So’nggi yangiliklar

08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  1 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  1 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  1 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  2 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  9

ECHL. "Liverpul" "Ayaks" maydonida yirik g'alabaga erishdi Yangiliklar

ECHL. "Liverpul" "Ayaks" maydonida yirik g'alabaga erishdi

Teglar :  AyaksLiverpul
Evropa CHempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Ayaks – Liverpul 0:3

Gollar: 0:1 – 42 Salax, 0:2 – 49 Nunes, 0:3 – 51 Elliott

Ayaks – Pasveer, Sanches, Bassi, Timber, Blind (Veyndal, 58), Klassen (Kudus, 58), Alvares (Grillich, 85), Tadich, Bergeys (Fransishku Konseysau, 85), Bergveyn, Brobbi (Taylor, 63).

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes, Robertson (Cimikas, 87), Elliott (Karvalyu, 71), Xenderson (Milner, 71), Fabino (Baychetich, 71), Firmino, Salax, Nunes (Djons, 63).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

84. Mezbonlarda ketma-ket imkoniyatlar sodir bo'ldi, biroq hech biri xavfli tus olmadi.

80. "Ayaks" burchak zarbasi ishlab oldi, ammo standart vaziyat bartaraf etildi.

77. Bergveyn qulay vaziyatga chiqqanda, "Liverpul" himoyachilari tomonidan zararsizlantirildi.

74. Bergveys bugun faqat noaniq zarbalari bilan yodda qoldi.

70. "Liverpul"da birato'la uch o'zgarish amalga oshirildi.

68. Teylor ajoyib kombinaciyani ko'kka sovurdi. Qanotdan oshirilgan to'pni chamasi 5 metrlar balandlikka tepdi.

66. Salohning aylanma zarbasi mo'ljalga bormadi.

62. Mezbonlarning xavfli hujumini Jo Gomes bartaraf etdi.

58. ZARBA! Van Deyk qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'yishda biroz adashdi.

52. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Hali ikkinchi goldan o'ziga kela olmagan amsterdamliklar Salohning golga teng pasidan so'ng Eliotdan "sovg'a" qabul qilib oldi.


50. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Nunes ham nihoyat foydali harakat amalga oshirdi. Burchakdan uzatilgan to'pni hujumchi bosh bilan darvoza to'riga joylab qo'ydi.


49. Nunesning zarbaga aylangan uzatmasini raqib posboni qaytardi.

47. Trentning uzatgan to'pini "Ayaks" futbolchisi "shoxladi".

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus.

44. Nunesssss!!! Bo'sh darvozani yaqin masofadan ishg'ol qila olmaslik ham mahoratdan darak beradi.

42. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Saloh darvozabonning oldinga chiqqanini sezda va Hendersonning qoyilmaqom uzatmasini golga aylantirdi.


40. Arnold bugun darvozabonlik ham qilmoqda, hujumchi vazifasini ham bajarmoqda. Hozirgi vaziyatda ham Jo Gomesning uzatmasiga eta olganida, raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan bo'lardi.

34. ZARBA! Robertsonning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi darvozaning yon tomoniga borib tegdi.

34. "Liverpul" futbolchilarining ketma-ket uzatmalari bartaraf etilmoqda.

29. Salohning zarbasini raqib himoyachisi bartaraf etdi.

27. Firmino raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

20. "Liverpul" himoyasida muammolar ko'zga tashlanmoqda.

16. Bergeys tabloga qaraydigan xodimga ish topib berishiga bir hayya qoldi.

14. "Liverpul" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi, ammo vaziyatni mersisaydlik himoyachilar bartaraf etdi.

8. "Ayaks" futbolchisi maydonga ag'anadi. Hakam futbol qoidalarida bunday yiqitishga ruxsat ekanligini takidladi.

6. Tadich sherigining uzatmasidan so'ng Krauch bo'lolmaganidan afsuslangan bo'lsa kerak.

3. ZARBA! Bergeysning zarbasi 7 metrli darvozaning oyoqlariga tegib qaytdi!

1.  Uchrashuv boshlandi. "Ayaks" oq-qizil, "Liverpul" qora rangli liboslarda harakat qiladi.

Mana bu uchrashuv ham Kataloniyadagidan kam bo'lmaydi, ishonavering.

Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

Uchrashuv 00.00 da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика