So’nggi yangiliklar

00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:36"Фонтене" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:51"Ювентус" — "Рома". Таркиблар маълум  6 23:48"Реал" — "Севилья". Таркиблар маълум  23 23:46"Эвертон" — "Арсенал". Таркиблар маълум  4 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

ECHL. Bugun kim finalga chiqadi? Yangiliklar

ECHL. Bugun kim finalga chiqadi?

Teglar :  RealBavariya
Bugun Evropa chempionlar ligasida dastlabki finalchi aniqlanadi.

Real – Bavariya
Seshanba, 23:45, Madrid, "Santyago Bernabeu".
Bosh hakam –
Juneyt CHaqir (Turkiya).
Diskvalifikaciya: yo'q
Jarohatlangan: Dani Karvaxal, Isko - Manuel Noyer, Jerom Boateng, Arturo Vidal, Aren Robben, Kingsli Koman

Dastlabki uchrashuvda "Bavariya" o'z maydonida ayrimlarning aytishiga ko'ra, sensacion tarzda mag'lub bo'ldi. O'shanda katta tashabbusga erishgan myunxenliklar yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishmadi. SHuningdek, Aren Robben va Jerom Boatengning jarohati ham "Bavariya"ning zarariga ishladi.

Agarda "Real" ECHL finaliga chiqadigan bo'lsa, ko'hna qitaning nufuzli turniri hal qiluvchi uchrashuviga ketma ket 3-marta etib kelgan hisoblanadi. Agarda "Bavariya"ning omadi keladigan bo'lsa, ular uchun bu final 2012/13 yilgi mavsumdan keyin birinchisi bo'ladi.

TAXMINIY TARKIBLAR

QIZIQARLI FAKTLAR

- Pley-offning ilk uchrashuvida o'z maydonida mag'lub bo'lib, keyingi bahsda g'alabaga erishib, navbatdagi bosqichga o'tish holati ECHL tarixida ikki marta sodir bo'lgan. ECHL-1995/96 yilgi mavsumda "Ayaks" o'z maydonida "Panatinaikos"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ladi. Biroq javob bahsida Greciyada 3:0 hisobida g'alabaga qozondi. 2010/11 yilda esa "Bavariya" safarda "Inter"ni 1:0 hisobida dog'da qoldiradi. Javob uchrashuvida esa milanliklar 3:2 hisobi bilan raqibni mag'lub etadi.

- "Bavariya" va "Real" ECHLda o'zaro o'yin o'tkazish borasida rekordchi hisoblanishadi. Bugun ularning o'zaro 26-bahsi o'tkaziladi. Ushbu jamoalar ECHL yarim finalida 7-bora to'qnash kelishmoqda.

- "Real" ketma-ket 8-bora ECHL yarim finaliga etib keldi. 

- "Real" "Bavariya" bilan o'tgan so'nggi 6 uchrashuvda faqatgina g'alabaga erishgan. To'plar farqi - 15:5.

- Ronaldu "Bavariya" bilan o'tgan so'nggi 4 o'yinda 7 gol kiritdi.

- “Real” ECHL sovrinini ketma-ket 2 marta qo'lga kiritgan yagona jamoa.

- Jamoalar o'zaro 25 uchrashuv o'tkazishgan. SHularning 12tasida "Real", 11tasida "Bavariya"ning qo'li baland kelgan. 2 bahsda g'olib aniqlanmagan. Germaniya jamoasi 37, Madrid klubi 39 gol kiritgan.

JAMOALARNING SO'NGGI O'ZARO UCHRASHUVI

25.04.2018. Germaniya. Myunxen. "Allyanc-Arena"
"Bavariya" (Myunxen, Germaniya) - "Real" (Madrid, Ispaniya) 1:2
Gollar:
Kimmix, 28 - Marselo, 44, Asensio, 57
"Bavariya": Ulrayx, Kimmix, Boateng (Zyule, 34), Xummels, Rafinya, Xavi Martines (Tolisso, 75), Xames, Myuller, Robben (Alkantara, 8), Riberi, Levandovski
"Real": Navas, Karvaxal (Benzema, 67), Varan, Ramos, Marselo, Kazemiro (Kovachich, 83), Modrich, Kroos, Vaskes, Isko (Asensio, 46), Ronaldu
Ogohlantirish: Riberi, 52 - Kazemiro, 78

JAMOALARNING O'ZARO SO'NGGI 10 UCHRASHUVI

Bavariya – Real Madrid 1:2 (CHempionlar ligasi 2017/18, 1/2 final)

Real Madrid - Bavariya 4:2 (CHempionlar ligasi 2016/17, 1/4 final)

Bavariya – Real Madrid 1:2 (CHempionlar ligasi 2016/17, 1/4 final)

Bavariya – Real Madrid 0:4 (CHempionlar ligasi 2013/14, 1/2 final)

Real Madrid – Bavariya 1:0 (CHempionlar ligasi 2013/14, 1/2 final)

Real Madrid – Bavariya 2:1 (CHempionlar ligasi 2011/12, 1/2 final)

Bavariya – Real Madrid 2:1 (CHempionlar ligasi 2011/12, 1/2 final)

Bavariya – Real Madrid 2:1 (CHempionlar ligasi 2006/07, 1/8 final)

Real Madrid – Bavariya 3:2 (CHempionlar ligasi 2006/07, 1/8 final)

Real Madrid – Bavariya 1:0 (CHempionlar ligasi 2003/04, 1/8 final)

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика