So’nggi yangiliklar

08:10Анчелотти Бразилия МТЖга мамлакат футболи афсонасини ёрдамчи мураббий сифатида таклиф қилмоқчи  0 07:37Ўзбекистон кубоги. Бугун 3-тур давом эттирилади  0 01:34"Лочин" устози Сардор Тўхтаев: "Йигитларимиз футбол ўйнашни исташса, Суперлиганинг исталган жамоасига қийинчилик туғдиришимиз мумкин"  8 01:23"Манчестер Сити" Виртцни сотиб олиш бўйича "Байер"га таклиф жўнатди  0 01:01Де Брюйненинг агентлари футболчининг хизматларини "Реал"га таклиф қилди  7 00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  5 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  19 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  8 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  2 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  49

ECHL ananasi davom etadi yoxud "Yuventus" finalda! Yangiliklar

ECHL ananasi davom etadi yoxud "Yuventus" finalda!

Evropa chempionlar ligasining yarim finalidan o'rin olgan "Real" va "Yuventus" o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

"Real" - "Yuventus" 1:1
13 may. Madrid. "Santyago Bernabeu" stadioni.
Hakam - Yunas Eriksson (SHveciya).

Gollar:  1:0 – 23, penalti Ronaldu, 1:1 – 57 Morata.

Real Madrid – Kasilyas, Ramos, Karvaxal, Varan, Marselo, Isko, Xames, Beyl, Kroos, Benzema (Ernandes, 67), Ronaldu.

Yuventus – Buffon, Lixtshtayner, Bonuchchi, Kellini, Evra, Pogba (Pereyra, 89), Pirlo (Bardzali, 79), Markizio, Vidal, Morata (Lorente, 84), Teves.

Ogohlantirishlar:  Isko (32), Xames (44), Teves (70), Lixtshtayner (76).

Birinchi o'yin:
1:2
 
                                 MATNLI TRANSLYACIYA
                                           YANGILASH

90+4. TUGADI! O'YIN TUGADI! YUVENTUS FINALDA! Real yarim finalda to'xtaydigan bo'ldi. ECHLni hech qaysi klub ketma ket ikki marta yuta olmagan, bu anana davom etadi...



90+3. Real muxlislari mo'jizaga ishonishmoqda, o'yin tugashiga 1 daqiqa qoldi...

90+2. Karvaxal tomon uzatilgan to'pga birinchi bo'lib Buffon etib bordi, darvozabon bugun eng yaxshi futbolchi bo'ldi deya olamiz

90. O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi

90. Asosiy vaqt tugadi. Real gol ursa qo'shimcha taym bo'ladi, bo'lmasa Yuve finalga chiqadi...

89. O'zgarish. "Yuventus". Pogba o'rniga Pereyra tushdi

88. ZARBA! Pogbaning zarbasidan so'ng Kasilyas o'zini ko'rsatdi

87. Yuve himoyachilari sal qolsa avtogol sohibi bo'lishlari mumkin edi, noaniq ketdi.

86. Pogba to'pni egallab olib oldinga bordi, ikki nafar futbolchidan o'tib ketdi, ammo uning yo'lidan Serxio Ramos nomli "devor" chiqdi...

85. Real butun tarkib bilan hujum qilmoqda, Yuve qarshi hujumga umid qilmoqda...

84. O'zgarish. "Yuventus". Morata o'rniga Llorente tushdi

84. ZARBA! Beylning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi

83. Ikki jamoa darvozasini zamonamizning eng kuchli darvozabonlari qo'riqlamoqda, biroq ulardan faqat bittasi finalga chiqadi. U kim bo'ladi?

81. Beylning pasidan so'ng Kroos zarba berdi, kuchsiz zarbani Buffon ushlab oldi

80. 10 daqiqa ichida "Real" gol ura olmasa finalga chiqa olmaydi...

80. O'zgarish. Yuventus. Pirlo o'rniga Badzali tushdi. Pirlo maydonni tark etayotgan vaqtda stadiondagi muxlislar unga qarsak chalishdi, respekt!

79. Real futbolchilaridan faqat Kasilyas boshqa yarim maydonda... Qolganlar qaerda ekanini tushundingiz

78. CHicharito jarima maydoni ichida to'pni darvozaga yo'lladi, Buffon to'pni ushlab oldi

77. ZARBA! Burchak to'pidan so'ng Ronaldu boshi bilan zarba berdi, to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi

76. Marseloooo!  Raqib jarima maydoni ichida yiqildi, hakam yana penaltiga asos yo'q deb hisobladi

74. CHicharito yiqildi, Evra uni yiqitdimi? Hakam yo'q deb hisobladi va penalti belgilamadi

73. Realning hujumlari "vaxshiylashib" bormoqda, himoyachilar bazo'r hujumlarga dosh berishmoqda.

71. ZARBAAAAA! BEYL! Uning zarbasi xavfli chiqdi!

70. Ogohlantirish. "Yuventus". Tevez

69. ZARBAAAAA! Vidalning pasidan so'ng Markizio zarba berdi, Kasilyas to'pni qaytardi

68. Turinliklar katta kuch bilan himoyalanishmoqda, bu pand berishi mumkin

67. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! XAMEEEEEEEEEEEES! Kolumbiyalik futbolchining g'aroyib zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi, hech qanaqa Buffon bunday zarbani qaytara olmasdi!

65. O'zgarish. "Real". Benzema o'rniga CHicharito tushdi

64. Ikki xil Buffon





63. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! NIMA BU!??? BEYL 3 metrdan to'pni darvozaga yo'llay olmayapti!

62. Ketma ket to'p uzatishlar, turinliklar himoyachilari to'pni qaytarishmoqda

61. Real endi shoshmoqda, jamoa finalga chiqishi uchun gol urishi shart.

59. Hujumda ishlari yurishmayotgan Yuve gol ura oldi. Endi qarama qarshilik taqdiri ancha o'zgarib ketdi

57. Pogbaning boshi bilan to'p oshirishidan so'ng Morata gol urdi - 1:1.



57. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:1! MORATA! 

55. UX! Marseloning o'zi raqibga to'pni sovg'a qildi, Vidal to'pni Morataga uzatdi, Alvaro o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

54. Yo'q bo'lmayapti, Yuveda hech nima o'xshamayapti! Hujumlar oxiriga etmayapti.

53. ZARBAAAAAAAAAAAA! MARSELO! Himoyachi sal qolsa gol urib qo'yardi, Buffon o'z himoyachilariga baqirmoqda...

52. Realning tezkor qarshi hujumi, Ronaldu-Xames-Kroos kombinaciyasini Toni kuchsiz zarba bilan tugatdi.

50. Yuventusuning kam sonli hujumlaridan biri, Pogba chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, o'ta noaniq pas

49. Birinchi bo'limda Real 13ta zarba berdi 4tasi aniq, Yuveda 2ta zarba 1tasi aniq....

48. Beyl bu safar to'pni oshirdi, Xames jarima maydoni ichida to'pni darvozaga yo'llay olmadi

47. Marselo chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, to'p hech kimga nasib qilmadi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Davom etamiz.



45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi, 15 daqiqa dam olamiz va o'yinni ko'rishda davom etamiz. Uxlab qolish yo'g'a?


45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berdi

44. Ogohlantirish. "Real". Xames. Simulyaciya uchun

43.
Rasmga baho beradiganlar bormi?



41. ZARBAAAAAAA! Ronalduning zarbasi darvoza to'riga tashqi tomonidan tegdi, ZARBAAAAAAAA! Benzema bu safar yaqin burchakka to'pni yo'lladi, Buffon yana cho'qqida!

40. Yuvening Turindagi shijoati yo'qdek ko'rinmoqda. Hozircha deyarli golga tortadigan vaziyat yaratishmadi mehmonlar.

39. Real goldan so'ng xotirjamlik bilan to'pni nazorat qilmoqda, ularning shoshadigan joyilari yo'q. Bu hisob Madrid klubini finalga olib chiqadi.

37. Yuventus burchak to'piga ega bo'ldi, to'p uzatilishi yana himoyachilar tomonidan qaytarildi

36. Mana qaynoqqina rasmni oling



35. Morata jarima to'pi ishlab oldi, odatga ko'ra Pirlo to'p yonida. Biroq uning pasi odatdagidan farqli ravishda yaxshi chiqmadi

33. Uyg'oq bo'la turib o'yinni ko'rishni boshladinglarmi? Haliyam kech emas, qiziqarli o'yin bo'lmoqda..

32. Ogohlantirish. "Real". Isko. Karlos Tevesni yiqitgani uchun

30. ZARBA! Benzemaning bosh bilan yo'llagan zarbasini Buffon o'ziniki qildi

29. UX! Burchak to'pidan so'ng Serxio Ramos akrobatik tarzda zarba berdi, ha, ha bu o'sha Ramos

28. QARSHI HUJUM!!! Realning dahshatli va tezkor qarshi hujumi! Benzema to'pni Ronalduga uzatdi, Krishtianuning pasi esa himoyachiga nab etdi, Ronaldu g'azabda!

27.
Morata o'ngdan to'pni sheriklariga uzatdi, Vidalgacha to'p etib borishiga himoyachilar xalal berishdi

26.
Pogba chap qanotdan jarima maydoniga kirishga urindi, Karvaxal franciyalik futbolini maydon tashqarisiga chiqarib yubordi

25. Ronaldu evrokubokdagi gollari sonini 77taga etkazib oldi va Messiga etib oldi.

24. Beyl va Evra to'qnashib ketishdi. Ikkala futbolchiga ham yordam kerak, tez yordam raqami kimda bor?

23. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0 RONALDU!!!! To'pni darvoza markaziga yuqoriga yo'lladi!

22. PENALTY! "Yuve" darvozasi tomon! Xames Kellini tomonidan yiqitildi!

20. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! BEYL! Uning chap oyoqda yo'llagan kuchli va aniq zarbasidan so'ng Buffon qoyilmaqom tarzda to'pni qaytardi! Dahshatli zarba!

19. Xavfli vaziyayayayayayayayayayat! Madrid klubi hisobni ochishga yaqin edi! Benzema to'pni sheriklariga u qadar qulay uzata olmadi, aks holda hisob ochilardi...

17. Uyg'oq bo'la turib o'yinni ko'rmayotganlar sizlarga achinamiz, shunday o'yina, shunday to'qnashuva! Eh essiz

15. Pirlo burchak to'pini amalga oshirdi, madridliklarning bo'ydor himoyachilari, xususan Serxio Ramos boshi bilan to'pni qaytardi

13. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! VIDAL! Jarima maydoni tashqarisidan yo'llangan zarbadan so'ng Kasilyas o'zini ko'rsatdi! 

11. ZARBAAAAAAAAAAAA! Ronalduning zarbasi darvoza to'sini ustidan bir necha santimetrlardan o'tib ketdi! Gol bo'lsa super gol bo'lardida

10. UX! Bonuchchi Ronalduni yiqitdi. Krishtianu uchun qulay nuqta. Darvozaga zarba ko'ramizmi?

9. Karvaxal o'ng qanotdan to'pni havolatib jarima maydoniga uzatdi, Buffon bunday to'plarni ushlay olmasa Buffon bo'lmasdi

7. "Yuve" mehmonda bo'lsa ham tap tortmay oldinga bormoqda, himoyada o'tirishni istayotgani yo'q...Allegri jamoasi hujumkor o'ynamoqda, har holda hozircha

5. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA! QANDAY VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! Benzema jarima maydoni ichida to'pni Lixtshtaynerdan olib qochib zarba berdi, to'p yuqoriga qarab ketdi

4. Xavfli vaziyat! Bonuchchi jarima maydoniga uzatilgan to'pni darvozaga yo'llashga urindi, biroq uning boshi bilan bergan zarbasi osmonga qarab ketdi

3. Mehmonlar hujum qilishdi, Pogba chap qanotda sal qolsa gol urib qo'yishi mumkin edi. Barchasi tugadi. Burchak to'pi

1. O'YIN BOSHLANDI! KETTIK!





- Stadiondagi muhit shunchaki shedevr, shunchaki g'aroyib, shunchaki super... boshqa tarif bera olmadik!

- Ikkala jamoa futbolchilari maydon tunelida yig'ilishmoqda...



"Yuventus" muxlisari "Santyago Bernabeu" stadionida




CHigalyozdi mashg'ulotlarda...

Turindagi bahsni ko'rmaganlar uchun eslatib o'tamiz, "Yuventus" ilk uchrashuvda 2:1 hisobida zafar quchgandi.

O'yin boshlanishiga 10 daqiqa qolmoqda, hisob hamon 0:0...



Kasilyas Berlinga bora oladimi?

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! "Real" va "Yuventus" o'rtasidagi o'yin boshlanmoqda. Uchrashuvni sizlar bilan birga Narzulla kuzatib boradi.

- Uchrashuv soat 23:45da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика