So’nggi yangiliklar

15:24К-Лига 2. "Соннам" - "Чоннам Драгонс": Икром Алибоев ўйинни асосий таркибда бошлайди, Алиқулов — захирада  0 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  1 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  4 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  4 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  1 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   9 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  16 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  8 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  4 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  3

ECHL. "Manchester Siti" Madridda zor yig'lagan kecha yoxud "Real Madrid" kambek qilib, finalga yo'l oldi Yangiliklar

ECHL. "Manchester Siti" Madridda zor yig'lagan kecha yoxud "Real Madrid" kambek qilib, finalga yo'l oldi

ECHL yarim final javob o'yini - "Real Madrid" va "Manchester Siti" bahsi yakunlandi!

ECHL. "Real Madrid" - "Manchester Siti" 3:1

Gollar: Riyad Marez (Bernardu Silva) 73', Rodrigo (Karim Benzema) 90', Rodrigo (Daniel Karvaxal) 90+1', Karim Benzema 95'

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 2. Daniel Karvaxal, 3. Eder Militao (5. Xesus Valexo 115'), 6. Nacho Fernandes, 23. Ferlan Mendi, 10. Luka Modrich (25. Eduardo Kamavinga 75'), 14. Kazemiro (11. Marko Asensio 75'), 8. Toni Kroos (21. Rodrigo 68'), 15. Federiko Valverde, 9. Karim Benzema (19. Dani Sebalos 104'), 20. Vinisius Junior (17. Lukas Vaskes 115').

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 40. Toni Fuidias, 4. David Alaba, 12. Marselo, 16. Luka Yovich, 24. Mariano Dias.

"Manchester Siti": 31. Ederson Moraes, 2. Kayl Uoker (11. Aleksandr Zinchenko 72'), 3. Ruben Diash, 14. Emerik Lyaport, 27. Juan Kanselu, 20. Bernardu Silva, 16. Rodrigo Ernandes (7. Raxim Sterling 99'), 17. Kevin De Bryuyne (8. Ilkay Gyundogan 72'), 26. Riyad Marez (25. Fernandino 85'), 9. Gabriel Jezus (10. Djek Grilish 78'), 47. Fil Foden.

Zaxira: 13. Zak Steffen, 33. Skott Karson, 6. Natan Ake, 80. Kol Palmer, 90. Romeo Laviya, 56. Conrad Egan-Riley, 87. James McAtee.

Ogohlantirishlar: Luka Modrich 9', Emerik Lyaport 9', Daniel Karvaxal 65', Eder Militao 84', Federiko Valverde 90+6', Raxim Sterling 101', Aleksandr Zinchenko 113'

Real Madrid

Rodrygo - 90', Rodrygo - 90'

Champions League Final Stage . Semi Finals-tur

05/05/2022, 00:00

1
:
3
Finished AET

Manchester City

Riyad Mahrez - 73'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 61416 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
120'
9'  Luka Modric
65'  Daniel Carvajal
68'  Toni Kroos (Rodrygo)
75'  Casemiro (Marco Asensio)
75'  Luka Modric (Eduardo Camavinga)
84'  Eder Militao
90'  Rodrygo
90'  Karim Benzema
90'  Rodrygo
90'  Marco Asensio
90'  Federico Valverde
95'  Karim Benzema
104'  Karim Benzema (Daniel Ceballos)
115'  Vinicius Junior (Lucas Vazquez)
115'  Eder Militao (Jesus Vallejo)
9'  Aymeric Laporte
72'  Kyle Walker (Oleksandr Zinchenko)
72'  Kevin De Bruyne (Ilkay Gundogan)
73'  Riyad Mahrez
73'  Bernardo Silva
78'  Gabriel Jesus (Jack Grealish)
85'  Riyad Mahrez (Fernandinho)
99'  Rodri (Raheem Sterling)
101'  Raheem Sterling
113'  Oleksandr Zinchenko


120+3. O'YIN YAKUNLANDI! "REAL MADRID" FINALDA!

120+3. "Man Siti" so'ngi hujumlaridan birini golsiz yakunladi!

120+1. Burchak zarbasida to'p uzatildi, hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

120. To'rtinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

120. "Man Siti" burchak zarbasini amalga oshirmoqda...

117. "Man Siti" anchagina shoshilmoqda. Agar manchesterliklar bitta gol urgudek bo'lsa buyog'i penaltilar seriyasiga ulanib ketadi.

113. O'yinda anchagina to'xtalishlar bo'lmoqda.

107. "Man Siti" faollikni oshirmoqda. Madridlik himoyachilar esa anchagina ishonchli harakat qilmoqda.

106. To'rtinchi - yakuniy bo'lim boshlandi!

105+2. Qo'shimcha bo'limlarning birinchisi yakunlandi.

105+2. Fernandino bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi...

105. Uchinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

104. Benzema maydonni tark etmoqda. Uning o'rniga o'yinga Sebalos qo'shildi.

104. "Man Siti" madridliklar jarima maydonchasini "qamal" qilib olmoqchi...

98. O'yin tempi juda yuqori! Har ikki jamoa ham oldinga o'tmoqda.

95. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Benzema hisobni oshirdi!

93. Penalti!!! "Man Siti" darvozasi tomon!

92. O'yin davom etmoqda. Benzemaning darvozaga yo'llagan zarbasini Ederson qaytarib yubordi...

91. Ana bo'lmasam! Muxlislardan biri maydonga tushib ketdi...

91. Qo'shimcha bo'limlarning birinchisi boshlandi.

Hayratlanarli darajada dahshatli o'yin, super kambek!

90+7. O'yinning asosiy vaqti yakunlandi! Endi navbat qo'shimcha bo'limlarga!

90+3. "Man Siti" yana faollashdi...

Karvaxalning o'ng qanotdan havolatib uzatib bergan to'pini Rodrigo boshi bilan darvozaga kiritdi!

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Real"!!!!

90. Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shib berildi.

Benzema chap qanotdan uzatgan to'pni Rodrigo darvozaga kiritdi!

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Rodrigo!

87. Grilish, Kurtua... Jekning zarbasini Tibo qaytardi...

87. Xavfli vaziyat!!! Grilish chapdan kirib kelib, to'pni erlatib uzatdi, ammo Foden bo'sh darvozaga to'pni kirita olmadi!!!

86. Kanseludan super zarba va Kurtuadan super seyv!!!

82. Karim Benzema to'pni ajoyib tarzda to'g'rilab olib darvozaga zarba berdi... biroq ushbu vaziyatda offsayd bor ekan.

75. "Real" bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Xo'sh, endi buyog'iga qanday bo'ladi?

Gyundogan hujumni boshladi, Bernardu to'pga egalik qilib oldinga yurdi va to'pni o'ng qanotga uzatdi, Riyad esa darvozaga ajoyib tarzda zarba berib, gol urdi!

73. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Mahrez hisobni ochdi!

70. Bahsning 70 daqiqasi o'tib bo'ldi. Hisob hamon 0:0.

66. Kevin de Bryuynening jarimadan uzatgan to'pini Benzema qaytarib yubordi.

Surat bizdan, izoh sizdan...

56. "Real" hujumlarni qatorlashtirib tashlamoqda. Bu safar Kazemiro boshlagan hujumni yana Vinisius yakuniga etkaza olmadi.

55. Kazemiro Vinisiusni oldinga boshladi, ammo braziliyalik futbolchi to'pni o'ziga moslashtira olmadi.

52. Vinisius chap qanotdan katta tezlikda oldinga o'tdi, to'pni markazroqqa Modrichga uzatdi, Luka esa qulay vaziyatni golga aylantira olmadi.

50. Jezusning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasini Kurtua ushlab oldi.

46. Dahshat vaziyat! Karvaxalning o'ng qanotdan uzatib bergan to'pini Vinisius bo'sh qolgan darvozaga kirita olmadi...

46. Ikkinchi bo'lim start oldi!

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+2. de Bryuynening darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasi rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. "Real"ning uyushtirgan navbatdagi hujumi ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 

43. Benzema darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo bu safarga zarba ham noaniq ketdi! Qo'shimchasiga, ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat ham bo'lgan ekan.

40. Fodenning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Kurtua qaytarib yubordi.

39. Har ikki jamoa vakillari navbatma-navbat oldinga o'tishmoqda. Hozircha o'yinda hisob ochilmadi.

37. Mahrez katta tezlikda "Real" himoyasini yorib o'tmoqchi bo'ldi, biroq madridlik himoyachilar ishonchli harakat qilishdi.

33. Maydonda Kazemiroga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Zaxiradagi Kamavingga tayyorgarlikni boshlab yubordi...

27. Kroosning darvozaga yo'llagan kuchli zarbasi rekoshet bo'lib, maydonni tark etdi. 

26. "Man Siti" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Darvozagacha chamasi 22 metr...

Birinchi bo'limning yarmi o'tib bo'ldi. Har ikki jamoa ham teng harakat qilyapti. O'yin harorati esa juda yuqori!

23. Gabriel Jezusning darvozaga yo'llagan kuchli zarbasi birozgina noaniq ketdi.

20. ZARBA! de Bryuyne Bernarduni ajoyib tarzda oldinga boshladi, Silvaning darvoza tomon bergan zarbasini esa Kurtua ajoyib tarzda qaytarib yubordi!

18. Vinisius Junior "Real"ning hujumini o'zining kuchli zarbasi bilan ko'kka sovurdi.

15. de Bryuynening uzoq masofadan bergan kuchli zarbasini Kurtua ushlab oldi.

12. Valverde to'pni Benzemaga uzatdi, Karimning darvoza tomon bergan zarbasi esa anchagina noaniq ketdi.

10. O'tgan 10 daqiqa juda tez o'tdi, uchrashuv haroradi yuqori!!!

8. Maydonda futbolchilar o'rtasida bahs kelib chiqdi. O'yin biroz to'xtadi.

7. Ederson juda qaltis o'ynadi. Agar to'pni o'zidan uzoqlashtira olmaganida Vinisius to'pni olib qo'yib, darvozani ishg'ol qilishi mumkin edi...

5. Bernardu Silva to'pni o'ziga to'g'rilab olayotganda qo'li bilan harakat qildi. 

4. Modrich to'pni havolatib jarima maydonchasi tomon uzatib berdi, Benzemaning bosh bilan bergan zarbasi esa noaniq ketdi. 

1. Ilq daqiqalardanoq madridliklar faol. Vinisius jarima zarbasi ishlab oldi. 

1. O'yin boshlandi!

Stadion uzra ECHL madhiyasi yangramoqda.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. 

Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика