So’nggi yangiliklar

02:12Сергей Лушан: "Битта голдан сўнг футболчиларни яна ҳужум қилишга мажбурлай олмаяпмиз"  3 01:57Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Файҳа" меҳмонда "Ал Иттиҳод"дан йирик мағлубият қабул қилиб олди, Бензема дубль қайд этди, Шукуров тўлиқ ўйнади  2 01:52А Серия. "Интер" Туринда ғалабага эришди, "Наполи" ўз уйида "Женоа"ни мағлуб этолмади — икки тур қолганда орадаги фарқ бир очко  2 00:07Ҳаким Фузайлов: "Бугун "Навбаҳор"га мағлуб бўлдик, аммо ортда қолган ҳеч бир беллашувда ўйин борасида рақибга ютқазмадик"  1 23:45РПЛ. "Рубин" 90-дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ашурматов эса...  0 22:47Никола Лазаревич: "Иккинчи бўлимда кўпроқ гол уришимиз мумкин эди"  2 22:44АПЛ. "Арсенал" тўртта тўп киритилган "Ливерпуль"га қарши ўйинда ирода қайд этди  12 22:34Асрор Алиқулов: "Рақиблардан чўчиётганимиз йўқ"  1 22:20Суперлига. "Сўғдиёна" "Шўртан" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  10 21:55Эл Классико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 4:3, Мбаппедан хет-трик, Рафинядан эса дубл  47 21:41"Манчестер Сити" "Ювентус" футболчиси билан музокара ўтказмоқда  2 21:19ЛаЛига. "Барселона" мавсумдаги тўртинчи Класикода ҳам ғалаба қозонди  531 21:07ОПЛ. "Сумқайит" меҳмонда мағлуб бўлди, Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жасур Жалолиддинов эса...  3 20:50Суперлига. "Машъал" ва "Қизилқум" жанговар дуранг қайд этди  3 20:29Бундеслига. "Байер" — "Боруссия Дортмунд" ўйинида 6 та гол урилди  1

ECHL. So'nggi tur oldidan kimda imkoniyat qanday? Yangiliklar

ECHL. So'nggi tur oldidan kimda imkoniyat qanday?

9 va 10 dekabr kunlari Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
Oxirgi turda 11ta klub so'nggi 5ta yo'llanma uchun kurash olib boradi. UEFA.com 9 va 10 dekabrda jamoalar pley-offga chiqishi uchun qanday natijaga erishishi kerakligi haqida maqola tayyorladi. Uchta o'yinda yo'llanma uchun kurashayotgan jamoalar o'zaro to'qnash kelishadi. 1/8 final uchun qura tashlash marosimi 15 dekabr kuni bo'lib o'tadi.



So'nggi tur oldidan pley-offga chiqqan 11ta klub: "Atletiko", "Real", "Bayer", "Borussiya", "Arsenal", "Bavariya", "Pari Sen-Jermen", "Barselona", "CHelsi", "Portu", "SHaxter"

Pley-offga chiqishi mumkin bo'lgan 11ta klub: "Olimpiakos", "Yuventus", "Bazel", "Liverpul", "Monako", "Zenit", "Roma", "Manchester Siti", CSKA, "SHalke-04", "Sporting"

Evropa Ligasiga yo'llanma olgan klub: "Anderlext"

Evropa Ligasiga yo'llanma olishi mumkin bo'lgan 7ta klub: "Malme", "Ludogorec", "Ayaks", APOEL, "Maribor", "Atletik", BATE

So'nggi o'rinda qoladigan 2ta klub: "Benfika", "Galatasaroy"




A-D guruhlari: 9 DEKABR, Seshanba
“A” guruhi
"Olimpiakos" (6 ochko) - "Malme" (3)
"Yuventus" (9) - "Atletiko" (12)

• "Atletiko" keyingi bosqichga chiqib bo'ldi. Agar ikki to'p va undan kattaroq farq bilan yutqazmasa birinchi o'rinni saqlab qoladi.

• "Yuventus" bir ochko olsa yoki "Olimpiakos" g'alaba qozona olmasa keyingi bosqichga chiqadi. Turinliklar ikki yoki undan ortiq farq bilan g'alaba qozonishsa birinchi o'rinni band etishadi.

• Agar "Olimpiakos" g'alaba qozonib, "Yuventus" mag'lub bo'lsa, greklar o'zaro o'yin natijasiga ko'ra pley-offga chiqishadi. "Malme" bilan durang "Olimpiakos"ga uchinchi o'rinni naqd qiladi.

• "Malme" uchinchi o'rinni olish uchun faqat g'alaba kerak.




“B” guruhi
"Liverpul" (4) - "Bazel" (6)
"Real" (15) - "Ludogorec" (4)

• "Real" guruhda birinchi o'rinni naqd qildi. Klub barcha ushbu mavsum 5ta o'yinning barchasida yutgan yagona klub bo'lib turibdi.

• "Bazel" durang o'ynasa va "Ludogorec" g'alaba qozonsa ham keyingi bosqichga chiqadi, sababi shveycariyaliklar o'zaro o'yinda ustunlikka egalar.

• G'alaba "Liverpul"ga pley-off yo'llanmasini taqdim etadi. Agar “qizillar” durang o'ynashsa va "Ludogorec" bir ochkodan ko'p olmasa uchinchi o'rinda qolishadi.

• "Ludogorec" uchinchi o'rinni olishi mumkin. Buning uchun jamoa g'alaba qozonishi yoki durang o'ynashi kerak, "Liverpul" esa mag'lub bo'lishi kerak.




“S” guruhi
"Monako" (8) - "Zenit" (7)
"Benfika" (4) - "Bayer" (9)

• "Bayer" pley-offga chiqib bo'ldi. G'alaba Germaniya klubiga birinchi o'rinni keltiradi. Agar "Monako" g'alaba qozona olmasa Leverkuzen klubi durang o'ynasa ham guruhda birinchi bo'ladi.

• "Monako" 1/8 finalga chiqish uchun durang kifoya. Agar "Bayer" mag'lubiyatga uchrasa durang bilan birinchi o'rin ham qo'lga kiritilishi mumkin.

• "Zenit"ni faqat g'alaba qoniqtiradi. Rossiya klubi "Bayer" mag'lub bo'lsagina kvartetda birinchi bo'lishlari mumkin.

• "Benfika" har qanday holatda ham to'rtinchi o'rindan ko'tarila olmaydi.





“D” guruhi
"Galatasaroy" (1) - "Arsenal" (10)
"Borussiya" (12) - "Anderlext" (5)

• "Borussiya" guruhdan chiqib bo'ldi. Agar "Arsenal" "Galatasaroy"ni 6 yoki undan ko'p to'p farqi bilan mag'lub etmasa durang ham Dortmund klubiga birinchi o'rinni taqdim etadi.

• "Arsenal" pley-offga yo'llanma olib bo'lgan. London klubi yutib "Borussiya" mag'lub bo'lsa Arsen Venger shogirdlari guruhda birinchi bo'lishadi. Agar "kanonirlar" “Galatasaroy”ni 6 va undan ortiq to'p farqi bilan mag'lub etishsa Germaniyadagi bahs durang bilan tugasa ham birinchi o'rinni olishadi.

• "Anderlext" har qanday holatda ham uchinchi o'rinni band etadi va Evropa ligasi 1/16 finalida ishtirok etadi.

• "Galatasaroy" so'nggi turdan keyin ham to'rtinchi o'rinda qoladi.





E-H guruhlari: 10 DEKABR, CHorshanba
“E” guruhi
"Roma" (5) - "Manchester Siti" (5)
"Bavariya" (12) - CSKA (5)

• "Bavariya" oxirgi turdan oldin guruhda birinchi o'rinni naqd qilib bo'lgan.

• "Roma" g'alaba qozonsa pley-offga chiqadi. Agar CSKA "Bavariya" bilan ochkolarni bo'lishib olsa Rim klubini durang ham qoniqtiradi. Agar CSKA mag'lub bo'lsa, nursiz durang "Roma"ni keyingi bosqichga olib chiqadi, golli durang esa “bo'rilar”ni guruhda qolib ketishini taminlaydi.

• CSKA keyingi bosqichga chiqish uchun Myunxenda g'alaba qozonishi kerak va "Roma" "Manchester Siti"ni mag'lub etmasligini kutishi kerak.

• "Siti" g'alaba qozonishi va CSKA uch ochkoga ega chiqmasligini kutadi. Agar CSKA mag'lub bo'lsa "shaharliklar"ga golli durang ham kifoya qiladi. Agar mankunianliklar mag'lub bo'lishsa, evrokubok mavsumi ular uchun yakunlanadi.




“F” guruhi
"Barselona" (12) - "Pari Sen-Jermen" (13)
"Ayaks" (2) - APOEL (1)

• PSJ pley-offga chiqib bo'lgan, so'nggi turda jamoa durang o'ynasa birinchi o'rinni oladi.

• "Barselona" keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Kataloniya klubi guruhda birinchi bo'lishni istasa g'alaba qozonishi kerak.

• "Ayaks" uchinchi o'rinni olish uchun durang o'ynasa etarli.

• APOEL Evropa ligasi yo'llanmasini "Ayaks"dan tortib olish uchun g'alaba qozonishi shart.





“G” guruhi
"CHelsi" (11) - "Sporting"  (7)
"Maribor" (3) - "SHalke-04" (5)

• "SHalke"ni 5:0 hisobida mag'lub etgan "CHelsi" guruhda birinchi o'rinni naqd qildi.

• "Sporting" pley-offga chiqishi uchun durang etarli. Agar "SHalke" g'alaba qozona olmasa Portugaliya klubi mag'lub bo'lib ham guruhdan chiqadi.

• "SHalke" g'alaba qozonishi va "Sporting" mag'lub bo'lishini kutishi lozim.

• "Maribor" ECHLda kurashni davom ettirish imkoniyatni yo'qotib bo'ldi. Agar Germaniya klubi taslim etilsa Slovakiya klubi Evropa ligasida o'ynaydi.




“H” guruhi
"Portu" (13) - "SHaxtyor" (8)
"Atletik" (4) - BATE (3)

• "Portu" guruhni eng yuqori pog'onada tugatishi aniq.

• "SHaxtyor" har qanday holatda ham ikkinchi bo'ladi.

• "Atletik" agar mag'lub bo'lmasa uchinchi o'rinni oladi.

• BATE Evropa Ligasiga yo'llanma olishni istasa Bilbaoda g'alaba qozonishi kerak.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика