Eden Azarning ukasi 2024 yil boshqa maydonga tusha olmaydi
16 apr 23:57
Yangiliklar
Eden Azarning ukasi 2024 yil boshqa maydonga tusha olmaydi
Belgiya terma jamoasi futbolchisi Torgan Azar 2024 yilda maydonga tusha olmaydi.
Manbaning xabar berishicha, bunga 31 yoshli yarim himoyachining jarohati sabab bo'lgan.
“Anderlext” sharafini himoya qilayotgan Azar “Union”ga qarshi o'yinda (2:1) o'ng tizzasining oldingi xoch payini jiddiy shikastlab olgan. Tibbiy ko'rikdan so'ng uning 2024 yil oxirigacha maydonlarga tusha olmasligi malum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Torgan Azar faoliyatini yakunlagan Eden Azarning ukasi bo'lib, joriy mavsum 25 o'yinda 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining Belgiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar