“Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar maydon chimi ustida tizzalari bilan sirpanib gol nishonlash uslubidan voz kechishini ma'lum qildi.
“Buni yakunlash kerak. Tizzalar yonmoqda. Gollarni endi bunday nishonlamayman. Meni maydonda xudbin deb o'ylayotganlar hech narsani isbotlashimning keragi yo'q, men olg'a boraman. Eng asosiysi-to'g'ri qaror qabul qila olish”,-dedi Azar.