So’nggi yangiliklar

12:20Эшитдик-да! ФИФА "Бунёдкор"га илк санкцияни қўллади  0 11:48Клоппнинг ассистенти "Аякс" бош мураббийига айланиши мумкин  0 11:24Ўзбекистон – Гонконг учрашувида майдонга югуриб тушган мухлислар маъмурий жавобгарликка тортилди, 2 нафар шахс 5 суткага қамалди  12 10:57Пеп Гвардиола «Манчестер Сити»даги келажаги борасида бир қарорга келди  4 10:28«Бавария» Алонсони қўлга кирита олмаганидан сўнг бошқа бир топ мураббий билан шартнома тузмоқчи  1 10:00ЦСКА устози РПЛнинг энг кучли футболчиси кимлигини айтди  7 09:3410 ойга четлатилган Тонали яна узоқ муддатга дисквалификация қилиниши мумкин  2 09:10«РБ Лейпциг» грандлар қизиқаётган футболчига нарх қўйди  1 08:47Златан рамзий термасини тузди ва ўзини қўшмади. Нега қўшмаганини эса Ибра супер тарзда тушунтириб берди  12 08:25Фабрицио Романо Хаби Алонсонинг келажагини очиқлади  4 07:49Про лига. Бугун учинчи тур якунланади  1 07:25Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Қаршида ўйинлар бор  3 01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  1 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  3 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  8

ECHL. "Liverpul" Daniya klubini mag'lub etdi Yangiliklar

ECHL. "Liverpul" Daniya klubini mag'lub etdi

CHempionlar Ligasi "D" guruhi 2-turidan o'rin olgan "Liverpul" – "Mityulland" o'yini tanli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Liverpul Angliya – Midtyulland Daniya 2:0  

«Enfild»

Gollar: Jota 55', penalti Saloh 90+3'

Liverpul – Alisson, Robertson, Gomes, Aleksander-Arnold, Fabino (Ris Uilyams, 30), Milner, SHakiri, Diogu Jota (Firmino, 81), Xenderson (Veynaldum, 46), Minamino (Saloh, 61), Origi (Mane, 61).

Midtyulland – Andersen, Andersson, Svyatchenko, SHolc, Paulino Silva, Sisto (Evander, 73), Mabil (M. Anderson, 66), Oneka, Dreyer, Kayuste (Kraev, 81), Kaba (Pfayffer, 81).

Ogohlantirishlar: SHolc (19), Oneka (25), Kayuste (32), Milner (41), Paulino Silva (90).


Uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+3. GOOOOOOOOOOOLL!  Saloh penaltidan unumli foydalandi – 2:0! 

90+1. Paulinoga sariq ko'rsatildi. 

90+1. Penalti!  Saloh Paulino Silva tomonidan yiqitildi. 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Dreyer hisobni tenglashtirishi mumkin edi!  U Gomesni aldab o'tdi va zarba berdi, ozgina noaniq.

88. Qanday vaziyat!  Trentning uzatmasidan so'ng Firmino yaqin masofadan darvozani ishg'ol etolmadi! 

86. Firmino o'yinni kuchaytirdi, u Mane tomon pas berdi, ammo senegallik yugurishni xohlamadi va to'pga ega chiqmadi. 

85. Zarba!  Pfayfferning bosh bilan yo'llangan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

83. Jotaning golga aylangan zarbasi "Liverpul"ning yagona aniq zarbasi bo'lib turibdi. "Qizillar" nisbatan oddiyroq raqibiga qarshi hujumda bunday o'ynashi ochig'i ko'pchilikka syurpriz bo'ldi.

81. "Midtyulland"da 2ta o'zgarish: Kayuste o'rniga Kraev, Kaba o'rniga Pfayffer tushdi. 

81. "Liverpul"da o'zgarish: Jota o'rniga Firmino tushurildi. 

79. SHakiri futbolni sog'ingani malum bo'lmoqda, u bugun yomon o'ynamayapti. 

77. Zarbaaa!  "Liverpul" jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib olgan Evander, Gomesni chalg'itib, zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. Ogohlik qo'ng'irog'i! 

77. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 64% - 36% 

75. Zarba!  Evanderning zarbasi sal noaniq ketdi. 

73. "Midtyulland"da o'zgarish: Sisto o'rniga Evander tushdi. 

70. "Liverpul" energiyani asragan holda o'yin ko'rsatyapti. Mane va Saloh jamoa o'yinini kuchaytirishmadi, angliyaliklar piyoda yurib o'ynamoqdalar.

68. Veynaldumdan SHakiriga ajoyib uzatma etib keldi, biroq himoyachilar o'z vaqtida xavfning oldini olishdi.

66. "Midtyulland"da almashtirish: Mabil o'rniga Mikael Anderson tushdi. 

62. Paulino to'pni o'tkazib yubordi, Saloh hujumga qochib ketdi, ammo Paluino orta qaytib, o'z xatosini to'g'riladi.

61. "Liverpul"da 2 ta almashtirish: Origi o'rniga Mane, Minamino o'rniga Saloh o'yinni davom ettiradi. 

58. "Midtyulland" qanotlar orqali hujum tashkil etishga urinyapti, jarima maydoni ichiga yaqinlashishni esa iloji bo'lmayapti.

56. "Liverpul" o'zining dastlabki o'ta xavfli hujumidan unumli foydalandi, ajoyib kombinaciya gol bilan tugadi.

55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLL! Diogu Jota hisobni ochdi – 1:0!  Trent va SHakirining "devor" uslubidagi o'yinidan keyin Jota bo'sh darvozani ishhol etdi. 

53. Burchakdan uzatilgan to'pan keyin Svyatchenko bosh bilan zarba berdi, zarba ancha kuchsiz chiqib qoldi, Alisson osonlik bilan to'pni egallab oldi.

51. Trentdan ichkariga uzatma.  Origi yaxshi ochilgandi, ammo "Midtyulland" posboni Andersen o'z vaqtida to'pga ega chiqdi.

50. Jota to'rt nafar raqibni alday oldi, ammo uning jamoadoshlari o'z vaqtida yordamga kelishmadi, keyin Diogu to'pni oldirdi.

48. Klopp ikkinchi bo'limda faqat bitta o'zgarishga qo'l urdi, demak, u zaxira hujumchilariga ishonmoqda. 

46. "Liverpul"da o'zgarish: Xenderson zrniga Veynaldum tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

43. Origi hujumda Arnolddan pas qabul qilib olib, zarba yo'lladi, biroq hakam forvard ofsaydda qolganini malum qildi. 

41. Mehmonlar qarshi hujumga o'tib ketishdi. Milner Sistoni yiqitishga majbur bo'ldi va haqli ravishda sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

38. Zarba! CHap qanotda Robertsonni unutib, yolg'iz qoldirishdi, shotlandiyalikning zarbasi yo'liga Andersson to'g'anoq bo'ldi.

37. O'yin deyarli teng kurashlar ostida kechyapti. Klopp bundan hayratda va Salohni tayyorlanib turishga chaqirdi.

36. Oneka qanotda Gomesni aldashga urindi, lekin to'p to'satdan "aut"ga chiqib ketdi. 

34. Minamino Firminodan ko'p narsani o'rgangan ko'rinadi – yaponiyalik nafaqat hujumda, balki pressing va to'pni olib qo'yish bobida ham yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.

32. Daniyaliklar yuqori pressing uyushtirmoqdalar. SHunday vaziyalardan birida Kayuste Xendersonning oyog'iga tepdi va sariq kartochka oldi.

30. "Liverpul"da o'zgarish: Jarohatlangan Fabino o'rniga Ris Uilyams maydonga tushirildi. 

28. Fabino jarohat olib, maydonda yotibdi, unga tibbiy yordam ko'rsatiladi. 

25. Origiga nisbatan qo'pollik ishlatgan Oneka ogohlantirildi. 

25. Milner "podkat" bilan to'pni olib qo'ydi va jamoadoshlarini ajoyib pas bilan tamainladi.

21. Xenderson va Aleksander-Arnold navbati bilan to'pni ichkariga oshirishdi, himoyaga "yotib olgan" daniyaliklar to'pni qaytarishga erishdilar.

20. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 60% - 40% 

19. Jotani yiqitgan SHolc sariq kartochka oldi. 

17. "Liverpul"ning faollik darajasi pastroq ko'rinmoqda. "Qizillar" hujumga o'tishga shoshilishmayapti.

14. Zarba!  Trentning ajoyib uzatmasidan keyin Minamiono zarba yo'lladi, ammo muvaffaqiyatsiz.

10. Jota o'zini ko'rsatishga astoydil urinyapti, u Gomesdan pas so'radi, biroq to'p "aut"ga chiqib ketib qoldi.

7. "Midtyulland" jarima to'piga ega bo'ldi, Sistoning zarbasini Alisson ishonch bilan bartaraf eta oldi.

5. Robertson Minaminoni oldina boshlovchi uzatmani namoyish etdi, ammo mehmondar tayanch vakili Oneka yaponiyalikdan to'pni olib qo'ydi.

3. Dreyer kutilmaganda birga-bir holatga chiqib bordi, "Liverpul" himoyachilari "uxlab qolishdi". Alisson jamoasiini qutqardi!

2. "Liverpul" o'yindagi dastlabki hujumni sodir etdi. Trent o'ng qanotdan pas uzatdi, Andersen o'z darvozasidan chiqib kelib, to'pni ushlab oldi.

1. Uchrashuv boshlandi! 

CHigil yozdi mashg'ulotlardan suratlar 


"Enfild" o'yinni qabul qilishga tayyor!

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari!  Bugun CHL "D" guruhi 2-turidan o'rin olgan "Liverpul" – "Midtyulland " to'qnashuvi guvohiga aylanamiz. Uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.   

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика