So’nggi yangiliklar

15:14Ҳакамлар “Насаф”га яна ёрдам беришдими? Суперлиганинг 17-туридан ўрин олган ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 14:44Ваниҳоят! "Челси" футболчисини ижарага бера олди  1 13:57Роналду мураббий бўладими? Криштианунинг ўзи бу саволга жавоб берди  1 13:26ОФК Техник қўмитаси Илёс Зейтуллаевнинг мураббийлик дипломи бўйича якуний хулосасини қабул қилди  0 12:53Флорентино Перес "Реал" учун янги дарвозабон топди. Кипернинг трансфер ҳуқуқи "Арсенал"га тегишли, аммо...  1 12:24"Барселона" ПСЖ ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи   5 11:56Аббосбек Файзуллаев ЦСКАдаги асосий муаммо ҳақида гапирди  3 11:21ЖЧ саралаши. Қирғизистон - Ўзбекистон учрашувида "VAR" бўладими?  1 11:03Дансо йўқ! Абдуқодир Ҳусанов учун йўл очилдими?   2 10:44ОЧЛда "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср"га 3 тадан гол урган футболчи жамоаси билан янги шартнома имзолади  3 10:20"Рома" "Милан" футболчиси билан шартнома тузишга яқин  4 09:48"Реал Мадрид" тарихидаги энг қиммат трансферини амалга оширмоқчи  2 09:17Криштиану Роналду Евро-2024даги ўйини танқид қилинганига кескин муносабат билдирди  23 08:45"Барселона" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олади  1 08:14"Реал Мадрид" етакчиси келаси йил Саудияга кўчиб ўтиши мумкин. Таклиф суммаси шунчаки дахшат  9

Dushanbedan "gapiramiz": Qo'shnilarimiz o'rtasidagi markaziy Osiyo derbisi (prevyu) Yangiliklar

Dushanbedan "gapiramiz": Qo'shnilarimiz o'rtasidagi markaziy Osiyo derbisi (prevyu)

Kecha oqshom saytimiz fotosuratchisi Jahongir Fayzullaev bilan Tojikiston poytaxti Dushanbega parvoz qildik.

Tashrifdan maqsad markaziy Osiyo derbisi maqomidagi qo'shnilarning o'zaro to'qnashuvini kuzatish va uni yoritish. SHu boisdan mazkur o'yinda ishlash uchun TFFga ro'yxatdan o'tish uchun akkreditaciyaga hujjat topshirgandik. 

Salkam 1 soatlik parvozdan keyin Toshkent va Dushanbe vaqti bilan soat 01:00da Tojikiston poytaxtiga qo'ndik. Aeroportdagi kutish, hujjatli ishlar biroz cho'zilgach, tungi soat 02:00ga yaqin aeroportdan chiqdik va bizni mehmonxona vakili kutib olib, "Rohat" tomon olib keldi. 

Matbuotda futbol haqidagi gazeta yoki jurnallarga ko'zimiz tushgani yo'q...

O'zimizning "tiko"cha... #nostalgiya

Uchrashuv chiptasi 10 somon. Agarda bizni pulga hisoblasak, unda 9 mingga aylanadi.

TFFda marketing bo'limi yaxshi ishlashiga isbot


Erta tongda uyg'onib, nonushta qilib olgach, mana endi noutbuk qarshisida o'tirib bo'lajak o'yin uchun material tayyorlashga kirishdik.

To'g'risi, hali shaharni aylanish va ko'chadagi muhitni his etish imkoni bo'lgani yo'q. Lekin kecha mehmonxonaga kelishda tojikistonlik birodarning aytishicha, o'yinga bo'lgan qiziqish yuqori. Umuman so'nggi vaqtlarda Tojikistonda futbol bo'lgan etibor va qiziqish nisbatan ancha oshganini takidladi.

Jahon chempionati saralash bosqichidagi dastlabki yo'lga chiqish starti, uydagi o'yin va qo'shnilarga qarshi derbi maqomidagi principial qarama-qarshilik. Mazkur jihatlarning o'ziyoq bugungi bellashuv qiymati va ahamiyatini oshirish uchun etarli.

Ochig'i, ko'pchilik tanishlar va muxlislar "championat.asia" mazkur o'yinda ishlashi haqidagi xabardan keyin hayron qoldi. "Qiziqmi?", "buni o'zbek futboliga nima aloqasi bor?" yoki "ishxona uchun ortiqcha chiqim shartmi?", degan savollar uchradi. 

Birinchidan, Markaziy Osiyo derbisi, qo'shnilarning o'zaro to'qnashuvi va saytimizga mazkur davlatlardan ham etarlicha muxlislar tashrif buyurishadi. Markaziy Osiyo derbisi o'yinini Markaziy Osiyoda futbolga ixtisoslashgan eng ommabop va eng ko'p o'quvchiga ega futbol nashri befarq qoldirishi kasbiy professionallikka ham to'g'ri kelmaydi.

Qo'shimchasiga Tojikiston terma jamoasini o'zbekistonlik mutaxassis Usmon Toshev boshqarmoqda. Ularning bugungi raqibi Qirg'iziston terma jamoasi rulidagi Aleksandr Krestinin uchun saytimiz begona emas. Mazkur mutaxassis bilan shaxsan o'zim Osiyo Kubogi paytida tanishgan bo'lsam, unga qadar ushbu murabbiyning imkoniyatlarini yaxshi bilardik. Bejizga Krestininni Samvel Babayan terma jamoamiz rulida payti O'zbekiston milliy jamoasini boshqarishi kerak bo'lgan istiqboli yuqori murabbiylar ro'yxatiga kiritib, katta maqola tayyorlamagandik. Yil boshida BAAda o'tgan Osiyo Kubogida Krestinin qanday salohiyatga ega mutaxassisligini amalda isbotladi. 

Qisqa qilib aytganda, Toshev va Krestinin qarama-qarshiligi ham biz uchun qiziqarli ko'rindi.


Markaziy Osiyo derbisiga nazar

Tojikiston va Qirg'iziston terma jamoalari bugunga qadar 12 marotaba o'zaro to'qnash kelishgan. Ustunlik bugungi mezbonlar Tojikiston terma jamoasi tarafida. Tojiklar o'tkazilgan 7 o'yinda g'alabani tantana qilishgan, 3 uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan va 2 o'yinda esa Qirg'iziston yutuqqa erishgan. To'plar nisbatidagi ustunlik ham tabiiyki tojiklar tomonida: 18-11.

Bugungi bo'lajak bahs o'zaro qarama-qarshilikdagi umumiy hisobdagi 13-o'yinga aylanadi. Usmon Toshev to'p bilan muomula qilishni xush ko'radigan mutaxassis. Tojikiston terma jamoasida ham Toshev mazkur falsafaga amal qilgan holda o'yin qurishga urinmoqda. To'g'ri, jamoa o'zidan kuchli va status bo'yicha yuqori turadigan raqiblarga qarshi ikkinchi raqam bilan o'ynashni maqul ko'radi. Lekin bugun Toshev o'z principiga amal qilishi haqiqatga yaqinroq. Qirg'iziston esa Krestinin qo'l ostida yuqori pressingga asoslangan, qarshi hujumlarda tezkor bo'lgan jamoaga aylangan. Osiyo Kubogidagi tajovuzkor o'yin, chiziqlar o'rtasidagi balansni bir maromga keltirgan mutaxassis jamoasi bugun to'pni nazorat qiluvchi raqibga qarshi o'sha agressiya va tezkorlik bilan o'ynash ehtimoli yuqori. Krestinin qo'l ostidagi Qirg'iziston terma jamoasining eng asosiy kuchi - to'psiz va to'p bilan o'yindagi harakatlanish va himoyadan hujumga o'tishdagi tezlik. 

Qisqa qilib aytganda, Tojikiston Qirg'izistonning tezkor hujumlari va yoki qarshi hujumdagi xavfidan ehtiyot bo'lishi kerak bo'lsa, mehmonlar mezbonlarning pozicion hujumlari paytida himoyada bo'shliq qoldirmasliklari talab etiladi. Standart vaziyatlari paytida har ikkala jamoa qanday o'ynashni biladi. Ikkinchi qavatda yaxshi o'ynaydigan baland bo'yli futbolchilar har ikkala qo'shnilarda ham topiladi.

Bugungi o'yinni suniy qoplamali maydonda o'tishi nisbatan mezbonlarning imkoniyatini oshiradi. Bu esa o'yin tezligiga ham tasir qilishi mumkin. Bundan esa hujumda tezkor o'ynaydigan Qirg'iziston noqulayliklarga duch kelishi mumkin. Usmon Toshev jamoasi esa xotirjam, to'pni nazorat qilib shoshilmasdan kombinacion o'yinni tashkil qiladi. 

Toshevning texnik futboliga qarshi Krestininning tajovuzkor va keskin ruhdagi qarshiligi natijasi nima bilan tugashini esa kechga yaqin bilamiz. Muhimi, kurashlarga boy, keskin ruhdagi o'yin futbol muxlislarini zeriktirib qo'ymasligi haqiqatga yaqin. 


Murabbiylar nima deydi?

Usmon Toshev (Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi): - Qirg'iziston bilan o'yinda maqsadimiz bitta – g'alaba, uyda uch ochko olish va saralashni yaxshi kayfiyatda boshlash. Muxlislarimizni quvontirishni istaymiz. Jamoa tayyor, futbolchilarning ko'zlari yonmoqda. Raqibni yaxshi o'rgandik. Qirg'iziston tajribali, BAAda o'tgan Osiyo Kubogida yaxshi ishtirok etgan jamoa. Saralash bosqichida oson o'yinlar bo'lmaydi. Har bir uchrashuv o'ziga yarasha qiyin va ahamiyatga ega. Bu erda oson o'yinlarga o'rin yo'q. SHu boisdan ham har bir ochkoni qadri baland.


Aleksandr Krestinin (Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi): - Tojikiston bilan o'yinga rejaga ko'ra tayyorgarlik ko'rdik. Barchasi reja bo'yicha ketmoqda. Jamoamizda kayfiyat yaxshi, uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rganmiz. Tojikiston bilan qaerda bo'lmasin farqi yo'q, o'yinlarimiz doim quvnoq o'tgan. SHu bois ertaga yorqin, yaxshi, keskin o'yin bo'ladi, deb o'ylayman. Tojikiston bilan o'yin guruhdagi hal qiluvchi o'yin, degan fikrga qo'shilmayman. SHunchaki bir haqiqat aniq: Har bir o'yin va ochko biz uchun oltinga teng. Saralash bosqichi startida hayajonni bosib olish ham muhim ahamiyatga ega.

Tarkibdagi yo'qotishlar: Tojikiston - Fatxullo Fatxulloev. Qirg'iziston - Valeriy Kichin, Viktor Mayer, Guljigit Alikulov va Anton Zemlyanuxin.

SHu tariqa bugun O'zbekiston terma jamoasi bilan birgalikda qo'shnilarimiz Tojikiston va Qirg'iziston o'zaro "F" guruhida Qatar-2022 saralash bosqichidagi yurishini boshlaydi. Mazkur guruhda qo'shnilarimiz tashqari Yaponiya, Myanma va Mongoliya o'rin olgan. Guruhning ikkinchi to'qnashuvida Mongoliya bugun Myanmani qabul qiladi. Yaponiya esa birinchi turda dam oladi. 

Ushbu o'yin voqealar rivojini saytimizda kuzatib boring. Dushanbedan turib esa Falastinda bo'lib turgan hamkasblarimiz Gayrat Xasbiulin va Tolibjon Qosimovga "qaynoq" salom hamda O'ZBEKISTON milliy jamoasiga omad tilaymiz! O'yinlar bir vaqtda boshlanishini etiborga olsak, paralell o'tadigan biz uchun muhim bellashuvni internet orqali kuzatib turamiz va vakillarimizdan faqat va faqat g'alaba kutamiz!

Markaziy Osiyo derbisida esa quvnoq, qiziqarli va keskin futbol ko'ramiz, degan umiddamiz.

Tajikistan

Alisher Dzhalilov - 41'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. F . 1-tur

05/09/2019, 19:00

0
:
1
Tugadi

Kyrgyzstan

Stadion: 17800 tomoshabin

45'
90'
41'  Alisher Dzhalilov
87'  Manuchehr Dzhalilov (Sheriddin Boboev)
89'  Muxammadzoni Raximov (Jahongir Ergashev)
90'  Parvizdzhon Umarbaev (Komron Tursunov)
25'  Kairat Zhyrgalbek
35'  Azamat Baymatov
46'  Akhlidin Israilov (Tursunali Rustamov)
69'  Bakhtiyar Duyshobekov (Abai Bokoleev)
71'  Tamirlan Kozubaev
75'  Farhad Musabekov (Alimardon Shukurov)

SHahboz Beg'amov va Jahongir Fayzullaev, Dushanbe shahridan maxsus

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика