Eder: "Inter" skudettoni qo'lga kiritishga ishonishda davom etyapti"
09 fev 2016 18:14
Yangiliklar


Eder: "Inter" skudettoni qo'lga kiritishga ishonishda davom etyapti"
"Inter" hujumchisi Eder o'z jamoasining Italiya chempioni bo'lish imkoniyatlariga baho berdi.
"Yuventus" va "Napoli" boshqalardan qochib keta oldi, ammo musobaqa startida bu jamoalar oqsaganini hamma yaxshi eslaydi, o'shanda "Inter" yaxshi ko'ringan edi. Ularni yana pasayish kutayotgan bo'lishi mumkin, shundagina bizda skudetto uchun imkoniyatlar bo'ladi. Hali ko'p ochko yig'ish mumkin va biz ishonishda davom etamiz" - deydi Eder.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar