EA Sports FIFA Manager o'yinlarini boshqa ishlab chiqarmaydi
26 noy 2013 09:37
Yangiliklar


EA Sports FIFA Manager o'yinlarini boshqa ishlab chiqarmaydi
SHu sababli FIFA Manager 2014 o'yinning so'nggi versiyasi bo'ladi.
EA Sports Kompaniyasi, raqobatchisi Sports Interactive ishlab chiqaradigan Football Manager bilan bo'lgan kurashda mag'lub bo'lganidan so'ng, shunday qarorga kelishga majbur bo'lgan.
“Futbol menejer – asosan Angliya va Germaniyada ko'proq qiziqadigan kompyuter o'yinlari hisoblanadi. Mana shu tor doirada ishlab chiqarilgan mahsulotlardan biri boshqalari ustidan yakka hukumronlik qilayapti. Onlayn versiyadagi o'yinlarning chiqishi, bizning loyihamizga bo'lgan talabning pasayishiga olib keldi. SHu sababli kopaniyaning barcha ishlab chiqaruvchi xodimlari bir ovozda ushbu mahsulotni ishlab chiqarmaslikni malum qilishdi”, - deydi FIFA Manager ishlab chiqaruv bo'limining etakchi mutaxassisi Gerald Kexler.

Fikrlar