So’nggi yangiliklar

22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  69 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0 20:39Эшитдик-да! "Арал"га учралган мағлубиятдан сўнг "Локомотив" мураббийлар штаби жамоани тарк этди  10 20:08Про лига. "Арал" тур марказий ўйинида "Локомотив"дан устун келди  3 19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  0 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  8 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  0 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  2 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  2 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  3 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2

ECHL. Koman dublga erishgan, Tolisso supergol urgan o'yinda "Bavariya" "Atletiko"ni "savaladi" Yangiliklar

ECHL. Koman dublga erishgan, Tolisso supergol urgan o'yinda "Bavariya" "Atletiko"ni "savaladi"

CHempionlar Ligasi "A" guruhi dastlabki turidan joy olgan "Bavariya" – "Atletiko" to'qnashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

"Bavariya" – "Atletiko" 4:0 

«Alyanc-Arena»

Gollar: Koman 29', 72', Gorecka 41', Tolisso 66'

Bavariya – Noyer, Zyule, Lyuka Ernandes, Pavar (Sarr, 73), Alaba, Kimmix, Gorecka (Martines, 83), Myuller (Devis, 83), Tolisso, Koman (Kosta, 73), Levandovski (SHupo-Moting, 83).

Atletiko – Oblak, Savich, Felipe, Tripper, Lodi, Karrasko (Vitolo, 76), Koke (Torreyra, 80), Lorente (Lemar, 79), Errera, Joau Felish, Suares (Korrea, 76).

Ogohlantirishlar: Alaba (5), Myuller (20), Lodi (42), Koke (44), Errera (45), Torreyra (90).


O'yin yakunlandi. "Bavariya" "Atletiko"ni yirik hisobda mag'lub etdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+2. Torreyra Tolissoga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. 

Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

87. Tripper Devisni yiqitishga majbur bo'ldi, jarima to'pi. 

85. Madridliklar standartga ega bo'lishdi, Felishning zarbasi sal noaniq ketdi.

84. Korreaning zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

83. "Bavariya"da 3 ta o'zgarish: Gorecka o'rniga Martines, Levandovski o'rniga SHupo-Moting, Myuller o'rnina Devis o'yinni davom ettiradi. 

80. "Atletiko"da o'zgarish: Koke o'rngia Torreyra maydonga tushdi.  

79. "Atletiko"da o'zgarish: Lorente o'rniga Lemar tushirildi.

77. Vitolo Tolissioni yiqitishga majbur bo'ldi. 

76. "Atletiko"da 2 ta o'zgarish: Suares o'rniga Korrea, Karrasko o'rniga Vitolo tushirildi. 

73. "Bavariya"da 2 ta almashtirish: Pavar o'rniga Sarr, Koman o'rniga Kosta tushdi.  

72. GOOOOOOOOOOOOOOOLL! Koman raqib jaoima maydoni ichida xohlaganini qildi va dublni rasmiylashtirdi – 4:0! 

69. Lodi Noyer jarima maydoni ichiga kirib bordi va faqat burchak to'pi ishladi.

66. GOOOOOOOOOOOOOOLL!  Tolisso o'zining uzoqdan yo'llagan dahshatli zarbasi orqali hisobni yiriklashtirdi – 3:0!  

64. Zarba! "Atletiko" qarshi hujumga o'tdi, Karrasko bir nechta harakatdan so'ng yaqin masofadan ancha noaniq zarba berdi. 

63. Myullerning uzatmasini Felipe qaytardi. 

61. Uuux!  Myullerning o'ziga xos zarbasi noaniq ketdi, takroriy vaziyat ko'rsatdiki, Levandovski to'pni darvozaga to'g'rilash uchun astoydil intilgan.  

58. Myuller-Kimmix kombinaciyasi Tomasning o'yindan tashqari holatda qolishi bilan tugadi.

56. Levandovskining havodan uzatgan pasini Koman to'xtata olmadi. 

54. Suares shoshildi va noaniq pas berdi. Bugun urugvaylik futbolchining omadi chopmayapti. 

52. Zarbaaa! Ernandesning zarbasi kuchli chiqdi, ammo aniq ko'rinishga ega bo'lmadi. 

51. Myuller Kokeni yiqitishga majbur bo'ldi. 

50. Uuux!  Felishdan pas, Pavar indamasa, sal qolsa to'p darvozaga kirib ketadigandek tuyuldi. 

47. GOOOOOOOOOOOLL!  Felish gol urdi, biroq Suares ofsaydda bo'lgani bois bekor qilindi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi – 2:0. Tanaffus! 

45+1. Errera Kimmixga nisbatan qoidani buzdi va sariq oldi.  

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

45. Zarba! Myullerdan ajoyib uzatma, Levandovskidan noaniq zarba.  

44. Koke Kimmixga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun sariq bilan jazolandi. 

42. Tolissoni yiqitgan Lodi ogohlantirildi. 

41. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL! Gorecka!  2:0!   Komanning qulay pasini Leon Gorecka ajoyib zarbasi orqali raqib darvozasigi joylab qo'ydi. 

40. Zarba!  Ernandesning havolatib yo'llangan kuchli zarbasi noaniq ketdi. 

38. Lodi chap qanot orqali tezlik oldi va to'pni Suares tomon oshirdi, ammo himoyachilar uni quvib o'tishdi. Buchrak to'pi amalga oshiriladi. 

35. Simeone shogirdlari qarshi hujumga o'tmoqda, biroq yaxshi zarba yo'q, Noyer ancha zerikib qoldi, desak adashmaymiz. 

32. Myuller o'z pasi orqali Levandovskini birga-bir holatga olib chiqmoqchi bo'ldi, ammo to'p himoyachining boshiga tegib qoldi.

29. GOOOOOOOOOOOOLL!  Koman hisobni ochdi – 1:0!   U Kimmixning uzatmasidan keyin raqib darvozasini ishg'ol etdi. 

27. Zarba!  Suaresning zarbasiga aniqlik etishmadi.

25. Zarba!  Ernandesning olis masofadan bergan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi. 

23. Zarba! Karraskoning zarbasi to'g'ri Noyer tomon yo'naltirildi, bu zarba nemislar posboniga qiyinchilik tug'dirmadi. 

20. Myuller Tripperni yiqitgani uchun ogohlantirildi. 

19. "Atletiko" to'p bilan muomala qilmoqda va hujumga o'tishga shoshilmayapti. 

18. "Bavariya" qarshi hujumga o'tib ketdi. Koman Tolissoni oldinga boshladi, uning uzatmasi esa Oblak tomonidan bartaraf qilindi. 

17. Lorentening uzatmasi Zyule tomonidan qaytarildi. 

15. Kimmixning burchakdan oshirgan pasi Pavarning boshi orqali Zyulega etib bordi, uning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.  

14. Myullerning uzatmasi himoyachiga tegib qoldi, u burchak to'pi ishladi. 

11. "Bavariya" to'pga egalik qilishdi davom etyapti, hozircha hech bir xavfli vaziyat yuzaga kelmadi.

9. "Bavariya" borgan sari kuchayib boryapti, jamoa o'yin boshida himoya orqali hujum boshlashga kirishdi, keyin esa o'yin markazga ko'chdi, endilikda oldingi o'tish boshlandi.

7. Uuux Levaaa!  Levandovski Komanning uzatmasidan keyin to'pni to'xtatmasdan zarba yo'lladi, xavfli, biroq noaniq.  

5. Alaba Suaresni turtib yuborgani bois sariq kartochka oldi, jarima to'pi. 

3. Uuuux! Dastlabki xavfli hujumni ham madridliklar boshlab berishdi. Lodining ajoyib uzatmasiga Suares ulgurmay qoldi. 

1. O'yindagi birinchi burchak to'piga "Atletiko" ega bo'ldi. 

1. O'yin boshlandi! 

- UEFA CHempionlar Ligasi madhiyasi yangrab o'tdi. 

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. 

CHigil yozdi mashg'ulotlar yakunlandi

Ikki jamoa ham "Alyanc-Arena"ga etib keldi 

Hashamatli stadionning hozirgi ko'rinishi

Tarkiblar elon qilindi

- Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Germaniyaning "Bavariya" hamda Ispaniyaning "Atletiko" klubi musobaqa 1-turida o'zaro to'qnash keladilar. Yaqin 2 soat ichida uchrashuvni sizlar bilan birgalikda kuzatib boramiz.   

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика