So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  0 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  5 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  1 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

ECHL: 1-tur yakunlari haqida Yangiliklar

ECHL: 1-tur yakunlari haqida

Evropa chempionlar ligasining yangi mavsumi dastlabki tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

"A" guruhi


"Monako" - "Atletiko" 1:2


Mezbonlar uchun omadli boshlangan startning yakuniga aksincha bo'ldi. Samyuel Gransir tomonidan kiritilgan golga "Atletiko"dan Diego Kosta va Xose Mariya Ximenez javob qaytarishdi. Natijada "Atletiko" ECHLni irodali g'alaba bilan boshladi.


"Bryugge" - "Borussiya D" 0:1

Belgiyada kechgan bahs durang bilan yakunlanadigandek ko'rinayotgan bir paytda, Kristian Pulishich final xushtagiga yaqin raqib darvozasini ishg'ol etdi va dortmundliklar uyga muhim 3 ochko bilan qaytishdi. O'yindagi ustunlik yakunda tabloda ham aks etdi.


"B" guruhi


"Inter" - "Tottenxem" 2:1


A Seriyada ishlari yurishmayotgan "Inter"ni uzoq tanaffusdan so'ng ECHLni o'z uyida boshladi. "Tottenxem"ni qabul qilgan milanliklar uchun o'yin scenariy ostida boshlanmadi. Tanaffusdan so'ng Kristian Eriksen kiritgan gol londonliklarga Milandan bir ochko bilan qaytishga ham ko'mak bera olmadi. CHunki o'yin finishiga yaqin Ikardi va Vesino tomonidan kiritilgan gollar tangani butkul teskari tarafga aylantirib yubordi va Spaletti boshqaruvidagi "Inter" ECHLni g'alaba bilan boshlashga muvaffaq bo'ldi.


"Barselona" - PSV 4:0

Lionel Messining benefisiga aylangan bahsda argentinalik yulduz xet-trik qayd etdi. Qo'shimchasiga Usman Demlebe tarafidan kiritilgan chiroyli gol natijani yanada yirikroq ko'rinishga keltirdi. PSV esa Kataloniyada mezbonlarga hech qanday kurash taklif eta olmadi.


"C" guruhi


"Liverpul" - PSJ 3:2


O'tgan mavsumgi finalchi "Liverpul" kuchli "qurollar" bilan "qurollangan" PSJni qabul qildi. O'yin kutilganidek gollarga boy va chiroyli o'tdi. Mezbonlarning ishonchli o'yini bilan start olgan bahsda dastlab Starrij va Milner o'z hisoblariga gol yozib qo'yishdi. PSJ esa ikkita to'p farqini Mene va Mbappening gollari evaziga bir amallab yo'qqa chiqardi. Ammo bu PSJga durang uchun kamlik qildi. O'yin tugashiga sanoqli soniyalar qolganida zaxiradan maydonga tushgan bir ko'zli Firmino o'yin taqdirini hal etgan gol muallifiga aylandi. PSJ esa Angliyadan mag'lub holda Parijga qaytadigan bo'ldi.


"Crvena Zvezda" - "Napoli" 0:0

Debyutant jamoa sanalgan mezbonlar uchun ECHL yomon boshlanmadi. Serbiya klubi o'z uyida "Napoli" bilan durangga imzo chekishni uddalashdi. Garchi o'yin borasida "Napoli" katta ustunlikka erishgan bo'lsada, ushbu tashabbusni hisobda aks ettirish Anchelotti jamoasiga nasib etmadi. Natijada "Crvena Zvezda" va "Napoli" bir ochkodan bo'lishib olishdi.


"D" guruhi


"SHalke" - "Portu" 1:1


Gelzerkirxenda o'tgan bellashuv mezbonlar uchun juda alamli yakun topdi. "Portu" birinchi bo'limda penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi. Ammo buni golga aylantirishni mehmonlar uddalay olishmadi. Ikkinchi bo'lim o'rtasiga kelib esa Embolo "SHalke"ni hisobda olinga olib chiqdi. Biroq mezbonlarning golidan so'ng ispaniyalik hakam Xesus Xil yana bir bor "SHalke" darvozasi tomon penalti o'ylab topdi. Bu safar esa "nuqta"dan zarba berishni Otavio o'z bo'yniga oldi va bu ishni samarali yakunladi. Natijada "SHalke" hakam o'ylab topgan penalti tufayli g'alabadan mahrum bo'ldi. "Portu" esa o'z yurtiga durang qayd etgan holda qaytdi.



"Galatasaroy" - "Lokomotiv" 3:0

Mazkur o'yinda mezbonlar katta ustunlik bilan o'ynashdi va buni tabloda ham aks ettirishga erishishdi. Garri Rodrigez, Eren Derdiyok va Selchuk Inan kiritgan gollar "Lokomotiv"ni yirik hisobdagi mag'lubiyatiga etarli bo'ldi.


"E" guruhi


"Ayaks" - AEK 3:0

Mazkur bahsda tablodagi hisob 45 daqiqa ochilmay turdi. Ammo tanaffusdan so'ng mezbonlar tezkorlik bilan hisobda oldinga chiqib olishdi. Nikolas Talyafiko David Neres uzatmasidan unumli foydalandi. Goldan keyin ham "Ayaks"ni bosimni davom ettirdi va van de Beekni Tadichning uzatmasini golga aylantirdi. Hisobni yiriklashtirgan gol esa shu kuni dubl qayd etgan Talyafiko hisobiga yozildi.



"Benfika" - "Bavariya" 0:2

Niko Kovachning ECHLdagi debyuti omadli chiqdi. Portugaliyaga safar qilgan nemis grandi Levandovskining tezkor goli evaziga hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda esa "Benfika" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Renatu Sanshesh sobiq jamoasini gol bilan jazolab uchrashuvdagi yakuniy natijani o'rnatdi.


"F" guruhi

"SHaxtyor" - Xoffenxaym" 2:2


O'yinni ukrainaliklar juda sust boshlashdi. Natijada "Xoffenxaym" uchrashuvda tezkor gol urishni uddaladi. Florian Grillich ajoyib kombinaciyadan so'ng Pyatovni ortiqcha qiyinchiliksiz dog'da qoldirdi. Ammo birinchi bo'lim yarmida Ismaili raqib himoya chizig'ini yorib o'tib muvozanatni tiklashga erishdi. Ammo tanaffusga qadar mezbonlar ushbu hisobni ushlab qola olishmadi. Xovard Nordtveyt burchak zarbasidan so'ng to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ygan Pyatovni jazoladi. Biroq "Xoffenxaym" g'alabani ushlab qola olmadi. Zaxiradan maydonga tushgan Maykon "SHaxtyor"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Ikki marotaba hisobda ortda borgan mezbonlar yakunda mag'lubiyatdan qutilib qolishni uddasidan chiqishdi.


"Manchester Siti" - "Lion" 1:2

Turning kutilmagan natijasi Manchesterdagi bahsda kuzatildi. SHaharda mehmon bo'lgan "Lion" birinchi bo'limni juda samarali o'tkazdi. Tanaffusga qadar Korne va Fekirning gollari "Lion"ga yaxshigina ustunlik taqdim etdi. Ikkinchi taymda esa "Siti"dan birgina Bernardo Silva javob qaytarishga urinib ko'rdi. Ammo mag'lubiyatdan qutilib qolish "shaharliklar"ga nasib etmadi. SHu tariqa mazkur guruh favoriti sifatida etirof etilgan Gvardiola jamoasi o'z uyida taslim bo'ldi.


"G" guruhi


"Viktoriya" - CSKA 2:2

Mixal Krmenchikning dubli "Viktoriya Plzen"ga g'alabani kafotlagandek taassurot qoldirayotgan bir pallada CSKA yuksak iroda namoyish etdi va ikkita to'p farqini yo'qqa chiqardi. Dastlab Fyodor CHalov oradagi farqni qisqartirdi. O'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida Mario Fernandesh ishlagan penaltini Nikola Vlashich golga aylantirdi.



"Real" - "Roma" 3:0

ECHLning amaldagi sohibi to'rtinchi "shalpang quloq" uchun kurashni boshladi. "Roma"ni mehmon qilgan "Real" "bo'rilar"ni "ov" qilishdi. Avvaliga Isko tanaffus oldidan jarima zarbasini qoyilmaqom bajardi. So'ngra Beyl ustunlikni mustahkamladi. Yakuniy natijani o'rnatuvchi golni esa "Real"ning yangi 7-raqami Mariano Dias urishga muvaffaq bo'ldi.


"H" guruhi


"Valensiya" - "Yuventus" 0:2

Ronalduning ECHLda "Yuventus" tarkibidagi debyuti gol bilan emas, g'alati chetlatish bilan barchani yodida qoldi. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Yuve" "Mestalya"da baribir o'z maqsadiga erishdi. O'yin taqdirini penaltilar hal etdi. Dastlabki ikki penaltini bajargan Miralem Pyanich "nuqta"dan adashmadi. Bahs yakunida esa mezbonlar ham penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi. Ammo "nuqta"dan yo'llangan zarba yo'liga SHensni g'ov bo'ldi. Natijada 10 kishi qolgan Ronaldusiz "Yuve" mehmonda "Valensiya"ni taslim etib qaytdi.


"Yang Boyz" - "Manchester Yunayted" 0:3

SHveycariyada o'tgan bahs qahramoni so'zsiz Pol Pogba bo'ldi. Dastlab dublni rasmiylashtirgan Pol, keyinchalik Marsyalning goliga assistentlik qildi. Natijada Joze Mourinyu shogirdlari safardan ishonchli va yirik g'alaba bilan qaytishdi.


Faktlar

* "Kuchli beshlik" chempionatlari vakillari ichidan faqatgina Bundesliga jamoalari ECHLning dastlabki turida mag'lubiyatga uchrashmadi. Qolgan barcha chempionat jamoalari mag'lubiyat alamini tatib ko'rishdi.

* Eng ko'p ochko (9) jamg'argan chempionat esa La Liga bo'ldi. Eng kam ochkoni esa Franciya 1 Dvizioni qo'lga kiritdi. "Lion" qayd etgan sensaciya tufayli qo'lga kiritilgan 3 ochko Franciya chempionati uchun yagona g'alaba bo'ldi.

* Birinchi turda jami 45ta gol kiritildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика