So’nggi yangiliklar

19:29Ўзил "Эл Класико" даражаси тушишида "Барселона"ни айблади  3 19:05Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" 0:0. Highlights  0 18:45"Камп Ноу"нинг очилиш санаси маълум бўлди  2 18:41Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ – Ўзбекистон 0:2 (матнли трансляция)  3 18:25Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" Сирдарё ФАга 5 та гол урди, "Металлург" ишончли ғалабага эришиб, плей-оффга чиқди, "Қўқон-1912" сафарда "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  20 18:20АПЛнинг икки жамоаси "Лейпциг" ҳужумчисига даъвогар  0 17:50Мерсон: "Манчестер Сити" "Реал"ни шарманда қилди"  20 17:23АПЛнинг топ-клублари "Кристал Пэлас" вингерига қизиқишмоқда  0 16:56"Бу буюк мамлакат – Ўзбекистондаги биринчи ФИФА турнири бўлади" — Жанни Инфантино  10 16:30"Барселона" мухлисларининг Париждаги хатти-ҳаракати учун жаримага тортилди  1 16:01"Барселона" Ханси Фликни эҳтимолий бош мураббий деб ҳисобламайди  2 15:32"Манчестер Юнайтед" 3 нафар ҳимоячига қизиқиш билдирмоқда  0 15:00Ибороҳимҳалил Йўлдошев: "Қайрат" жамоаси мени илиқ кутиб олди ва жамоага яхши киришиб кетдим. Корея ва Япония терма жамоалари Осиё кубогида фаворит"  3 14:58Нагельсманн "немис машинаси" билан шартномани узайтирди  2 14:32Футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати-2024 мезбон шаҳарлари эълон қилинди  14

ECHL. "CHelsi" o'z maydonida "Milan"ni yirik hisobda taslim etdi Yangiliklar

ECHL. "CHelsi" o'z maydonida "Milan"ni yirik hisobda taslim etdi

Teglar :  CHelsi MilanECHL
ECHL 3-turidan o'rin olgan "CHelsi" – "Milan" uchrashuvi yakunlandi.

ECHL. "CHelsi" – "Milan" 3:0

Gollar: Uesli Fofana 24', Per-Emerik Obameyang (Ris Djeyms) 56', Ris Djeyms (Raxim Sterling) 62'

"CHelsi": 1. Kepa Arrisabalaga, 21. Ben CHiluell, 33. Uesli Fofana (14. Trevo SHaloba 38'), 6. Tiago Silva, 26. Kalidu Kulibali, 24. Ris Djeyms, 8. Mateo Kovachich (5. Jorjino 66'), 12. Ruben Loftus-CHik, 19. Meyson Maunt (29. Kay Xaverc 74'), 17. Raxim Sterling (18. Armando Broya 75'), 9. Per-Emerik Obameyang (23. Konor Gallaxer 65').

Zaxira: 13. Markus Bettinelli, 16. Eduar Mendi, 10. Kristian Pulishich, 20. Denis Zakariya, 22. Xakim Ziesh, 28. Sesar Aspilikueta, 32. Mark Kukurelya.

"Milan": 1. CHiprian Teterushanu, 21. Serjino Dest, 20. Per Kalulu, 23. Fikayo Tomori, 5. Fode Ballo-Ture, 8. Sandro Tonali, 4. Ismael Bennaser (32. Tommazo Pobega 73'), 33. Rade Krunich (46. Matteo Gabbia 65'), 90. SHarl de Ketelare (12. Ante Rebich 65'), 17. Rafael Leao (10. Braim Dias 72'), 9. Olive Jiru (27. Divok Origi 73').

Zaxira: 83. Antonio Mirante, 96. Andreas Yungdal, 88. Antonio Gala, 93. Andrei Coubis.

Ogohlantirishlar: Rade Krunich 8', Fode Ballo-Ture 15', Mateo Kovachich 39', Ismael Bennaser 42'

Chelsea

Wesley Fofana - 24', Pierre-Emerick Aubameyang - 56', Reece James - 61'

Champions League Grp. E . 3-tur

06/10/2022, 00:00

0
:
3
Tugadi

AC Milan

Stadion: Stamford Bridge, 39537 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
24'  Wesley Fofana
24'  Ruben Loftus-Cheek
38'  Wesley Fofana (Trevoh Chalobah)
39'  Mateo Kovacic
56'  Pierre-Emerick Aubameyang
56'  Reece James
61'  Reece James
61'  Raheem Sterling
65'  Pierre-Emerick Aubameyang (Conor Gallagher)
66'  Mateo Kovacic (Jorginho)
71'  Thiago Silva
74'  Mason Mount (Kai Havertz)
74'  Raheem Sterling (Armando Broja)
8'  Rade Krunic
14'  Fode Ballo-Toure
42'  Fikayo Tomori
65'  Charles De Ketelaere (Ante Rebic)
65'  Rade Krunic (Matteo Gabbia)
72'  Rafael Leao (Brahim Diaz)
72'  Olivier Giroud (Divock Origi)
72'  Ismael Bennacer (Tommaso Pobega)


90+2. O'yin yakunlandi!

90. Bosh hakam tomonidan o'yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

88. O'yin tempi juda ham tushib ketdi. Hech bir jamoa xavfli vaziyat tashkil etishni istamagandek harakatlanmoqda maydonda. 

80. O'tayotgan daqiqalar ko'proq londonliklar foydasiga ishlamoqda. O'yin asosan maydon markazdi to'lmoqda.

65. "CHelsi" va "Milan" jamoasi tarkibda bir nechta o'zgarishlarni amalga oshirib yubordi.

Ris Jeyms jarima maydonchasi ichida o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi va gol urdi!

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jeymsdan ajoyib gol!

61. Jeyms yana katta tezlikda oldinga o'tdi, yana bir bor to'pni markazga berdi, biroq bu vaziyatda Obameyangning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

Ris Jeyms o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasi tomon uzatdi, to'p to'g'ri Per-Emerik Obameyangning oyog'iga "qo'ndi", uning bergan zarbasi esa golga aylandi!

56. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Obameyang hisobni ikkitaga oshirdi!

50. O'yinning ikkinchi qismi anchagina faol boshlandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+4. Xavfli vaziyat! "Milan" katta tezlikda oldinga o'tdi, Leao jarima maydonchasiga yurish qilib to'pni de Ketelarega uzatdi, uning zarbasini Kepa qaytardi, qaytgan to'pga Krunich zarba berdi, ammo ushbu zarba anchagina noaniq.

45+1. Kalulu xato qilib to'pni oldirib qo'ydi, Sterling katta tezlikda oldinga yurish qildi va yonidagi sherigiga pas berdi, biroq Kaluluning o'zi ushbu pasni qaytarib, xatosini to'g'riladi. 

45. O'yinning dastlabki bo'limiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

42. Birinchi bo'limda qoidabuzarliklar ancha ko'paydi. Har ikki jamoa vakillari ham o'yin davomida qator qoidabuzarliklar qilishdi.

37. Uchrashuvdagi hozirgacha yagona gol muallifi Foobana sabab maydonni tark etdi.

33. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "CHelsi" ajoyib kombinaciya uyuushtirdi, Maunt yakuniy zarbani berdi va darvozabonning ustidan oshirib to'pni darvozaga kiritdi. Biroq u avvalroq o'yindan tashqari holatda qolib ketgan edi.

29. Jeymsning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Maunt darvozaga yo'naltirdi, biroq milanliklar himoyachisi to'pni qaytarib yubordi.

Burchakdan to'p "Milan" jarima maydonchasi tomon uzatib berildi, londonlik futbolchilardan biri boshi bilan to'pni darvozaga yo'naltirdi, himoyadagi tartibsizlik sabab to'p o'rtada qolib ketdi va unga birinchi etib kelgan Fofana darvozaga zarba berib gol urdi!

24. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "CHelsi" hisobni ochdi!

23. Jarima zarbasidan havolatib uzatib berilgan to'pni Tiago Silva boshi bilan darvozaga yo'lladi va uni Teterushanu qaytarib yubordi.

20. O'yin asosan maydon markazida o'tmoqda. 

15. Bahsning dastlabki 15 daqiqasida "Milan"ning ikki futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatildi.

10. Uchrashuvda maydon egalari ustunlik qilmoqda.

5. Ilk xavfli hujum "CHelsi"da! Meyson Mauntning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasini Teterushanu qaytarib yubordi.

1. O'yin boshlandi!

O'yindan avval bir daqiqalik sukut saqlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика