So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

ECHL. Rodrining golini inobatga olishmadi, Gomesga qizil, Maxrez esa penaltidan gol ura olmadi - "Kopengagen" va "Manchester Siti" durang o'ynashdi Yangiliklar

ECHL. Rodrining golini inobatga olishmadi, Gomesga qizil, Maxrez esa penaltidan gol ura olmadi - "Kopengagen" va "Manchester Siti" durang o'ynashdi

ECHL guruh bosqichidan o'rin olgan "Kopengagen" - "Manchester Siti" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Kopengagen" – "Manchester Siti" 0:0
"Parken" stadioni

"Kopengagen" – Grabara, Yelert, Boylesen, Xocholava (Diks, 80), Lund, Kristiansen, Lerager, Stamenich (Mukayru, 90), Klasson, Xaraldsson (Youxannesson, 60), Darami.

"Manchester Siti" – Ederson, Joau Kanselu, Laport (Ake, 88), Akandji, Serxio Gomes, Gyundogan, de Bryuyne (Bernardu Silva, 77), Grilish (Foden, 78), Rodri, Marez (Ruben Diash, 33), Alvares.

Ogohlantirishlar: Lund (36), Stamenich (82), Ruben Diash (90).

CHetlatish: Serxio Gomes (30).




Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Bo'ldi, o'yin tugadi. Bugun nechta gol urarkin deyilgan "Siti" durangga ham xursand bo'lib, Angliyaga qaytadigan bo'ldi.  

90+3-daqiqa. Ederson to'pni egallab olib, sheriklariga shoshilmaslik kerakligini uqtirmoqda. "Siti" ham durangga rozi.   

90+1-daqiqa. Gyundogan ayyorona zarba bilan Grabarani dog'da qoldirmoqchi edi, biroq kiperga bu ortiqcha muammo tug'dirmadi.     

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.  

86-daqiqa. Mezbonlar durangga ham rozi shekilli. Bo'limni ancha agressiv boshlagan "Kopengagen" futbolchilari oxirgi daqiqalarda hujumga ham yaxshilab o'ylab, keyin to'pni uzatmoqda.  

84-daqiqa. Kanselu aldamchi harakat bilan bir raqibini chalg'itdi va zarba berdi, Grabara bu safar ham ishonchli o'ynadi.  

82-daqiqa. Ogohlantirish! Ehtiroslarini jilovlay olmagani uchun Marko Stamenich ogohlantirildi.  

80-daqiqa. O'zgarish! David Xocholava o'rniga Kevin Diks o'yinga qo'shildi.  

77-daqiqa. O'zgarishlarGrilish o'rniga Fil Foden, Kevin de Bryuyne o'rniga esa Bernardu Silva maydonga tushirildi.   

76-daqiqa. Manuel Akanji havodagi kurashdan keyin maydonga noqulay tarzda yiqildi. SHifokorlar futbolchiga yordam ko'rsatishmoqda.  

73-daqiqa. "Kopengagen" futbolchilari hozir o'yindagi eng xavfli vaziyatlardan birini yuzaga keltirishdi, lekin zaxiradan tushirilgan Isak-Bergmann Yoxannesson to'pga eta olmadi.   

71-daqiqa. Bir kishi ko'proq bo'lsa, "Kopengagen" ham "Siti" bilan deyarli tengma-teng kurasha olarkan.  

67-daqiqa. Yana bir standart besamar ketdi.  

Erling Xoland o'rnidan turgan va uchrashuvni maydon yonginasidan tomosha qilmoqda. 

64-daqiqa. Grilish mehmonlar uchun burchak zarbasi ishlab berdi. Uzatmadan keyin Ruben Diash o'zi istagandek zarba bera olmadi.  

59-daqiqa. O'zgarish! Xakon Arnar Xaraldson o'rniga Isak Bergman Yoxanesson o'yinga qo'shildi.

56-daqiqa. "Siti" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

53-daqiqa. "Kopengagen" yana pozicion hujumda. 

50-daqiqa. De Bryuyne chap oyoqda ham zarba berishdan cho'chimadi, o'z navbatida Grabara ham zo'r seyv amalga oshirdi.  

Ketma-ket hujumlar, zarba va burchak zarbalari guvohi bo'lyapmiz. 

49-daqiqa. Kutilmaganda, ikkinchi bo'limni "Kopengagen" o'ta faol tarzda boshladi va mehmonlarni shoshirib ham qo'ymoqda.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Bo'ldi, Ederson erkin zarba bilan to'pni o'yinga kiritgan pallada hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus!

45+5-daqiqa. Kevin de Bryuyne bemalol zarba berishiga himoyachilar yo'l qo'ymadi. Burchak zarbasidan esa bu safar ham naf chiqmadi.   

45+4-daqiqa. Xakon Arnar jarima maydonchasiga kirib o'tirmay kuchli zarba berdi, noaniq.  

45+3-daqiqa. Nikolay maydonga qaytdi.  

Futbolchiga yordam ko'rsatilishi zarur. "Pauza"...

45+1-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin to'p uchun kurashda Akanji hamkasbi Nikolay Boylesenning maydonga qulashiga sababchi bo'ldi.    

45-daqiqa. Gol bo'lmasada, voqealarga boy birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.  

44-daqiqa. To'p goh u jamoada, goh bu jamoada bo'lsa ham, ikki klub jarima maydonchasi o'rtasidagi zonada aylanib yuribdi.  

40-daqiqa. Hozirgi vaziyatda "Kopengagen" himoyachilari ham bosim ostida bo'lishlariga qaramay, to'p oshirishlari bilan taqibdan chiqib ketishdi.   

38-daqiqa. Bir kishi kam bo'lsa ham "Siti" shoshilmay, to'pni raqibga bermay, gol urish uchun imkon izlamoqda.   

36-daqiqa. Ogohlantirish! Raqibning anu aytishadiku, "istiqbolli hujumi"ni buzgani uchun Valdemar Yensen sariq kartochka ishlab oldi.

32-daqiqa. O'zgarish! Pepdan taktik o'zgarish. Penaltidan gol ura olmagan Riyad Maxrez zaxiraga olindi, uning o'rniga bugun dam olishi rejalashtirilgan Ruben Diash maydonga tushdi.  

31-daqiqa. Arnar Xaraldson zarbani amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib qaytdi. 

29-daqiqa. Xonadagilar bu safar ham hamkasblariga yordamga kelishdi. Bu vaziyatni o'zing bir ko'rmasang bo'lmaydi oshna deyishdi. Takrorni ko'rgan bosh hakam Gomesga "xayr" dedi.  

27-daqiqa. Bugun "Siti"ga qarshi o'ynash mumkinligiga ishongan "Kopengagen" futbolchilari hujumga ham o'ta boshlashdi. Hozir tezkor hujum o'ta xavfli tus olishi mumkin edi. Biroq Serxio Gomes mezbonlar vakilini qo'lidan tortib qoldiyu.    

25-daqiqa. Riyad Maxrezzzzz... Penaltini golga aylantira olmadi. Grabara nafaqat to'p yo'nalishini topdi, balki jamoasini goldan ham qutqardi.  

23-daqiqa. Yana "VAR". Bu safar to'p "Kopengagen" futbolchisi qo'liga tegib ketgani uchun hakam takroriy lavhani ko'rgach, nuqtaga ishora qildi.  

20-daqiqa. Yana Rodri zarba berdi, bu safar chap oyoqda. Ammo urinishi qovushmadi va to'p juda noaniq yo'nalish oldi.  

Burchak zarbasidan keyin esa mezbonlar zarba bera olishmadi. 

18-daqiqa. "Kopengagen" futbolchilari to'pni olib qo'yishdi va zarba uchun imkon topishdi, kuchli hamda aniq zarbani Ederson qaytardi. 

14-daqiqa. Bugun sardor sifatida jamoani boshlab tushgan Gyundogan jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi, lekin uning urinishi o'xshamadi.   

Ammo... SHoshilmaslik kerakka o'xshaydi. "VAR"xona ishga tushdi. Rodrining zarbasidan avvalroq to'p Maxrezning qo'liga tegib ketgan ekan.

11-daqiqa. GOOOOOOOL! Tayanch yarim himoyachi Rodridan "pushka". Bu safar "Kopengagen"ni Grabara ham qutqara olmadi.  

9-daqiqa. "Siti" odatiga ko'ra to'p bilan ko'proq muomalada bo'lishga urinmoqda. Tribunadagilarga bu tabiiyki yoqmayapti.  

6-daqiqa. Alvaresning zarbasidan keyin aslida Grabara to'pni qaytargandi, lekin buni hujumchidan boshqa hech kim sezmadi va burchak zarbasi belgilanmadi.   

4-daqiqa. Hisob ochilishi gol muallifi esa darvozabon Ederson bo'lishi mumkin edi. Himoyachidan kelayotgan to'pni posbon o'ziga o'nglashda xatoga yo'l qo'ydi.   

Biroq ish zarba va chinakam xavfli vaziyatgacha etib bormadi. 

3-daqiqa. Kevin de Bryuynening uzatgan to'pini himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Ilk standartni mehmonlar amalga oshiradigan bo'lishdi.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Har ikki jamoaning asosiy tarkib vakillari tribunaosti yo'lakchasida to'planib turishibdi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. 

"Kopengagen" – Grabara, Yelert, Boylesen, Xocholava, Lund, Kristiansen, Lerager, Stamenich, Klasson, Xaraldsson, Darami.

"Manchester Siti" – Ederson, Joau Kanselu, Laport, Akanji, Serxio Gomes, Gyundogan, de Bryuyne, Grilish, Rodri, Marez, Alvares.


FC Koebenhavn

Champions League Grp. G . 4-tur

11/10/2022, 21:45

0
:
0
Tugadi

Manchester City

Stadion: Parken, 35447 tomoshabin

Bosh hakam: Artur Dias

45'
90'
35'  Valdemar Lund
59'  Hakon Arnar Haraldsson (Isak Bergmann Johannesson)
80'  Davit Khocholava (Kevin Diks)
82'  Marko Stamenic
90'  Marko Stamenic (Paul Mukairu)
11'  Rodri
25'  Riyad Mahrez
30'  Sergio Gomez
32'  Riyad Mahrez (Ruben Dias)
77'  Kevin De Bruyne (Bernardo Silva)
77'  Jack Grealish (Phil Foden)
88'  Aymeric Laporte (Nathan Ake)
90'  Ruben Dias

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика