So’nggi yangiliklar

02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  1 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  1 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  4 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  24

ECHL. "Monako"dan "kambek" ko'ramizmi? Yangiliklar

ECHL. "Monako"dan "kambek" ko'ramizmi?

"Barselona"ning mo'jizakor "kambeki", "Lester"ning evropa maydonlarida davom etayotgan ertagidan keyin bizni nima kutmoqda?


Evropa chempionlar ligasining nimchorak final o'yinlari bizga bir qator bir-biridan qiziqarli va shiddatli futbol uchrashuvlarini tuhfa qildi.

Manchesterda zargarona tarzda o'tgan "Manchester Siti" - "Monako" bellashuvi, Parijdagi PSJning "shovqini", Myunxen va Londonda "Arsenal"ning parchalanishi, Kataloniyada "Barselona" ko'rsatgan mo'jiza hamda kechagi "Lester"ning ertagi hali ko'p vaqt muxlislarning yodidan chiqmasligi aniq.

SHunday o'yinlar borligi uchun ham chempionlar ligasini sevamiz.

Bugun nihoyat chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritadigan oxirgi ikkita jamoalar aniqlanadi.

Birinchi bahsda kerakli g'alabani qo'lga kiritgan "Manchester Siti"ga javob o'yinida oson bo'lmasligi aniq.

"Atletiko" dastlabki o'yinda mehmonda juda ishonchli g'alabani qo'lga kiritgan. SHu boisdan ham ular bugun biroz xotirjamlikka berilishlari mumkin. Lekin Kataloniyadagi o'yin tajribasidan kelib chiqadigan bo'lsak, Diego Simeone imkon qadar futbolchilarni 90 daqiqa diqqatli bo'lishlarini talab etadi. "Atletiko" agarda uchrashuv davomida konsentraciyani yo'qotmasa, unda "Bayer" o'z maydonida qila olmagan ishni "Visente Kalderon"da amalga oshirishi bu bahorda qor yog'ishiga teng. Lkin Bahorda qor yog'ib turishini inobatga oladigan bo'lsak, hali nazariy jihatdan "Atletiko" to'liq xotirjamlikka berilishiga erta. "Atletiko" evropaning eng kuchli sakkiz jamoasi orasiga kirish uchun kamida 90 daqiqani munosib tarzda o'tkazmog'i lozim.

Franciyada esa birinchi uchrashuvda qo'yib berilgan spektakl yana davom etish ehtimoli yuqori. "Monako"ning "Etixad"da ko'rsatgan ajoyib o'yinini yakunda Gvardiola jamoasi metin iroda namoyish etib "sindirgandi". Bu galgi to'qnashuvda "Monako"ga o'z uyidagi "devorlar" ham ko'maklashishi mumkin. Bu juftlik taqdiri hali nomalum, garchi "Siti"da ikkita to'p farqidagi ustunlik mavjud bo'lsada, "Monako"ning tajovuzkor o'yini bu tafovutni yo'qqa chiqara olish salohiyatiga ega.


Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final.

Javob o'yinlari.

"Monako" - "Manchester Siti" (00:45)

"Stad de Luis" stadioni.

Bosh hakam: Janluka Rokki.

Birinchi uchrashuv: 3:5


"Atletiko" - "Bayer" (00:45)

"Visente Kalderon" stadioni.

Bosh hakam: Sergey Karasev.

Birinchi uchrashuv: 4:2

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика