

Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finaliga yo'l olgan jamoalar:
"A" guruhidan: "Arsenal" va PSJ.
"B" guruhidan: "Napoli" hamda "Benfika".
"C" guruhidan: "Barselona" va "Manchester Siti".
"D" guruhidan: "Atletiko", "Bavariya".
"E" guruhidan: "Monako", "Bayer".
"F" guruhidan: "Borussiya D", "Real".
"G" guruhidan: "Lester", "Portu".
"H" guruhidan: "Yuventus" va "Sevilya".

Shuningdek, YCHL guruhlarida uchinchi pog'onani egallab Yevropa ligasiga yo'l olgan jamoalar bilan ham tanishtirib o'tamiz: "Ludogorec", "Beshiktosh", "Borussiya Myonxengladbax", "Rostov", "Legiya", "Tottenxem", "Kopengagen" va "Lion".
Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichiga qur'a tashlash marosimi esa 12 dekabr, dushanba kuni bo'lib o'tadi.
Guruhda birinchi o'rinni egallagan jamoalar boshqa "kvartet"dagi ikkinchi o'rin sohiblari bilan uchrashishadi. Faqatgina nimchorak final qur'asida bir mamlakat jamoalari va bitta guruhdan o'rin olgan jamoalar o'zaro duch kelishmaydi.



