So’nggi yangiliklar

10:30Марк Андре тер-Штеген келажаги борасида бир қарорга келди  1 09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  2 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  6 08:55Here we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  13 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  5 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  2 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  11 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  16 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  7

Edgar Gess: "Maydon yaxshi bo'lganida "So'g'diyona" bizga katta muammolar tug'dirgan bo'lardi" Yangiliklar

Edgar Gess: "Maydon yaxshi bo'lganida "So'g'diyona" bizga katta muammolar tug'dirgan bo'lardi"

"So'g'diyona" - "Andijon" (1:2) uchrashuvidan keyin matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Edgar Gess ishtirok etdi.
- O'yin qiyin bo'ldi. Maydon sifati juda yomon edi. SHu sababli uzoq masofaga to'p oshirishlari bilan o'ynadik. Umuman olganda futbolchilar ko'rsatmalarimni to'g'ri bajarishdi. Agar maydon yaxshi bo'lganida Davron Fayziev jamoasi bizga katta muammolar tug'dirgan bo'lardi. "So'g'diyona"ning yangi stadioni ochilsa, jizzaxliklar bunday juda xursand bo'lishi aniq. Omadimiz keldi.

- "So'g'diyona" va "Andijon"ning kuchlari tengmi?
- Albatta, maydon sifatida yaxshi bo'lganida, mezbonlar va biz ham yaxshi o'yin ko'rsatgan bo'lar edik.

- Jamoangiz yaxshi o'ynadi. Hisob 0:2 bo'lganidan keyin himoyaga yotib oldingiz. Arablarga o'xshab o'yin cho'zdingiz. Bu oldindan rejalashtirilganmidi?
- Yo'q. Ramazonov jarohat olganidan so'ng, himoya haqida o'yladik. Ammo o'yin cho'zishga urinmadik. Bu kutilmaganda yuz berdi. Raqibni ham ayblamaymiz. Bu erkaklar sport turi. Og'riqqa chidash lozim.

- "Andijon"da qanday muammolar bor?
- "Andijon"da muammo yo'q. Klubimiz oldiga oliy ligada jon saqlab qolish va deyarli barcha futbolchilarga o'ynash imkoniyatini berish vazifasi qo'yilgan. Kelasi yilda esa bundanda kattaroq vazifalar qo'yiladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика