So’nggi yangiliklar

19:46"Динамо" - "Нефтчи". Асосий таркиблар эълон қилинди  0 19:11Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Олимпик-MobiUz", "Хоразм" – "Навбаҳор"  1 18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  1 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  13 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  11 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  2 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  1 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  4 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  7 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  4 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  10 12:15Гёкереш инглиз клуби билан келишиб олди  2 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  10 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0

ECHL. "Dinamo Zagreb" klubiga qarshi o'yindan oldin Gvardiola va Gyundogan matbuot anjumanida qatnashdi Yangiliklar

ECHL. "Dinamo Zagreb" klubiga qarshi o'yindan oldin Gvardiola va Gyundogan matbuot anjumanida qatnashdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola va yarim himoyachi Ilkay Gyundogan ECHL guruh bosqichi 6-tur doirasidagi "Dinamo Zagreb" bilan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

Dastlab Gvardiola o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


Pep Gvardiola: "Dinamo Z" o'z o'yinlari orqali biz uchun katta syurpriz bo'ldi. Ularda tezkor o'yinchilar bor: ular juda chaqqon. Hozirga qadar guruhda juda yaxshi raqobat vujudga kelgan va guruhdan o'tish uchun ajoyib imkoniyatga ega. 

Bizda ko'plab jarohat olganlar bor. Yosh futbolchilar bilan keldik. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, eng yaxshi tarkibimiz bilan o'ynaymiz. Allaqachon keyingi bosqich masalasi hal etilgan va hozir CHempionlar ligasidan ko'ra APL muhimroq". 



"Fil Foden haqida aytadigan bo'lsam, u ko'p gapirmaydi, muhimi maydonda uyalib qolmaslik va u buni juda yaxshi biladi, bunga amal qiladi. Joriy mavsum u o'syapti, bir qancha hususiyatlarini yaxshilay oladi. Bazan u to'psiz qaror qabul qilish borasida biroz o'ylashi kerak, lekin bu uning yoshida normal holat. Uning o'yinlarida juda ham qoniqyapmiz. David Silva — juda ko'p o'yinlarda g'alaba qozongan va sovrinlar yutgan afsona, ammo biz Fil uning o'rnini egallay olishiga ishonamiz", - deydi Gvardiola.



SHundan so'ng Ilkay Gyundogan ham o'yindan oldin fikrlari bilan bo'lishdi. 

"Mahalliy sovrinlarni yutiz CHempionlar ligasida g'alaba qozonishni kafolatlamaydi. Bu APLga solishtirganda boshqa musobaqa. Juda qiyin va pley-off o'yinlarida yana qiyinlashib boradi. ECHLda chempion bo'lishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz, biroq bunga erishish oson bo'lmaydi", - deydi Gyundogan.



Qayd etish kerak, "Siti" 11 ochko bilan birinchi o'rinni kafolatlab bo'lgan. Ikkinchi yo'llanma uchun "SHaxtyor" (6 ochko), "Dinamo Z" (5 ochko) va "Atalanta" (4 ochko) kurash olib borishmoqda. Bugun guruhdagi so'nggi tur o'yinlari bir vaqtda boshlanadi (Toshkent vaqti bilan 22:55da).

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика