So’nggi yangiliklar

21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  0 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  0 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  1 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  0 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  6 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  2 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  20 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   7 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  24 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  7 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2

ECHL qaytmoqda: "Napoli" butun Evropani titrata oladimi? Yangiliklar

ECHL qaytmoqda: "Napoli" butun Evropani titrata oladimi?

Evropa futbolida notinchlik hukm surmoqda, etakchi klublar o'zida emas.

Evropa CHempionlar Ligasi 1/16 final bosqichi oldindan aytib bo'lmaydigan narsalarni taklif qilmoqda.

Musobaqaning pley-off bosqichiga yangi yildan oldin qura tashlash marosimi o'tkazilganda doimgi ogohlantirish yodga tushadi: fevralgacha kuting.

Guruh bosqichi nihoyasiga etganidan so'ng barchasi juda jo'n ko'rinishi mumkin, biroq oradan ikki oy o'tib forma o'zgarishi va jarohatlar, jamoalarda bosh murabbiylarning o'zgarishi va yanvar oyidagi transferlarning tasiri bilan barchasi mutlaqo o'zgacha tus olishi mumkin.

So'nggi paytlarda superklublar kuzda qanday zarbalarni qabul qilganidan qati nazar kuchli moliyaviy "mushaklari" orqali o'z kuchini to'plab olmoqda.

CHempionlar Ligasi navbatdagi bosqichi seshanba oqshomida start oladi, juda kam narsalar yo'lga qo'yildi, musobaqaning kechishi so'nggi o'n yoki undan ko'proq yildan beri bunchalik aniq ko'rinmagan.

Qisman bu alohida klublardagi individual muammolarga bog'liq, lekin Evropa futboli portlashlardan biri yoqasida bo'lishi mumkin, degan fikr ham bor. Gap faqatgina CHempionlar Ligasining hozirgi modelining yana bir mavsumi qolganida emas. Premer-liganing iqtisodiy hukmronligi va Janni Infantinoning kengaytirilgan klublar o'ratasidagi Jahon chempionatini o'tkazish g'oyasini qatiyat bilan oldinga surishi nihoyat o'yinning moliyaviy tuzilishi borasida jiddiy munozaralarga sabab bo'lmoqda, hatto eng so'nggi 80 jamoadan iborat Superliga taklifi noto'g'ri savollar so'ralayotganini ko'rsatmoqda. 

Bazi sarmoyadorlar samarali davlat loyihalari bilan raqobat qilishi mumkinmi, deb hayron bo'lishganidek, Premer-liganing "Manchester Siti"ga qarshi ayblovlari o'yinning moliyaviy qoidalari ham oxir-oqibat kuchga ega ekanligini ko'rsatdi. 

Bu qachon qanday bo'lishini hech kim aniq aytib bera olmaydi, biroq ehtimoliy natijalardan biri bu Premer-liganing ustunligi yo'qolib borishidir. SHu bilan birga, yaqindagina juda kuchli bo'lgan Ispaniya 2003/04 yilgi mavsumda musobaqaning joriy formati qabul qilingandan beri ilk bor kuchli 16 talikda bittagina klubi bilan qolmoqda. Bundan avval faqat ikki marta bu bosqichda ikki ispan jamoasi kurashini davom ettirgan. Plitalar siljimoqda.

UEFA reytinggi bo'yicha qitaning eng yaxshi ikki ligasida peshqadamlik qilayotgan klublar hatto turnirda ishtirok etmayapti, "Arsenal" yo'llanmaga ega chiqa olmadi, "Barselona" esa guruh bosqichidan o'ta olmadi.

Bundesliga etakchisi "Bavariya" ECHLning guruh bosqichida mutlaq ustunlik qilib, olti o'yinning barchasida g'alaba qozondi, biroq myunxenliklar 2018/19 yilgi mavsumdan beri ilk bor mamlakat chempionatida jiddiy qarshilikka duchor bo'lmoqda. "Pari Sen Jermen" Liga 1’da peshqadamlik qilayotgan bo'lishi mumkin, biroq ular kulgili muvaffaqiyatsizliklarga moyil bo'lib qoldi. A Seriya etakchisi "Napoli" beqiyos o'yin ko'rsatmoqda, biroq ular o'zlari o'rganmagan hududga kirib bormoqdalar: ular hech qachon CHempionlar Ligasi yoki biror evrokubokning chorak finaliga chiqa olishmagan.

PSJda Jahon chempionatining "Oltin to'p" va "Oltin butsa" sovrindorlari bor, biroq bu jamoaning guruh bosqichidagi ishtirokini tahlil qilishga to'siq bo'la olmaydi – yaxshi, ikkinchi o'rinni olishning jazosi "Bavariya" bilan o'ynash. Evropa Superligasi g'oyasini himoya qilayotgan Florentino Peres "Real" "Liverpul" bilan atigi 9 marta to'qnash kelganidan shikoyat qilmoqda, madridliklar, siz o'tgan mavsum finalini bu yilgi kuchli 16 talikda takrorlashingiz mumkin.

PSJ uchun savol har doim bitta bo'lgan: jamoa Franciyadagi oson raqiblarga o'rganib qolgan bir paytda elita jamoalarga qarshi butunlay boshqacha o'yin namoyish etish uchun ko'tarila oladimi? Ammo bu Lionel Messining oltin bilan qoplangan sherigi jarohat olgani bois yanada murakkab bo'lishi mumkin. Yaqin orada safga qaytishi kutilayotgan Killian Mbappe mundial finalida mag'lub bo'lganidan hafsalasi pir bo'lganidan beri o'zining eng yaxshi holatiga qayta olmayapti.

"Bavariya" ham ketma-ket 10 marta Bundesliga chempionligini qo'lga kiritib, shunga o'xshash muammoga duch keldi. Ularning ushbu musobaqadagi ustunligi shu qadar to'liq ediki, joriy mavsumda dastlabki 19 ta o'yinning 7 tasida durang va bir mag'lubiyat qayd etishi ular tomonidan katta zarba sifatida qabul qilinmoqda. Turnirning nimchorak final bosqichiga chiqish yaxshi natija, biroq klub va ularning bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann uchun asosiy muammo Evropaning kattaroq bahslari uchun jamoaning o'yinini etarlicha kuchaytirish bo'lib qolmoqda. Garchi ularda hozir Joau Kanselu bo'lsa-da, jamoaning asosiy o'yinchilari safda yo'q, Manuel Noyer, Sadio Mane va Lukas Ernandes jarohatlangan.

"Real" La Ligada so'nggi 9 ta o'yinning atigi 4 tasida g'alaba qozonib, oxirgi paytlarda barqaror o'yin namoyish eta olmayapti, bu unchalik katta ahamiyat kasb etmasligi mumkin. Ularning CHempionlar Ligasidagi o'yinlari ko'pincha mantiqqa zid keladi. O'tgan yili ular pley-off bosqichida "CHelsi", PSJ va "Manchester Siti"ga qarshi o'yinlarda ikkinchi raqamli bo'lib harakatlandi, biroq baribir yakunda g'alaba qozonish yo'lini topa oldilar. Tibo Kurtua, Luka Modrich va Karim Benzemaga tayanib muhim daqiqalarda ajoyib o'yin ko'rsatish zafar quchishning ishonchli yo'li emas, albatta. Lekin, ehtimol bu tobora kuchsizlanib borayotgan Yurgen Klopp tomonidan boshqarilayotgan "Liverpul"dan ko'ra ishonchliroqdir.

"Manchester Siti" hamon bazi tahlilchilar uchun favoritlar qatorida bo'lib qolmoqda, biroq ularda eski paytlarning engib bo'lmas kuchi yo'q. Pep Gvardiolani Joau Kanseluni ketkazib yuborish qarorini qaysidir jihatdan oqlash mumkin, unda etishmayotgan kurashuvchanlik tiklangan bo'lishi mumkin, ammo Kevin de Bryuyne, Ruben Diash, Emerik Lyaport va Fil Fodenning shu kunlarda boshlang'ich tarkibda maydonga tushirilmasligi mumkin, jamoa haqida eng kamida shuni aytish mumkinki, "Siti" kutilmagan o'tish davrini boshdan kechirmoqda.

Bu Gvardiolaning qarshi pressing strukturalarini o'rnatish usulidan ko'ra tezroq uzatmani talab qiladigan ajoyib to'purar Erling Holandning muammosi bilan bog'liq bo'lishi yoki bunday bo'lmasligi mumkin. Premer-liganing ularga qo'yayotgan ayblovlari klubga qanday tasir qilishini kim ham aytib bera olardi. Ular kuchayib ketadimi yoki futbolchilar o'z faoliyatlarining keyingi qismi boshqa erda bo'lishini o'ylab, hayron bo'lishadimi? Hozircha aniq aytish qiyin.

"CHelsi" haliyam o'rnashishda davom etayotgan katta tarkibga ega, "Tottenxem" esa ishonchsiz tarzda o'ynamoqda, "Milan" va "Inter" "Napoli"dan yaxshiroq emas. "Borussiya" Dortmund mamlakat ichkarisida boy formaga ega, biroq ularda ham, "Leypcig"da ham etarlicha raqobat qiladigan tarkib mavjud emas. Guruh bosqichida yaxshi o'ynagan va o'zini keyingi bosqichda ishonchli autsayderga aylantirgan "Benfika" Enco Fernandesni "CHelsi"ga boy berdi. Bularning barchasi "Napoli"ni formada deyish mumkin bo'lgan keragicha kuchli tarkibga ega yagona jamoa sifatida qoldiradi.

O'yin tubdan moliyaviy o'zgarishlarni ko'zda tutar ekan, futbolning oldindan aytib bo'lmaydigan xususiyati saqlanib qolayotgani va bu jihat uning jozibadorligida qanchalik ahamiyatli ekanini yodda tutish shart. Biz mutlaqo kutilmagan natijalaga guvoh bo'lishimiz mumkin.


Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика