So’nggi yangiliklar

19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  1 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  2 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0

Edgar Gess: "Bunyodkor" bilan o'yindan oldin kayfiyatni yanada yaxshiladik Yangiliklar

Edgar Gess: "Bunyodkor" bilan o'yindan oldin kayfiyatni yanada yaxshiladik

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Andijon” bosh murabbiyi Edgar Gess savollarga javob qaytardi.
-O'yin qiziqarli o'tdi. Ikkala jamoada ham gol urish uchun ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Dastlabki bo'limda vaziyatlarning bittasidan unumli foydalandik. Tanaffusdan keyin yana ikkita gol urdik. Kayfiyatimiz yuqori bo'lgani bois bugun yaxshi o'yin namoyish etdik. To'g'ri, kubok uchrashuvi biz uchun chempionatdagidek muhim deya olmayman. SHunga qaramay, bugun g'alaba qozonib muxlislarni xursand eta oldik. Ishqibozlarga namoyish etgan o'yinimiz yoqdi deb o'ylayman. Bu bilan chempionatda “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuv oldidan futbolchilarimiz yanada ruhlanishdi.

- Kubok bahsi bo'lgani uchun maydonga tusha olmayotgan ayrim futbolchilarga imkoniyat berdik. Misol uchun, bugun darvozaga Eldor Isaboevni qo'ydik. Bundan tashqari yana bazi futbolchilarni qanday holatda ekanligini ko'rib oldik. SHu sababli Vuyovich, Moshnyaga, Soliev, Abdullaev singari asosiy o'yinchilarga dam berishni lozim topdik. Lekin bugun ikkinchi tarkib bilan o'ynadik deya olmayman.

- Asqar Jadigerov bugun yomon taassurot qoldirmadi. Uning o'yiniga qanday baho berasiz?
- Asqar sekin-asta avvalgi formasini tiklashga harakat qilmoqda. Jadigerovni qanday o'yinchi ekanligini yaxshi bilamiz. Biz uni yana avvalgi o'yinlarini ko'rishni xohlaymiz. Ammo tushunish kerak, u bir yarim, ikki yil deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lgani yo'q. SHuning uchun unga biroz vaqt kerak. Ayni paytda Asqar o'zining 60 foiz o'yinini ko'rsatmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика