ECHL. "F" guruhi, 5-tur. PSJ "Ayaks"ga qarshi, "Barselona" Kiprga safar qiladi
25 noy 2014 15:18
Yangiliklar
ECHL. "F" guruhi, 5-tur. PSJ "Ayaks"ga qarshi, "Barselona" Kiprga safar qiladi
Ushbu guruhda asosiy masala hal etib bo'lingan. Yani PSJ va "Barselona" jamoalari keyingi bosqich yo'llanmasini o'tgan turda rasmiylashtirib bo'lishgan edi. Endi ikkita savol ochiq qolmoqda. Qaysi jamoa birinchi o'rinni qo'lga kiritishi va Evropa ligasiga "chipta" beruvchi uchinchi o'ringa kimga nasib etishi hozircha nomalum. PSJ va "Barselona" guruh peshqadamligi uchun kurash olib borishadi. "Ayaks" va APOEL klublari esa evrokuboklardagi ishtiroklarini davom ettirish ilinjida harakatlanishlari aniq.
PSJ bu turda o'z maydonida gollandiyaning "Ayaks" klubi bilan kurash olib borsa, kataloniyaliklar esa Kiprga safar uyushtirishadi. Franciya etakchilari "Ayaks"ga qarshi safardagi o'yinda etarlicha qarshilikka duch kelishgan edi.
ECHL, 5-tur.
"F" guruhi.
APOEL - "Barselona" (00:45, "NTV PLYUS Sport Onlayn")
"Neo GSP" stadioni.
Bosh hakam: Janluka Rokki (Italiya)
PSJ - "Ayaks" (00:45, "Sports Union")
"Park de Prens".
Bosh hakam: Matey Yug (Sloveniya)
4-turdan keyingi holat
| # | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | Ochk |
| 1 | Paris Saint Germain | 4 | 3 | 1 | 0 | 6 - 3 | 3 | 10 |
| 2 | Barcelona | 4 | 3 | 0 | 1 | 8 - 4 | 4 | 9 |
| 3 | Ajax | 4 | 0 | 2 | 2 | 3 - 7 | -4 | 2 |
| 4 | APOEL Nicosia | 4 | 0 | 1 | 3 | 1 - 4 | -3 | 1 |
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar