So’nggi yangiliklar

13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   2 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2

Dushanbe shahri raisi Rustami Emomali "Bunyodkor" stadioniga bordi va Ravshan Ermatov bilan uchrashdi Yangiliklar

Dushanbe shahri raisi Rustami Emomali "Bunyodkor" stadioniga bordi va Ravshan Ermatov bilan uchrashdi

Kecha Dushanbe shahri raisi Rustami Emomali boshchiligidagi delegaciya poytaxtimizga tashrif buyurgan edi.

Bugun mehmonlar shahrimizdagi "Bunyodkor" stadioniga ham borishdi. CHilonzor tumani Bunyodkor shoh ko'chasida joylashgan mazkur o'yingoh 50dan ortiq sektorlarga ega va 34 ming tomoshabinga mo'ljallangan. Delegaciya azolari stadiondagi sharoitlarni ko'zdan kechirish davomida futbolchilar va tomoshabinlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishishdi. Stadiondagi "Futbol tarixi" muzeyidagi eksponatlar va o'zbekistonlik FIFA hakami Ravshan Ermatov bilan uchrashuvdan delegaciya azolari, ayniqsa, mamnun bo'ldilar. Rustami Emomali muzeyni tomosha qilar ekan "Paxtakor" jamoasida to'p tergan tojikistonlik faxriy futbolchi Nuriddin Amrievning fotosuratlarini ham ko'zdan kechirdi. O'zaro muloqot davomida Rustami Emomali Osiyo davlatlari orasida futbolni yanada rivojlantirish, Markaziy Osiyo futbol jamoalari o'rtasida musobaqalar tashkil etish fikrini bildirdi.


Malumot o'rnida qayd etish joiz, Rustami Emomali 2019 yilning aprel oyidan buyon Markaziy Osiyo futbol Associaciyasining prezidenti hisoblanadi. Samimiy ruhda o'tgan suhbat jarayonidan keyin Dushanbe shahri raisiga 7-raqamli futbolka va Ravshan Ermatovning dastxati tushirilgan sariq va qizil kartochkalar sovg'a qilindi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика