So’nggi yangiliklar

03:00Ла Лига. "Барселона" меҳмонда ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, каталонияликлар биринчи ўринга қайтишди  30 02:47А Серия. Лаутаронинг голи "Интер"га "Женоа" устидан ғалабани тақдим этди, миланликлар вақтинча биринчи ўринга кўтарилишди  0 00:53"Ювентус" АПЛдан италиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши деярли аниқ, аммо...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Унион"га жавобсиз 6та гол урди, "Байер"дан меҳмондаги ишончли ғалаба  1 00:34АПЛ. Рэшфорддан 2та ассист, Асенсиодан 2та гол — "Астон Вилла" ўз уйида "Челси"га қарши камбэк эвазига ғалабага эришди  13 00:28Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Валенсия"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, вақтинчалик биринчи ўринга чиқиб олди  8 00:01А Серия. "Торино" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  9 23:05Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" даҳшатли камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  9 23:01Гвардиола Эдерсоннинг ўрнига испан дарвозабонни олиб келадими?  2 22:30"Барселона" Франция чемпионатидаги ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи  2 22:04АПЛ. "Арсенал" кутилмаганда ўз майдонида мағлуб бўлди, "Тоттенхэм" эса меҳмонда 4та гол урди  24 20:58Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Россия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:30Назорат ўйини. "Шўртан" Тожикистон жамоасига мағлуб бўлди  4 19:52Анчелотти ЧЛ қуръасидан сўнг "Атлетико"нинг твити ҳақида: "Твит нима ўзи? Вақтимиз кўпроқ бўлганида тушинтириб берарсиз"  16 19:45АПЛ. "Манчестер Юнайтед" 0:2ни 2:2га айлантирди  48

ECHL. Xoland penta-trik qayd etgan o'yinda "Manchester Siti" "Leypcig"ni shunchaki yanchib tashladi va chorak finalga yo'l oldi Yangiliklar

ECHL. Xoland penta-trik qayd etgan o'yinda "Manchester Siti" "Leypcig"ni shunchaki yanchib tashladi va chorak finalga yo'l oldi

Evropa CHempionlar Ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "Manchester Siti" va "Leypcig" o'rtasidagi javob o'yinida "Siti" raqibini shunchaki burdalab tashladi.

ECHL. Nimchorak final, javob uchrashuvi

"Manchester Siti" (Angliya) – "Leypcig" (Germaniya) 7:0 

Gollar: Erling Xoland 22', 24', 45+2', 54', 57; Ilkay Gyundogan 49', de Bryuyne 90+2

Dastlabki uchrashuv: 1:1

15 mart, 01.00, «Etixad»

Manchester Siti – Ederson, Ake, Ruben Diash, Akandji, Stounz (Serxio Gomes, 64), Gyundogan (Marez, 55), de Bryuyne, Grilish (Foden, 55), Bernardu Silva, Rodri (Fillips, 63), Xoland (Alvares, 63).

RB Leypcig – Blasvix, Xenrixs (Klostermann, 80), Orban, Gvardiol, Raum, Kampl, Forsberg (Andre Silva, 63), Laymer, Aydara (Simakan, 63), Soboslai (Olmo, 72), Verner (Poulsen, 63).

Ogohlantirishlar: Xenrixs (21), Verner (34), de Bryuyne (67), Akandji (77).

Manchester City

Erling Haaland - 22', Erling Haaland - 24', Erling Haaland - 45', Ilkay Gundogan - 49', Erling Haaland - 53', Erling Haaland - 57', Kevin De Bruyne - 90'

Champions League Final Stage . 1/8-tur

15/03/2023, 01:00

0
:
7
Tugadi

RB Leipzig

Stadion: Etihad Stadium, 52038 tomoshabin

Bosh hakam: Slavko Vincic

45'
90'
22'  Erling Haaland
24'  Erling Haaland
24'  Kevin De Bruyne
45'  Erling Haaland
49'  Ilkay Gundogan
49'  Jack Grealish
53'  Erling Haaland
53'  Manuel Akanji
55'  Jack Grealish (Phil Foden)
55'  Ilkay Gundogan (Riyad Mahrez)
57'  Erling Haaland
57'  Manuel Akanji
63'  Erling Haaland (Julian Alvarez)
63'  John Stones (Sergio Gomez)
63'  Rodri (Kalvin Phillips)
67'  Kevin De Bruyne
77'  Manuel Akanji
90'  Kevin De Bruyne
90'  Riyad Mahrez
21'  Benjamin Henrichs
34'  Timo Werner
62'  Amadou Haidara (Mohamed Simakan)
62'  Timo Werner (Yussuf Poulsen)
62'  Emil Forsberg (Andre Silva)
72'  Dominik Szoboszlai (Dani Olmo)
79'  Benjamin Henrichs (Lukas Klostermann)

90+2. O'yin tamomlandi. 7:0. 

90+2. GOOOOOOOOOOOL! Kevin de Bryuyne jarima maydonchasi tashqarisidan shunchaki zargarona zarba yo'lladi! SHunchaki dahshat!

80. "Leypcig" tarkibida o'zgarish: Xenriks o'rniga Klostermann maydonga tushirildi. 

77. Akanji juda qo'pol o'yini uchun ogohlantirildi.

72. "Leypcig" tarkibida o'zgarish: Soboslai o'rniga Olmo maydonga tushdi.

Xoland haqida:

67. Kevin de Bryuyne ogohlantirildi.

63. Ikkala jamoa birdaniga uchtadan o'zgarishni amalga oshirdi. "Siti": Xoland, Jon Stounz va Rodri o'rniga Xulian Alvares, Serxio Gomes va Kelvin Filips tushirildi. "Leypcig": Forsberg, Haydara va Timo Verner o'rniga Andre Silva, Simakan va Poulsen o'yinga qo'shildi.

"Leypcig" uchun qisqa va quvonchi yangilik: Xoland maydonni tark etdi. 

57. GOOOOOOOOL! 6:0. Kim? Kim bo'lardi?! ERLING XOLAND! Penta-trik!

55. "Siti" tarkibida ikki o'zgarish: Gyundogan va Grilish o'rniga Mahrez va Fil Foden maydonga tushirildi.

54. GOOOOOOOOL! Erling Xolanddan poker! Bugun shunchaki Xolandni to'xtatib bo'lmayapti! 5:0. Futbolchi dastlab boshi bilan kuchli zarba berdi, qaytgan to'pni esa taxminan 4 metrlardan darvozaga tiqib yubordi.

49. GOOOOOOOL! Ilkay Gyundogan ajoyib zarbasi bilan to'pni darvozaning o'ng burchagiga joylab qo'ydi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Tanaffus! Erling Xoland ismli "qotil" intrigani birinchi taymdayoq "o'ldirib" qo'ydi. 

45+2. GOOOOOOOOOOOOL! Xolanddan xet-trik! Diash bergan zarbani darvoza chizig'idan qaytarayotgan himoyachi to'g'ri Erlingni nishonga oldi, to'p esa darvozaga kirib ketdi.

45. Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

37. ZARBAAAAA! De Bryuyne jarima zarbasidan to'pni ayyorona uslubda Gyundoganga oshirdi, Ilkay esa juda xavfli zarba yo'lladi. Yanis Blasvich ("Leypcig") esa ajoyib seyv qayd etdi!

Bugungi o'yinda allaqachon ikkita golni rasmiylashtirishga ulgurgan Erling Xoland birdaniga ikkita rekordni yangiladi:

- ECHLda 30ta golga eng tez erishgan futbolchi (25 ta o'yin)

- ECHLda 30ta gol urgan eng yosh futbolchi (22 yoshu 236 kunlik)

31. ZARBAAA! Xoland to'xtamayapti. Norvegiyalik hujumchining yana bir zarbasi juda xavfli chiqdi, ammo "Leypcig" posboni to'pni qaytara oldi.

24. GOOOOOOOOOOOOL! Erling Xoland de Bryuynening super zarbasidan so'ng to'singa tegib qaytgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi!

22. GOOOOOOOOOOOOOL! Erling Xoland penaltini aniq amalga oshirib "Siti"ni oldinga olib chiqdi!

22. Benjamin Xenriks qo'li bilan o'ynagani uchun ogohlantirildi.

20. PENALTI! Hakam VAR yordamida burchak to'pidan so'ng "Leypcig" futbolchisi qo'l bilan o'ynaganini ko'rdi va penalti belgiladi.

13. "Leypcig" o'n uch daqiqa davomida yaxshi himoyalanishni eplamoqda. 

11. Uxxxxxxx! Erling Xoland havodan uzatilgan ajoyib uzatmadan so'ng deyarli birga-bir vaziyatga chiqdi, ammo u bergan juda sekin zarbani darvozabon qaytardi.

7. O'yinni faol boshlagan "Siti" biroz tin oldi va to'p nazoratiga urg'u qaratdi. 

3. ZARBA! Ilkay Gyundogan havodan kelayotgan to'pni jarima maydoni ichidan turib darvozaga yo'lladi. To'p osmonu-falakka uchib ketdi.

1. O'yin boshlandi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика