Duglas Kosta "Fluminense"ni tark etdi
26 iyu 2024 00:22
Yangiliklar
Duglas Kosta "Fluminense"ni tark etdi
"Bavariya" va "Yuventus"ning braziliyalik sobiq hujumchisi Duglas Kosta klubsiz qoldi.
Transfermarkt xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi "Fluminense"ni tark etgan. Duglas o'tgan qishda ushbu klubga ko'chib o'tgandi. Klub ijtimoiy tarmoqlari futbolchi bilan xayrlashganini hali rasman elon qilmagan.
Kosta hozirda 33 yoshni qarshilagan. Transfermarkt uni 800 ming evroga baholamoqda. Duglas "Fluminense" safida gol ura olmadi, 22 uchrashuvda faqat bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
2024 yilning qishida "Fluminense"ga o'tishdan oldin Kosta "SHaxtyor", "Bavariya", "Yuventus", "Gremio" va "Los-Anjeles Gelaksi" klublarida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar