So’nggi yangiliklar

02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  27 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  3 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  5 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

ECHL. Beshinchi turda qaysi klublar keyingi bosqchiga chiqishi mumkin? Yangiliklar

ECHL. Beshinchi turda qaysi klublar keyingi bosqchiga chiqishi mumkin?

Evropa chempionlar ligasida 5ta klub 1/8 finalga chiqib bo'ldi, 12ta klub esa 22 va 23 noyabr kunlari bo'lib o'tadigan 5-turda bu ishni amalga oshirishi mumkin.

Pley-offga chiqib bo'lganlar: "Arsenal", "Pari Sen-Jermen", "Atletiko", "Bavariya", "Borussiya" Dortmund
Beshinchi turda pley-offga chiqishi mumkin: "Benfika", "Napoli", "Beshiktosh", "Barselona", "Manchester Siti", "Monako", "Bayer", "Real", "Lester", "Portu", "Sevilya", "Yuventus"
Imkoniyatni yo'qotganlar: "Ludogorec", "Bazel", PSV, "Rostov", "Bryugge", "Dinamo" Zagreb, "Legiya"

Guruhlardagi vaziyatlar:

Ushbu maqoladagi raqamlar UEFA tomonidan taqdim etilgan.

Seshanba, 22 noyabr: CSKA - "Bayer" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 22:00da, qolgan o'yinlar 00:45da boshlanadi

"E" guruhi: CSKA (2 ochko) - "Bayer" (6), "Monako" (8) - "Tottenxem" (4)

"Monako" pley-offga chiqishi uchun durang etadi. Monegasklar agar bugun yutishsa va "Bayer" yuta olmasa guruhda birinchi bo'lishadi.
"Bayer" bugun mag'lub bo'lmasa va "Tottenxem" yutqazsa 1/8 finalga chiqadi.
CSKA guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qolishi uchun bugun g'alaba qozonishi shart.

"F" guruhi: "Borussiya" Dortmund (10, chiqib bo'lgan) - "Legiya" (1), "Sporting" (3) - "Real" (8)

"Borussiya" g'alaba qozonsa va "Real" ochko yo'qotsa guruhda birinchi o'rinni naqd qiladi.
"Real" 1/8 finalga chiqishi uchun durang etadi, "Sporting" esa pley-offga chiqish imkoniyatini yo'qotadi.


"G" guruhi: "Kopengagen" (5) - "Portu" (7), "Lester" (10) - "Bryugge" (0)

"Lester" 1/8 finalga chiqishi uchun durang yoki "Kopengagen"ning mag'lubiyati etarli bo'ladi.
"Portu" g'alaba qozonsa 1/8 finalga yo'l oladi.
Uchinchi o'rin uchun imkoniyatni saqlab qolishi uchun "Bryugge" o'zi g'alaba qozonishi va "Kopengagen" yutmasligini kutadi.

"H" guruhi:
"Sevilya" (10) - "Yuventus" (8), "Dinamo" Zagreb (0) - "Lion" (4)

"Sevilya" 1/8 finalga chiqishi uchun durang etarli. G'alaba birinchi o'rinni naqd qiladi.
"Yuventus" g'alaba qozonsa 1/8 finalga chiqadi, yoki "Lion" ochko yo'qotsa.
"Lion" durang o'ynasa uchinchi o'rinni naqd qiladi. "Dinamo" uchinchi o'ringa imkoniyatni saqlab qolish uchun yutishi kerak.


CHorshanba, 23 noyabr: "Rostov" - "Bavariya" uchrashuvi 22:00da boshlanadi, "Beshiktosh" - "Benfika" uchrashuvi 22:45da boshlanadi, qolgan o'yinlar 00:45da boshlanadi.


"A" guruhi: "Arsenal" (10, chiqib bo'ldi) - "Pari Sen-Jermen" (10, chiqib bo'ldi), "Ludogorec" (1) - "Bazel" (1)

Londondagi o'yin g'olibi birinchi o'rinni naqd qiladi. Birinchi o'yin 1:1 hisobida tugagan.
Sofiyadagi bahs g'olibi uchinchi o'rinni naqd qiladi. Birinchi bahs 1:1 hisobida yakunlangan.

"B" guruhi: "Beshiktosh" (6) - "Benfika" (7), "Napoli" (7) - "Dinamo" Kiev (1)

"Benfika" g'alaba qozonsa pley-offga chiqadi.
Agar "Benfika" yutsa, "Napoli" ham o'zi g'alaba qozonsa keyingi bosqchiga chiqadi.
"Beshiktosh" o'zi yutsa va "Napoli" 3 ochko ololmasa pley-offga chiqadi.
"Dinamo" agar o'zi g'alaba qozonib "Beshiktosh" ochko yo'qotsa imkoniyatni saqlab qoladi. Mag'lubiyat va durang Kiev klubini 3-o'rindan ham mosuvo qiladi.


"C" guruhi: "Seltik" (2) - "Barselona" (9), "Borussiya" Menxengladbax (4) - "Manchester Siti" (7)

"Barselona" g'alaba qozonsa 1/8 finalga chiqadi. Agar "Manchester Siti" yutqazasa Kataloniya klubiga durang ham etadi. "Barsa" agar o'zi yutsa va "Siti" uch ochko olmasa birinchi o'rinni naqd qiladi.
"Siti" g'alaba qozonsa pley-offga chiqadi.
"Borussiya" durang o'ynsa va "Seltik" yutqazsa Germaniya klubi uchinchi o'rinni naqd qiladi.
Pley-offga imkoniyatni saqlab qolish uchun "Seltik" g'alaba qozonishi va "Siti" yutmasligini kutishi kerak. Agar "keltlar" bu turda Menxengladbax klubidan kam ochko olishsa oxirgi pog'onadan ko'tarila olishmaydi.

"D" guruhi: "Rostov" (1) - "Bavariya" (9, chiqib bo'ldi), "Atletiko" (12, chiqib bo'ldi) - PSV (1)

"Bavariya" va "Atletiko" pley-offga chiqdi. Agar madridliklar bu turda "Bavariya"dan ko'p ochko olishsa birinchi o'rinni naqd qilishadi.
Uchinchi o'rin taqdiri so'nggi turda PSV - "Rostov" o'yinidan keyin malum bo'ladi. Birinchi o'yinda bu klublar durang o'ynashgandi - 2:2. Beshinchi turda qanday natija qayd etilsa ham ular orasidagi farq 3tadan oshmaydi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика