Ederson "Manchester Siti"da penaltilarni amalga oshiruvchi o'yinchi bo'lishi mumkin
08 fev 2021 18:00
Yangiliklar


Ederson "Manchester Siti"da penaltilarni amalga oshiruvchi o'yinchi bo'lishi mumkin
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa o'yinchilarining penaltilarni golga aylantira olishmayotgani haqida gapirdi.
Kecha "Liverpul" (4:1)ga qarshi o'yinda yarim himoyachi Ilkay Gyundogan 11 metrlik nuqtadan gol ura olmadi.
"Jamoada 11 metrlik nuqtadan gol urish bo'yicha muammolar bor. SHunday lahzalar bo'ladiki, nuqtaga kim kelishidan qatiy nazar xato qilmaslik kerak. Balki keyingi penaltini Edersonga ishonarman", - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Oldinroq braziliyalik darvozabon "shaharliklar" tarkibidagi eng yaxshi "penaltichi" ekanligini aytgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar