So’nggi yangiliklar

11:48Жиддий жароҳат олган "Сўғдиёна" етакчиси қачон майдонга қайтади?   0 11:41Бугун тунда Суперкубок учун баҳс бўлиб ўтади  0 11:21Бу иш ПСЖ тарихида иккинчи марта содир бўлди  0 10:54"Реал Мадрид" ёзда яна футболчи сотиб оладими? Анчелотти жавоб берди  0 10:26Англия грандидан 70-80 очко олиб ташланиши мумкин  4 09:52Элдор Шомуродов фаолиятини Италия футболи афсонасининг жамоасида давом эттириши мумкин   12 09:28Георгий Мамардашвили "Ливерпул"га ўтади ва АПЛнинг бошқа жамоасига ижарага бериб юборилади  1 09:00Криштиану Роналду самарадорлигининг учта сирини ошкор қилди  7 08:31Аббосбек Файзуллаев айни вақтда ЦСКАдаги мотивацияси нима эканлигини маълум қилди  0 08:04Тен Хаг МЮнинг АПЛнинг янги мавсумидаги илк учрашувидан сўнг нималар деди?  7 07:33ОЧЛ-2. "Насаф"нинг ўйинлар тақвими билан танишинг  7 04:04Футзал. ЖЧ-2016. Ўзбекистоннинг дебюти, кўзи ожиз болакайга қилинган совға ҳамда "футзал Пелеси"нинг хайрлашуви ҳақида ҳикоя қиламиз  1 02:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Фулхэм" 1:0, 42 миллионлик трансфер гол урди  1 02:31ЛаЛига. "Севилья" дуранг билан бошлади  1 01:53АПЛ. "Манчестер Юнайтед" янги футболчисининг голи эвазига мавсумни ғалаба билан бошлади  23

ECHL. "Barselona" Parijda PSJni taslim etdi! Yangiliklar

ECHL. "Barselona" Parijda PSJni taslim etdi!

Teglar :  PSJBarselonaECHL
Evropa CHempionlar Ligasi chorak finalidan o'rin olgan PSJ – "Barselona" bo'lib o'tdi.

ECHL 1/4 final
PSJ (Franciya) – "Barselona" (Ispaniya) 2:3
10 aprel, 23.59, "Park de Prens"

PSJ – Donnarumma, Markinos, Ernandes, Lukas Beraldo, Mendesh, Vitinya, Ruiz, Li Kan In, Asensio (Bredli Barkolya 46), Dembele, Mbappe. 

"Barselona" – ter SHtegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Joau Kanselu, Serxi Roberto (Pedri 61), Gyundogan (Fermin Lopes), de Yong, Rafinya, Yamal (Joau Feliks 61), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Serxi Roberto (34), Vitinya (65), Pau Kubarsi (82), Andreas Kristensen (88), Lukas Beraldo (89), Fermin Lopes (89).


Paris Saint-Germain

Ousmane Dembele - 48', Vitinha - 51'

Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur

11/04/2024, 00:00

3
:
2
Tugadi

Barcelona

Raphinha - 37', Raphinha - 62', Andreas Christensen - 77'

Stadion: Parc des Princes, 47470 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
46'  Marco Asensio (Bradley Barcola)
48'  Ousmane Dembele
51'  Vitinha
51'  Fabian Ruiz
61'  Kang-In Lee (Warren Zaire-Emery)
65'  Vitinha
85'  Fabian Ruiz (Goncalo Ramos)
89'  Lucas Beraldo
34'  Sergi Roberto
37'  Raphinha
61'  Lamine Yamal (Joao Felix)
61'  Sergi Roberto (Pedri)
62'  Raphinha
62'  Pedri
75'  Frenkie de Jong (Andreas Christensen)
75'  Raphinha (Ferran Torres)
77'  Andreas Christensen
77'  Ilkay Gundogan
82'  Pau Cubarsi
85'  Ilkay Gundogan (Fermin Lopez)
88'  Andreas Christensen
89'  Fermin Lopez



Ushbu sahifada bahsning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi!

SAHIFANI YANGILASH


Bo'ldi, Entoni Teylor final hushtagini chaldi va "Barselona" safardan g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi.

90+3-daqiqa. Burchak zarbasidan esa naf chiqmadi. 

90+2-daqiqa. Arauxo Mbappening zarbasi yo'liga qalqon bo'ldi.  

90-daqiqa. Bellashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88-daqiqa. Ogohlantirish! Kristensen Zair-Emerini to'xtatishning boshqa imkonini topa olmadi.  

86-daqiqa. O'zgarish! Ilkay Gyundogan o'rniga Fermin Lopes maydonga tushirildi!

84-daqiqa. Jarima maydonchasiga kirib ketayotganida Vitinya yiqildi, mezbonlar Teylorga yuzlanishdi... Biroq hakam o'yinni davom ettirish zarurligini ko'rsatdi. 

82-daqiqa. Ogohlantirish! Pau Kubarsi qo'polligi uchun kartochkaga loyiq ko'rildi. 

81-daqiqa. "Barselona" sekin-asta to'p nazorati evaziga raqibning shashtini tushirishga urinmoqda. 

78-daqiqa. PSJning hujumi oxiriga etmay qoldi. Aniqrog'i o'sha oxirgi zarbani beradigan futbolchi topilmadi.

 

77-daqiqa. GOOOOOOL! Yana, yana... Boya Pedri maydonga tushiboq, golli pas bergandi. Endi Kristensen 1 daqiqa o'tar-o'tmas, "Barsa"ni oldinga olib chiqmoqda!

75-daqiqa. O'zgarishlar! Rafinya o'rniga Ferran Torres, de Yong o'rniga esa Kristensen o'yinga qo'shildi.  

74-daqiqa. Joau Feliks uzoq masofadan zarba berib ko'rdi, Jijji to'pni ushlab oldi.

70-daqiqa. Arauxo ancha xavfli vaziyatda jamoasini qutqarib qoldi.

69-daqiqa. Vitinya jarima maydonchasiga yaqin zonada Levandovskini qoidani buzib to'xtatdi, deb topildi. Mehmonlarning bosimiga qaramay, Entoni Teylorning ikkinchi sariq berish niyati yo'q.

68-daqiqa. PSJ pressing evaziga to'pni tezda qaytarib oldi.  

65-daqiqa. Ogohlantirish! Feliksga nisbatan fol uchun Vitinyaga kartochka ko'rsatildi. 

62-daqiqa. GOOOOOOOL! Hozirgina maydonga tushgan Pedrining ajoyib uzatmasidan keyin Rafinya dubl qayd etmoqda - 2:2. 

61-daqiqa. O'zgarishlar! Lamin Yamal va Serxi Roberto o'rniga Pedri hamda Joau Feliks o'yinga qo'shildi.

59-daqiqa. PSJ futbolchilari shoshilmay to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi.

55-daqiqa. Qarshi hujumda endi Barkolya to'pni darvozaga yo'llashi hech gap emasdi. 

50-daqiqa. GOOOOOOOL! Birinchi golni o'tkazib yuborib, o'ziga kelib ulgurmagan "Barsa" yana "tarsaki edi". Fabian Ruisning nozik uzatmasidan keyin Vitinya ohista zarbasi bilan ter SHtegenni xafa qildi. 


48-daqiqa. GOOOOOOOL! Usmon Dembele ajoyib zarbasi bilan muvozanatni tikladi!

47-daqiqa. Hamma Mbappega uzatma kutganida, zarba berib, gol urib ketmoqchi bo'lgan Vitinya mo'ljaldan ancha adashdi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim start oldi!

Tanaffusdan Marko Asensio qaytmadi, uning o'rniga o'yinni Bredli Barkolya davom ettiradi.

45+2-daqiqa. Bo'ldi, hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushatagini chaldi va "Barselona" tanaffusga g'olib sifatida chiqib ketdi. 

45+1-daqiqa. Rafinya rivojlantirgan qarshi hujumni Lamin Yamal gol bilan yakunlashi mumkin edi, ammo... 16 yoshli yigitcha bu erda noto'g'ri qaror qabul qildi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Zarbasi qovushmagan Levandovski o'yindan tashqari holatda edi.

41-daqiqa. PSJ raqib darvozasiga yo'l izlamoqda, lekin hozircha buning imkonini topa olmayapti.

37-daqiqa. GOOOOOOL! Rafinya kerakli vaqtda, kerakli joyda paydo bo'ldi va mo'ljalda adashmadi. 

34-daqiqa. Ogohlantirish! Tezkor qarshi hujumni to'xtatib qolgani uchun Serxi Roberto sariq kartochka ishlab oldi.

28-daqiqa. Mbappe bilan bir nechta qisqa masofadagi uzatmalardan keyin qulay vaziyatga chiqqan Li Kan In kuchli zarba yo'lladi, Ter SHtegen qiyinchilik bilan bo'lsada, xavfni bartaraf etdi. Qaytgan to'pga Mbappe otilib chiqib kelayotganida himoyachi unga nisbatan keskin o'ynadi, lekin... Kilian o'yindan tashqari holatda bo'lganligi tufayli, qolgani bekor.

24-daqiqa. Endi qarshi hujumga yuguraman deyotganida Mbappe qoida buzgan bo'lib chiqdi. 

23-daqiqa. Rafinya jarima maydonchasiga yaqin hududdan darvozaga kuchli va aniq zarba yo'llagandi, ammo Donnarumma ham ishonchli o'yin ko'rsatdi. 

21-daqiqa. Donnarumma to'pga eta olmagach, Levandovski uni darvozaga tashlab qo'yayotgandi, lekin so'nggi pallada Mendesh hisob ochilishiga yo'l qo'ymadi. Takroriy urinishlardan keyin ham "Barsa" maqsadiga eta olmadi.  

19-daqiqa. Avvaliga Mendesh raqiblarini dribling evaziga chiroyli tarzda dog'da qoldirib, jarima maydonchasiga yorib kirgandi, lekin zarba berishga imkon berishmadi. To'p olib qo'yilgach, Yamal biz ham to'pni boshqarishni bilamiz degandek qildi.  

17-daqiqa. Levandovskiga nisbatan Beraldo o'yin qoidasini buzgan deb topildi. 

15-daqiqa. Kubarsi Dembelening zarbasi yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Mezbonlar burchak zarbasidan naf chiqara olishmadi.  

14-daqiqa. Braziliyalik futbolchi oqsoqlagancha, ammo hech kimning yordamisiz, maydonni tark etdi.

12-daqiqa. Rafinya jarohat sabab maydonda yotibdi. Hakam o'yinni to'xtatdi. 

Stadionda "Barsa" va PSJ sobiq futbolchisi Ronaldino o'yinni jonli kuzatmoqda.

10. ZARBAA! Asensioning xavfli zarbasini ter SHtegen egallab oldi. 

9.   Usmon Dembele o'ng qanotda juda faol

7. Birinchi aniq zarba Li Kan In nomiga yuzildi. Koreyalik futbolchining zarbasini ter SHtegen muammosiz egallab oldi.

5. ZARBA!  Kilian Mbappe raqib jarima maydoni ichida zarba berdi, ammo biroz noaniq.

4. Usmon Dembele sobiq jamoasiga qarshi o'yinda aktiv harakat qilmoqda.

1.O'yin boshlandi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика