ECHL. Valverde nima uchun Messini olib kelmaganini aytib o'tdi
10 dek 2019 20:45
Yangiliklar


ECHL. Valverde nima uchun Messini olib kelmaganini aytib o'tdi
Ernesto Valverde: "Bu biz uchun muhim "chellenj". Keyingi bosqichga chiqqanimizni bilamiz, ammo maqsadimiz o'zgargani yo'q: g'alaba qozonishni istaymiz. Eng yaxshi "Inter"ni kutyapman. "Kamp Nou"da ular bizga etarlicha tashvish bo'la olishdi va biz Italiyaga raqobatlashish uchun boryapmiz. O'yinlarda g'alaba qozonyapmiz va ilgarilab ketganimizni ko'rmoqdamiz. SHuning uchun, Messini olib kelmaslikka qaror qildim. O'tgan yili ham shu erda Messisiz yaxshi o'ynagandik".
Eslatib o'tamiz, ECHL "F" guruhida 5 ta turdan keyin, "Barselona" 11 ochko bilan birinchi, "Inter" va "Borussiya D" 7 ochko bilan ikkinchi o'rinda borishmoqda. To'plar nisbati bo'yicha milanliklar oldinda.
"Inter" - "Barselona" uchrashuvi bugun tungi 01:00da boshlanadi va championat.asia sayti orqali matnli translyaciya qilish rejaga kiritilgan.
Inter Romelu Lukaku - 44' |
Champions League Grp. F . 6-tur 11/12/2019, 01:00 2
:
1
Tugadi
|
Barcelona Carles Perez - 23', Ansu Fati - 86' |
Stadion: Giuseppe Meazza, 71818 tomoshabin
Bosh hakam: Bjorn Kuipers
O’xshash yangiliklar

Fikrlar