Eden Azar: "Mourinoni dunyoning eng kuchli murabbiyi deb hisoblayman"
16 okt 2014 20:39
Yangiliklar

Eden Azar: "Mourinoni dunyoning eng kuchli murabbiyi deb hisoblayman"
"CHelsi" futbolchisi Eden Azarning fikricha klub bosh murabbiyi Joze Mourinoning tanqidlari uni bezovta qilmaydi.
"Murabbiy meni ochiqdan-ochiq tanqid qilishi faoliyatimda ilk bora ro'y bermoqda. Odatda, barcha mutaxassislar meni himoya qilishardi. Mourino mening barcha imkoniyatimni ishga solishimni istaydi va buning uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilmoqda.
"Jozega hurmatim baland. Uni dunyoning eng kuchli murabbiyi deb hisoblayman. U menga doim ishonch bag'ishlaydi. Hattoki, omadsizliklardan so'ng ham u menga ishonadi va asosiy tarkibda maydonga tushiradi.
U menga ortiqcha bosim o'tkazmaydi", - deydi Azar.

Fikrlar