So’nggi yangiliklar

16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  8 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1

Edgar Gess "SHo'rtan"dan nima uchun ketganini saytimizga malum qildi Yangiliklar

Edgar Gess "SHo'rtan"dan nima uchun ketganini saytimizga malum qildi

Teglar :  SHo'rtanEdgar Gess
Taniqli murabbiy Edgar Gess "SHo'rtan"da nari borsa bir hafta ishladi va shundan so'ng kutilmaganda jamoa bilan xayrlashdi.

Bundan esa ko'pchilik hayron qoldi. Odamlarda murabbiy nima uchun atigi bir hafta ishladi, nima sababdan klubni tark etdi kabi savollarga yuzaga kela boshladi. SHuni aytishimiz mumkin, biz hozircha shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida "SHo'rtan" futbol klubi rahbari bilan bog'lana olganimiz yo'q. Katta ehtimol tez orada ulardan ham fikr olishni mo'ljallab turibmiz. 

Murabbiy Edgar Gess saytimizga nima uchun klubdan ketganini oshqor qilishga rozi bo'ldi. SHu bois hozircha faqat Gessning fikrlarini berish bilan cheklanamiz. Agar tez orada "SHo'rtan"dan biror vakilning gaplarini eshitsak, o'ylaymizki, ikkala tomonning fikrini o'quvchilar hukmiga havola qilgan bo'lamiz. 

- Edgar Yakovlevich, "SHo'rtan"dan bu safar juda tez ketdingiz. Buning sababi nimada? 

- Klub rahbariyati bilan masalaning moliyaviy tomonlari borasida kelisha olmadik. SHu bois jamoadan ketishga qaror qildim.

- Gap katta pul haqida boryaptimi? 

- Katta pul deganda nimani tushunish mumkin? Agar siz 100 million so'm haqida gapiradigan bo'lsangiz, bu chindan ham katta pul. Lekin men hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda kam pul so'radim. Ammo rahbariyat men so'ragan maoshni qilib bera olmasligini aytdi, natijada ularga omad tilab jamoa bilan xayrlashdim. 

- Aniq bir summani ayta olasizmi? 

- Buning hojati yo'q deb o'ylayman. O'zbek futbolida ishlayotgan kishilar oliy liga murabbiylari taxminan qancha maosh olishayotganini juda yaxshi bilishadi. Men ham vaziyatdan kelib chiqib ish tutdim. SHuni aytishim mumkin, men so'ragan maosh bir paytlar Igor Kriushenkoga to'langan pullar oldida holva. Men Kriushenkoga to'langan summadan 45 marta kam pul so'radim desam bo'ladi. 

- Buni qanday tushunish mumkin? 

- Juda oddiy, yani men so'ragan maosh aytaylik, "Obod", "So'g'diyona" murabbiylariga to'lanayotgan puldan sal ko'proq bo'lishi mumkin, ammo "Paxtakor", "Bunyodkor", "Olmaliq" murabbiylari olayotgan pul oldida hech narsa emas. 

- "SHo'rtan"ga yana qaytishdan maqsadingiz nima edi? 

- Jamoa ikkinchi davrada qanday ishtirok etmasin, FIFA talabiga ko'ra keyingi yil birinchi ligada o'ynashi mumkin. CHunki FIFA "SHo'rtan" birinchi ligaga tushirib yuborilsin degan talabni qo'ygan. Ammo men shunday sharoitda ham ishlashga rozi edim. Birinchi navbatda G'uzorda yaxshi bir futbol maktabi barpo etishga yordam bermoqchiydim. Keyingi masala tarkibni yoshartirish bo'lib, safimizga 1995-96-97 yillarda tug'ilgan futbolchilarni taklif etish rejamda bor edi. Lekin klub rahbariyati bilan kelisha olmagach, ketishga majbur bo'ldim. 

- Hozirgi sharoitda pul siz uchun muhimmi? 

- Pul men uchun birinchi o'rinda deya olmayman. Ammo oliy ligada hech bir murabbiy tekinga ishlamasligini ham juda yaxshi bilaman. Men o'z ishim va ko'rsatgan natijalarim tufayli o'zimga maqul kelgan summani so'rashga haqliman va buning ajablanarli joyi yo'q. Odamlar men haqimda har xil gapirishyapti. Gess o'zi nimani qoyillatgan deyishmoqda. Maqtanish emas-u, 2008 yil "Buxoro"da ishlaganimda jamoa etti oy oyliksiz yurgan, lekin biz oliy ligada qolgandik. Keyingi yil esa men ketdim, jamoada pul paydo bo'ldi, ammo "Buxoro" oliy ligadan tushib ketdi. 

- Bir narsani hayron qoldiryapti. Siz "SHo'rtan"ga kelib shartnoma tuzdingiz, hatto bir haftacha ishladingiz ham. SHartnoma tuzayotganda oylik maosh summasi ko'rsatilmaganmidi? 

- Agar shartnoma tuzganimda summa ko'rsatilgan bo'lardi. Men kelishim bilan shartnoma tuzganim yo'q, balki rahbariyatning gapiga ko'ra, yani ular bilan og'zaki kelishib olgach, ishlab turdim. Ammo keyinroq rahbariyat menga bu pulni to'lay olmasligini aytdi va biz professionallarcha xayrlashdik. 

- Bundan afsusdamisiz? 

- Yo'q, men vaziyatni yaxshi tushunaman. Rahbar klubda pul yo'q dedimi, demak tortishish kerak emas. Hammaning fikrini hurmat qilgan holda jamoadan ketdim. 

- Siz bilan bu yil ikkita qiziq voqea sodir bo'ldi: birinchisi, yil boshida "Dinamo"ga borib ishlamay ketdingiz, endi bo'lsa "SHo'rtan" bilan ham shu hol yuz berdi. Bular tasodifmi? 

- "Dinamo"ga borib ishlay olmaganimga kelsak, o'sha payt mazam qochib qoldi. SHunday bo'ldiki, bir oy yotoqdan tura olmadim. Albatta, inson uchun sog'liq birinchi o'rinda turadi. Bungacha qaerda ishlamay, hali biror marta mashg'ulotni o'tkazib yuborgan emasman, ammo endi vaqt o'tyapti va men ham sog'lig'im haqida qayg'urishga majburman. "SHo'rtan"dagi voqeadan esa o'zingiz xabardorsiz.

- "SHo'rtan"dan ketishingizni eshitib futbolchilar qanday munosabatda bo'lishdi? 

- Hamma bilan xayrlashish imkoni bo'lmadi. Lekin meni xursand qilgan jihat, oldin ishlagan paytimda ko'z o'ngimda to'p tepib yurgan yoshlar ulg'ayib katta bo'lishibdi. Oldin hech kim kerak bo'lmay qolgan Vadim Afoninni men "SHo'rtan"ga olib kelib o'ynatgandim. Hozir u Rossiya chempionatida o'ynayapti. Bundan juda xursandman. Endilikda "SHo'rtan" tarbiyalanuvchilari "Mashal" va "Nasaf"da ham to'p tepishyapti. Buni ham yaxshi natija desa bo'ladi. Umuman olganda, "SHo'rtan"dagi faoliyatimdan mamnunman va ularga ikkinchi davrada omad tilayman. 

X.Xoliqov suhbatlashdi. 



Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика