ECHL 2021/22 yilgi mavsum dastlabki raundiga qura tashlandi
08 iyu 2021 21:25
Yangiliklar
ECHL 2021/22 yilgi mavsum dastlabki raundiga qura tashlandi
SHveycariyaning Non shahrida CHempionlar Ligasi yangi mavsumining dastlabki bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Mini-turnirda g'olib bo'lgan jamoa musobaqaning birinchi saralash raundiga yo'llanma oladi.
Demak, yarim final juftliklari bilan tanishing:
"Folgore" (San-Marino) – “Prishina” (Kosovo)
"Torsxavn" (Farer orollari) – “Inter Eskaldes” (Andorra)
Dastlabki raundning ilk bahslari 22 iyun kuni, final uchrashuvi esa 25 iyun sanasida bo'lib o'tadi.
Mini-turnirdan o'ta olmagan uch jamoa yangi musobaqa UEFA Konferenciyalar Ligasi 2-saralash bosqichiga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, ECHL 2021/22 yilgi mavsumining birinchi saralash raundi uy va safar tizimida bo'lib o'tadi. Dastlabki bahslar 6-7 iyul, javob o'yinlari esa 13-14 iyul sanalariga belgilangan.
Fikrlar