Dzadza yangi "bo'ri" bo'ladi
15 iyu 2016 03:47
Yangiliklar
Dzadza yangi "bo'ri" bo'ladi
Italiya terma jamoasi hamda "Yuventus" klubi futbolchisi Simone Dzadza faoliyatini Bundesligada davom ettiradigan bo'lib turibdi.
O'tgan mavsumni asosan "Yuventus"ning zaxira o'rindig'ida o'tkazgan Dzadza yangi mavsumda jamoasini o'zgartirmoqchi.
Simone Dzadzaning xizmatlariga Germaniyaning "Volfsburg" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Yaqinda futbolchining agenti hamda klub vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan va tomonlar transfer detallarini kelishib olishgan.
"Volfsburg" Dzadza uchun "Yuventus"ga 25 million evro bermoqchi.
Dzadzaga shuningdek, Angliyaning "Lester", "Suonsi" hamda "Vest Xem" klublari ham qiziqishgandi. Lekin Dzadza uchun kurashda "bo'rilar" chaqqonlik bilan ish yuritishmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar