobaqada o'ynash tajribasi bor. 2 yil oldingi tajriba bu safar bizga yordam beradi deb o'ylayman. 2013 yil aynan tajriba etishmasligi va hali o'yin saviyamiz hozirgidek bo'lmagani sababli guruhda qolib ketgandik. Keyingi yil ishqibozlarni xalqaro maydondagi ishonchli o'yin bilan ham xursand etishni istaymiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика