So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Хоразм" - "Андижон" (матнли трансляция)  5 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  0 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  1 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  8 18:37"Бухоро" мураббийи регламентни бузди, "Динамо" VAR машинаси турган жойда хавфсизликни таъминлай олмади, "Навбаҳор" ўйин давомида тўпларни яшириб қўйди — Лига комиссарлари билдиргиси  7 18:10Сиқилма меҳмондир танангда бу жон ҳам... Ўзбекистон кубогида нималар бўлмоқда?   10 17:50Расман: "Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  0 17:35"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди: Исмоилов "Нефтчи"да!  17 17:23"Футбол олами". Хайр, "Нефтчи". Хайр, ОКМК   0 17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  1 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  6 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3

ECHL. "Barselona" o'z maydonida irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

ECHL. "Barselona" o'z maydonida irodali g'alabaga erishdi

Teglar :  Inter Barselona
ECHLning 2-turi doirasidagi "Barselona" - "Inter" uchrashuvi yakunlandi.

Barselona Ispaniya – Inter Italiya 2:1

"Kamp Nou"

Gol: Lautaro Martines (3), Suares (58), Suares (85).

Barselona – ter Stegen, Langle, Semedu, Pike, Serdji Roberto, de Yong, Artur, Buskets (Vidal, 53), Messi, Grizmann (Dembele, 66), Suares.

Inter – Xandanovich, SHkrinyar, Godin, de Vrey, Asamoa, Barella, Sensi (Politano, 79), Kandreva (D'Ambrozio, 71), Brozovich, Sanches (Galyardini, 66), Martines.

Ogohlantirish: Barella (6), Grizmann (9), Pike (22), Roberto (52), Vidal (76), Sanches (76).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Barselona" o'z maydonida irodali g'alabaga eridi va turnir jadvalidagi holatini yaxshilab oldi. Munosib qarshilik ko'rsatgan "Inter"ga ham minnatdorchilik bildiramiz!

"Barselona"ni g'alabadan 3 daqiqa ajratib turibdi.

89. Dembelening to'p uzatishidan keyin Messi zarba berdi. Xandanovich to'pni ushlab oldi.

87. Goldan keyin "Barselona" yanada oldinroqqa intilmoqda. "Inter" esa birinchi taymdagidek ko'rinmadi va to'pni raqiblarga topshirib qo'ydi.

85. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!!!! SUAREESSSSSS!!!! Messiga qoyil qolish kerak!!! Barcha ishni u qildi! Messi ikki raqibini ajoyib uslubda aldab o'tgan holda Suaresga to'pni oshirdi. Luis esa birga bir holatdan unumli foydalandi! 2:1!

83. Endi Antonio Kontening o'ziga sariq kartochka ko'rsatildi.

76. O'tgan o'yinda qizil kartochka olgan Sanches bugun zaxira o'rindig'ida o'tirib, sariq ishlab oldi.

70. "Inter" yana bir xavfli hujum uyushtirdi. Sensiga oshirilgan to'p uning ustidan o'tib  ketdi.

68. Dembelening zarbasi biroz noaniq ketdi.

62. "Barselona" o'yin suratini yaxshilab oldi. Hujumlarni ko'paytirdi. "Inter" esa ikkinchi bo'limda "yo'qolib qolgandek".

58. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!!! Suaresdan super gol! Vidalning to'p uzatishidan keyin Luis to'pni to'xtatmasdan zarba berdi va hisobni tenglashtirdi! 1:1!

54. Qayd etish kerak, Sanches "Inter"da o'z o'yinini topib olibdi.

51. Brozovich tomonidan Messi yiqitildi. Ko'pchilik uni to'pga o'ynaganini aytmoqda. Biroq hech qachon ortdan oyoqni tashlash mumkin emas.

49. "Barselona" ikkinchi taymni hujum bilan boshladi. Ammo zarba bera olishmayapti kataloniyaliklar.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. "Inter" daxshat o'ynamoqda, "Barselona" esa juda yomon.

44. Artur bir necha raqiblaridan o'tib, noaniq zarba berdi. U o'z mehnatini oyoqosti qildi.

43. "Inter" yana bir vaziyatga ega bo'ldi. Sensining to'p uzatishidan keyin Sanches boshi bilan biroz noaniq zarba berdi.

41. Messining harakatlaridan keyin Suares zarba berdi. To'pni Xandanovich ushlab oldi.

40. ZARBAAAAA!!! Sensining xavfli zarbasi biroz noaniq ketdi. O'yin "Juzeppe Meacca"da bo'layotganga o'xshaydi.

37. ZARBAAAAAAAA!!! Lautaroning boshi bilan bergan o'ta xavfli zarbasini MATS qaytardi. Ter-SHtegen ayni damda "Barselona"ning yarim jamoasi emas, bir yo'la butun bir jamoasi bo'lib oldi.

33. ZARBAAAAA!!! "Inter"ning hujumlari xavflilashib bormoqda. Sanchesning to'p uzatishidan keyin Barella zarba berdi. To'p Pikega tekkan holda burchakka chiqib ketdi.

31. Dastlabki yarim soatlikning kichik taxlilini qilsak, "Barselona" qo'rqinchli jamoa emas.

27. GOOOLLL!! Kandrevaning goli offsayd tufayli hisobga olinmadi.

25. "Barselona"ning ilk xavfli zarbasi. Messining taxminan 22 metrlardan yo'llagan zarbasini Xandanovich ushlab oldi.

22. Ochig'ini aytish kerak, maydonda taekvondo bo'layotgandek. Qo'polliklar, chalishlar, "chopib tashlashlar" ko'p bo'lmoqda. Hozir Pike sariq kartochka oldi.

19. "Barselona" hujumga o'tdi. Suares-Messi-De Yong kombinaciyasidan keyin Grizmann to'pni markazga uzatgandi. Ammo to'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi. Ikkinchi temp bilan davom etgan hujumni Busketsning noaniq zarbasi yakunlab berdi.

16. "Inter" yana bir ajoyib vaziyatga ega bo'ldi. Martines raqib posbonini aldab o'tdi, to'p zarba berishga noqulay nuqtaga ketib qoldi va to'pni ortga tepib yubordi. Afsuski u tomonda "Inter"ning birorta futbolchisi yo'q edi. Qanot hakami bu erda offsaydni aniqladi. Ammo bu xato qaror bo'lganini takroriy lavxada ko'rdik.

13. Uchrashuvda darvoza tomon 2tagina zarba berildi, qo'polliklar esa anchagina ko'p. De Yong ham raqibini "chopishi"ga sal qoldi.

9. Endi Grizmann "yavno" orqadan chaldi va sariq kartochka ishlab oldi.

6. "Inter" hujumga o'tayotgandi. Biroq Barella to'pni to'xtatishda xatolikka yo'l qo'ydi va raqibiga qo'pollik ishlatdi. SHu orqali u ogohlantirildi.



3. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! MARTINESSSSSSSSS!!! Markazda jamoadoshidan to'pni qabul qilib olgan argentinalik raqibi taqibi ostida qolgan bo'lsa-da, darvoza tomon zarba berdi va hisobni ochdi, 0:1!

2. Grizmanning zarbasi kuchsiz chiqdi. Xandanovich to'pni ushlab olishda qiynalmadi.

1. Uchrashuv boshlandi!

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi, ECHL madhiyasini ham eshitdik. O'yin boshlanish arafasida.

- Aytkancha, bugun Aleksis Sanches sobiq jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Messi esa jarohatidan forig' bo'lib, asosiy tarkibda o'ynaydi. "Inter" hujumchisi Romelu Lukaku esa bahsda qatnashmaydigan bo'ldi.

- Ayni damda "Kamp Nou"da ishqibozlar doimgidek to'lib toshgan. O'yin boshlanishiga barchasi shay.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика