Drente "Real Mursiya" bilan shartnoma imzoladi, oldinroq bu klubga Leskott o'tgan edi
07 jan 2021 11:32
Yangiliklar


Drente "Real Mursiya" bilan shartnoma imzoladi, oldinroq bu klubga Leskott o'tgan edi
Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Royston Drente faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.
Niderlandiyalik futbolchi Segunda B (3-divizion) klubi "Real Mursiya" bilan shartnoma imzoladi. Oldinroq bu klubga Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Joleon Leskott ham o'tgandi.
33 yoshli Drente so'nggi yillarni Niderlandiya klublarida o'tkazdi.
"Real Mursiya" hozircha jadvalda birinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar