YCHL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Alisher
28 fev 2020, 16:42
Yevropa chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi o'yinchisi ma'lum bo'ldi.

Ushbu nomga "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne munosib deb topildi.

Belgiyalik futbolchi 1/8 final doirasidagi mehmonda kechgan "Real"ga qarshi o'yinda 1ta gol va 1ta assist qayd etgan edi.

Eslatib o'tamiz, eng yaxshi o'yinchi nomiga Serxio Buskets ("Barselona"), Serj Gnabri ("Bavariya") va Ussem Auar ("Lion")lar ham da'vogarlik qilgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com