So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3

ECHL. "Real" mag'lub bo'lib finalga chiqdi! Yangiliklar

ECHL. "Real" mag'lub bo'lib finalga chiqdi!

Teglar :  Real MadridAtletiko
ECHL yarim finali doirasidagi "Atletiko" - "Real" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida burchak to'pidan so'ng Saul boshi bilan Keylor Navas darvozasini ishg'ol qildi - 1:0.

15-daqiqada Varan Torresni yiqitgani uchun bosh hakam "Real" darvozasiga penalti belgiladi. Grizmann nuqtadan Navasni ojiz qoldirdi - 2:0!

Birinchi taym oxirida Benzema chap qanotdan uch raqibni aldab o'tdi va Kroosga to'p uzatdi, Tonining zarbasini Oblak ajoyib tarzda qaytardi, qaytgan to'pni Isko darvozaga joylab qo'ydi - 2:1.

Ikkinchi bo'limda gol urilmadi va "Real" dastlabki o'yindagi g'alaba evaziga finalga yo'l oldi.

Finalda "Real" va "Yuventus" klublari to'qnash kelishadi.



Atletiko Ispaniya – Real Madrid Ispaniya 2:1
10 may, 23.45, Visente Kalderon

Gollar: Saul 12, - 1:0. Grizmann 16 penalti, - 2:0.

Atletiko – Oblak, Savich, Godin, Filipe Luis, Ximenes (Tomas, 57), Saul, Ferreyra Karrasko, Gabi, Koke (Korrea, 76), Grizmann, Torres (Gameyro, 57).
Real Madrid –   Navas, Varan, Marselo, Danilo, Ramos, Modrich, Kazemiro (Lukas Vaskes, 77), Kroos, Isko (Morata, 88), Ronaldu, Benzema (Asensio, 77).
Ogohlantirishlar: Danilo 4, Savich 6, Godin 34, Ramos 34, Gabi 37, Korrea 86

Birinchi o'yin – 0:3


Asosiy tarkiblar quyidagicha


1. O'YIN BOSHLANDI!

4. Sariq kartochka. "Real". Danilo

6. Keylor Navas ham Yan Oblak ham bittadan ajoyib seyv amalga oshirishdi.


6. Sariq kartochka . "Atletiko". Stevan Savich

12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Burchak to'pidan so'ng Saul boshi bilan Keylor Navas darvozasini ishg'ol qildi - 1:0.

TAS-IX emas




15. PENALTI! "REAL" darvozasi tomon. Varan Torresni yiqitgani uchun!

16. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Grizmann nuqtadan Navasni ojiz qoldirdi - 2:0! Daxshatli va hech kim kutmagan start!

TAS-IX emas



25. FAKT! "Real" ECHL doirasida oldin hech qachon dastlabki 16 daqiqa ichida 2ta to'p farqi bilan yutqazmagandi.

35. Sariq kartochkalar. Godin va Serxio Ramos

42. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ISKOOOOOOOO! Benzema chap qanotdan uch raqibni aldab o'tdi va Kroosga to'p uzatdi, Tonining zarbasini Oblak ajoyib tarzda qaytardi, qaytgan to'pni Isko darvozaga joylab qo'ydi - 2:1. Intriga o'ldi!

TAS-IX emas



45+2. Birinchi taym tugadi.


46. Ikkinchi taym boshlandi.

67. DAXSHAAAAAAAT! Karraskoning zarbasini Keylor Navas qaytardi, qaytgan to'pni Gameyro boshi bilan darvozaga yo'lladi, yana Navas qahramonlik ko'rsatdi!




YANGILASH

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика