Driussi "Zenit"ni tark etdi
26 iyu 2021 20:24
Yangiliklar
Driussi "Zenit"ni tark etdi
Hujumchi Sebastyan Driussi "Zenit" bilan shartnomasini bekor qilib, jamoani tark etdi.
"Seba, g'alabalarimizga ulkan hissangni qo'shganing uchun sendan minnatdormiz va kelgusi faoliyatingda omad tilaymiz. Barchasi uchun rahmat!" — deyiladi klubning tvitterda elon qilgan xabarida.
Eslatib o'tamiz, Driussi "Zenit" tarkibida 138 uchrashuv o'tkazib, 25 ta gol urdi hamda 28 golga pas berdi.
Klub bilan birgalikda hujumchi uch marta Rossiya chempioni bo'ldi, shuningdek, mamlakat kubogi va Superkubogini (2 marta) qo'lga kiritdi.
Fikrlar