ECHL. Prevyu: “Manchester Yunayted” – “Olimpiakos”
19 mar 2014 15:59
Yangiliklar

ECHL. Prevyu: “Manchester Yunayted” – “Olimpiakos”
Moyesning “Yunayted”dagi taqdirini hal qilishi mumkin bo'lgan o'yin bilan bog'liq eng qiziqarli jihatlar haqida “Manchester Yunayted” – “Olimpiakos” o'yini prevyusida o'qing.
Birinchi o'yin
MYU nafaqat Premer-Liga doirasidagi antirekordlarni qayd etish bilan ovora, balki evrokuboklarda ham omadsiz ishtiroki bilan barcha raqiblarni xursand qilish bilan mashg'ul. Guruh bosqichida ancha ishonchli o'yinlar bilan, ortiqcha qiyinchiliksiz keyingi bosqichga yo'l olgan “iblislar”, guruhdan chiqish masalasini so'nggi turga kelibgina hal qila olgan “Olimpiakos”ga ikki gol farqi bilan mag'lubiyatga uchradi.
Bu g'alaba esa “Olimpiakos” uchun CHempionlar Ligasi pley-off bosqichidagi so'nggi 7 uchrashuvdagi ilk g'alaba bo'lgani ham etiborli. Ha, "Moyes" hamda "antirekord" so'zlari yana yonma-yon. Ha-ya, 2:0 hisobidagi g'alaba greklarning keyingi bosqichga yo'l olishiga juda yaqinlashtirib qo'ydi. “Old Trafford”da birgina gol urib olsa, masala deyarli hal bo'ldi, deyavering.
O'yin oldidan
“Olimpiakos” mamlakat chempionligini rasmiylashtirib qo'yib, bemalol “MYU”ga qarshi jangga tayyorlanayotgan bir vaqtda, mezbonlar bosh murabbiyi istefo arafasida ekani haqida gaplar yuribdi. Agar “Yunayted” CHempionlar Ligasi chorak finaliga yo'l ola bilmasa, Moyesning istefosi uzoq kuttirib qo'ymaslik ehtimoli yuqori.
“MYU” o'yini yaxshilanib bormayotgani mayliku-ya, tobora aks tomonga qarab ketayotgandek taassurot qoldirmoqda. Ustiga-ustak, yaqindagina Moyes “Manchester” afsonasi Rayan Giggz bilan janjallashib qolgani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Ichki muhit borasida savollar bor.
“Liverpul” hamda “Olimpiakos” bilan o'yinlar Moyes taqdirida ko'p narsani hal qilishi tushunarli edi. Rojers shogirdlarini mag'lub etish, MYU uchun Evropa Ligasi yo'llanmasidan ortiqrog'iga umid bog'lash imkonini berardi. “Olimpiakos”ni engish esa, qorong'u tunnel ohirida nur bor ekanini anglatishi mumkin edi. Afsuski, u birinchi vazifani bajarish u yoqda tursin, uning yaqiniga ham kelgani yo'q va yirik hisobda “Old Trafford”da mag'lub bo'lib, yana bir antirekordni qayd etdi xolos.
Balki “Yunayted” bunday hisobga mos o'yin ko'rsatmagandir, balki hakam ayrim qarorlarda adashgandir. Lekin bu umumiy kartinani o'zgartira olmaydi. Natija har qanday holda ham natijaligicha qoladi. Anig'i shuki, “Liverpul”ga qarshi o'yinda g'olib bo'lish uchun umuman imkon bo'lmadi va mehmonlar haqli ravishda uch ochko bilan qaytishdi.
Angliyaning amaldagi chempioniga qarshi o'yinda birinchi o'yinda g'alaba qozonishi bilan, “Olimpiakos” ertasigayoq javob uchrashuviga tayyorgarlikni boshlab yuborgan ko'rinadi. CHunki to'rt oy davomida chempionatda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelgan jamoa, ketma-ket ikki o'yinni boy berdi. Avvaliga “Panatinaikos”ga (0:3) va keyingi o'yinda PAOKga (1:2). Biroq shundan keyin ular “Pantrakikos”ni mag'lubiyatga uchratib, CHempionlikni rasmiylashtirib qo'ydi.
Raqamlar
Avvaliga “MYU” muxlislarini xursand qiluvchi raqam: grek klubi Tumanli Albionda o'tkazgan 11 o'yininning barchasida mag'lubiyatga uchragan! “Manchester” esa guruh bosqichida o'z maydonida o'tgan 3 o'yinda ham g'alaba qozondi. Umuman olganda “MYU”ning “Olimpiakos”ga qarshi o'tgan o'yiniga qadar Greciya chempionlariga qarshi o'yinlarda 100 foizlik ko'rsatgich qayd etib kelayotgandi. 4 o'yin va 4ta g'alaba. Endi esa 5 o'yin va bitta mag'lubiyat.
Tarkiblardagi holat haqida
Agar o'yinda Fil Jons ishtirok eta olmasa (uning uncha jiddiy bo'lmagan jarohati bor), Moyes jamoasining markaziy himoya chizig'i uchun bu katta yo'qotish bo'ladi. SHuningdek Jonni Evans, Nani, Xaver Ernandesning ishtirok etishi ham so'roq ostida. Ulardan ayrimlari o'yin qaydnomasidan o'rin olmay qolishi ham mumkin.
“Liverpul”ga qarshi o'yinni Kris Smolling nima sababdan o'tkazib yuborgani ham hamon nomalumligacha qolmoqda. Xuan Mata esa CHempionlar Ligasi doirasida MYU tarkibida o'ynash huquqiga ega emas.
SHunday qilib, Moyes jamoasida uchta amplua so'roq ostida turibdi. Birinchidan Nemanya Vidichga markaziy himoyada kim sherik bo'ladi? Maydon markazida Maykl Karrik bilan kim o'ynaydi – Fellaynimi yoki Kleverli? CHempionatda Mata o'ynaydigan joyni kim egallaydi – Valensiyami yoki Yang?
Mehmonlarda ham jarohatlar etarli. Maykl Olaytan, Dimitris Siovas, Ariel Ibragasa va Xaver Saviola ushbu o'yinda maydonga tushishga tayyor emas.
Rezyume
"Manchester Yunayted", o'z maydonida g'alaba qozonsa kerak. SHunday bo'lsada, "iblislar"ning so'nggi bir necha oy davomida ko'rsatayotgan o'yinidan kelib chiqib shuni takidlash mumkinki, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishi juda va juda qiyin. Boz ustiga ushbu o'yin "Olimpiakos" uchun ham muhim. O'zining chempionlik mavsumda "MYU"ni engib, CHempionlar Ligasi chorak finaliga yo'l olish, greklar uchun mavsumni ko'tarinki ruxda yakunlash imkoinini beradi va bunga erishish uchun ular bor imkoniyatni ishga solishadi.
O'yinning muhimlilik darajasi har ikki jamoa uchun o'ta yuqori bo'lgani vajidan, uning qiziqarli kechishi shubhasiz.
Ko'ramiz.
Abror Qodirov

Fikrlar