ECHL. Finalda Messi ham, Ronaldu ham o'ynamaydi yoxud 5 yillik anana buzildi
08 may 2019 13:04
Yangiliklar


ECHL. Finalda Messi ham, Ronaldu ham o'ynamaydi yoxud 5 yillik anana buzildi
Kecha tunda "Barselona" ECHL yarim finalida "Liverpul"ga yutqazib qo'ydi va musobaqani tark etdi.
SHu tariqa bu yilgi finalda Lionel Messi ham, Krishtianu Ronaldu ham ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. Bunday holat so'nggi bor 2013 yilda kuzatilgan edi. O'shanda "Bavariya" va "Borussiya D" finalda to'qnash kelishgandi.
2014, 2016, 2017 va 2018 yillarda Ronaldu boshchiligidagi "Real", 2015 yil esa Messi boshchiligidagi "Barselona" finalda o'ynagan.
Bu mavsum Ronaldu o'ynayotgan "Yuventus" chorak finalda "Ayaks" tomonidan to'xtatildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar