So’nggi yangiliklar

19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  12 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   8 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  1 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  8 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0

ECHL. Alvaro Morataning dubli "Yuventus"ga Kievda "Dinamo" ustidan g'alabani taqdim etdi Yangiliklar

ECHL. Alvaro Morataning dubli "Yuventus"ga Kievda "Dinamo" ustidan g'alabani taqdim etdi

Evropa chempionlar Ligasi guruh bosqich 1-tur doirasidagi "Dinamo" (Kiev) - "Yuventus" o'yini bo'lib o'tdi.

"Dinamo" (Kiev) - "Yuventus" 0:2

Gol: Alvaro Morata (46, 84)

"Dinamo" (Kiev): Bushan, Kendzera, Karavaev, Zabarniy, Mikolenko, SHaparenko, Sidorchuk, Cigankov, Buyalskiy, de Pena, Supryaga.

"Yuventus": SHesni, Kellini, Danilo, Bonuchchi, Kuadrado, Remzi, Bentankur, Kulusevski, Rabo, Keza, Morata.


Dynamo Kyiv

Champions League Grp. G . 1-tur

20/10/2020, 22:55

2
:
0
Tugadi

Juventus

Alvaro Morata - 46', Alvaro Morata - 84'

Stadion: Stadion NSK Olimpiyskiy, Kyiv, 14850 tomoshabin

Bosh hakam: Ovidiu Hategan

45'
90'
60'  Carlos De Pena (Gerson Rodrigues)
70'  Oleksandr Karavaev (Denys Popov)
70'  Viktor Tsigankov (Benjamin Verbic)
89'  Vitaliy Buyalskyi (Denis Harmash)
19'  Giorgio Chiellini (Merih Demiral)
45'  Rodrigo Bentancur
46'  Alvaro Morata
46'  Dejan Kulusevski
50'  Juan Cuadrado
56'  Dejan Kulusevski (Paulo Dybala)
59'  Merih Demiral
79'  Rodrigo Bentancur (Arthur)
79'  Aaron Ramsey (Federico Bernardeschi)
84'  Alvaro Morata
84'  Juan Cuadrado



O'YIN YAKUNLANDI

90. Hakam ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi.

90. "Dinamo" so'nggi daqiqalarda kutilmaganda "Yuve" jarima maydonchasi ichida o'tkazmoqda. Kievliklar o'yin so'nggida o'zlariga kelishmoqda, ammo ancha kech.

89. "Dinamo"da o'zgarish: Garmash Buyalskiyni almashtirdi.

84. GOOOOOOOOOLLL!!! Moratadan dubl. Ispaniyalik forvard jarima maydonchasi ichiga oshirib berilgan to'pni boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

80. Artur va Bernardeski "Yuve" tarkibida o'yinga qo'shildi, ular mos ravishda Bentankur va Remzini almashtirishdi.

73. "Yuventus" hozirga qadar "Dinamo" darvozasi tomon 9 bor zarba berdi, mezbonlarda bu ko'rsatkich 5tani tashkil etmoqda.

70. "Dinamo"da ikki o'zgarish:  Popov Karavaevning o'rniga tushdi, Cigankovning o'rnida esa Verbich bundan buyog'iga harakat qiladi.

69. Mezbonlar to'pni egallab olishi bilan keskin hujumlarga o'ta olishmayapti, aniqrog'i "Dinamo" to'pga egalik qilganda maydon markazidan siljiy olmayapti.

65. To'pga egalik qilish bo'yicha katta bo'lmagan ustunlik turinliklar tarafida: 46% - 54%

60. Kievliklar safida o'zgarish: Rodriges de Penani almashtirdi.

59Merix Demiral "Dinamo"ning ehtimoliy qarshi hujumini qo'pollik bilan oldini oldi va hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".

56. Dibala maydonga tushdi, u Kulushevskini almashtirdi.

53. "Yuventus" to'pga egalik qilmoqda, mezbonlar esa to'pni egallab olishga qiynalishmoqda.

49. Navbatdagi sariq kartochka ham "Yuve" o'yinchisiga ko'rsatildi. Bu safar Xuan Kuadrado qo'pol o'ynagan edi.

46. GOOOOOOOOL! Alvaro Morata!!!! "Atletiko"dan ijaradan o'tgan forvard darvozabondan qaytgan to'pni "Dinamo" darvozasi tomon aniq yo'lladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

- Qiziqarli malumot:

1995: 16 yoshli Andrea Pirlo professional debyut o'yinini murabbiy Mircha Luchesku qo'l ostida o'tkazgan.

2020: Andrea Pirlo murabbiy sifatida CHempionlar Ligasidagi debyutini o'zining ustozi Mircha Lucheskuga qarshi o'tkazmoqda.


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45. Hakam birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berdi.

45. O'yindagi ilk sariq kartochka "Yuventus" yarim himoyachisi Rodrigo Bentankurga ko'rsatildi, u raqibini ortdan to'xtatib qolgan edi.

43. "Dinamo" hattoki "Yuventus" jarima maydonchasiga ham kira olmayapti, shu bilan birga turinliklar ham keskin vaziyatlarni yarata olishmayapti.

39. Bu safar Aaron Remzi jarima maydonchasidan kuchsiz zarba yo'lladi, ammo kievliklar darvozaboni to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi. 

34. Bushan qutqardi. Remzi ajoyib tarzda qanotdan kirdi va Kulushevskiga to'pni oshirdi, Deyanning zarbasini esa mezbonlar darvozaboni bartaraf etdi.

32. Kutilmaganda "Dinamo" o'yinchisi o'z jarima maydonchasi yaqinida xatoga yo'l qo'ydi, ammo Rabo bu vaziyatdan foydala olmadi.

29. Zarbalar bo'yicha statistika "Yuventus" tarafida: 1-4

24. O'yin tempi o'rtacha. Biror bir jamoa ustunlikni yaqqol qo'lga olmagan. Xavfli vaziyatlar esa yo'q.

19. "Yuventus"da majburiy o'zgarish: Kellini kutilmaganda o'zini almashtirishlarini so'radi, uning o'rniga Demiral harakat qiladi.

17. Supryaga qanotdan uzatilgan to'pni SHesni darvozasi tomon yo'llab ko'rdi, noaniq.

15. Federiko qanotdan yana jarima maydonchasi ichiga kirib borib zarba berdi, ammo bu safargisi ancha noaniq.

12. Keza! U jarima maydonchasi ichidan Bushan darvozasi tomon zarba berib ko'rdi, ammo "Dinamo" posboni seyv ijro etdi.

10. Mezbonlar ham to'pni nazorat qilishga urinmoqda, "Yuve" esa kuchli pressing qo'llamayapti.

6. Hozircha temp yuqori emas, "Dinamo" ham to'pga egalik qilishga urinmoqda. Kievliklar bugun 1 ochko uchun bo'lsa ham urinib ko'rishsa bo'ladi, sababi "Yuventus" optimal tarkibda emas va o'yin Ukrainada bo'lib o'tmoqda.

3. Dastlabki daqiqalardanoq "Yuventus" hujumlarga o'tishga harakat qilmoqda va to'pga egalik qilmoqda.

1. O'yinga start berildi.

- Hayrli kech. Tez orada Evropa CHempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-tur doirasida Kievning "Dinamo" va Turinning "Yuventus" jamoalari o'rtasidagi o'yin boshlanadi va bu bahsni sizlar bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика