So’nggi yangiliklar

13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  0 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  0 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  6 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  7 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1

Drajen Dukich: "Paxtakor"ga qaytganimdan xursandman" Yangiliklar

Drajen Dukich: "Paxtakor"ga qaytganimdan xursandman"

Yangi mavsum Paxtakor klubi uchun katta yangiliklar bilan boshlanmoqda.

Kuni kecha jamoa murabbiylar shtabida yangi murabbiy - Drajen Dukich ish boshladi. Mazkur inson uchun "Paxtakor" begona  emas. 2012 yilda sherlarni boshqargan Deyan Jurjevichga yordamchilik qilgan murabbiy yana klubimiz bilan birga. SHu munosabat u klubimiz matbuot xizmatiga maxsus intervyu berdi.
 
- Drajen! Paxtakorga xush kelibsiz! Yana qachonlardir Paxtakorga qaytaman deb o'ylaganmidingiz?
- Ishonasizmi, menda doim qachondir O'zbekistonga qaytaman degan fikr bo'lgan! 2012 yilda hamkasbim Deyan Jurjevich bilan Paxtakorda faoliyat olib bordik. Ko'p vaqt davomida hamkorlik qilmagan bo'lsak-da, Paxtakor va O'zbekiston haqida juda iliq taassurotlar qolgan. Menga Toshkent shahri yoqadi. Bundan tashqari, Samarqand va Buxoroda bo'lganman, bu shaharlar ham xotiramda o'chmas iz qoldirgan.
 
- Paxtakordan so'ng faoliyatingizni qaerda davom ettirdingiz?
- SHerlarni tark etganimdan so'ng Serbiyada ishladim. Kolubara futbol klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib  bordim. Takidlash lozimki, mazkur klubda ancha katta hajmdagi ishni amalga oshirdik, lekin afsuski klub rahbariyati almashinuvi oqibatida u erni tark etdim. Bundan so'ng, qadrdon klubim hisoblangan Belgradning OFK jamoasiga qaytdim va bosh murabbiy yordamchisi vazifasini bajardim.

- Sizda O'zbekiston chempionati, qolaversa Paxtakor o'yinlarini kuzatish imkoniyati bo'ldimi?
- Ha, albatta. 2012 yilda jamoa mamlakat chempioni unvonini qo'lga kiritganida juda xursand  bo'ldim. O'tgan yili Turkiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatini ham kuzatib bordim. Takidlash lozim, chempionat doirasida O'zbekiston terma jamoasi ancha mazmunli va saviyali o'yin ko'rsatdi. Ayniqsa, terma jamoangiz asosini men ishlagan Paxtakor jamoasi o'yinchilari tashkil qilganidan xursand bo'ldim.

- Faoliyatingizni Paxtakorda davom ettirishingizning asosiy sabablari nimada?
- Birinchidan, klub infratuzilmasi. Bu erda barcha ish yaxshi yo'lga qo'yilgan. Ikkinchidan, jamoada yosh va iqtidorli futbolchilarning ko'pligi. Ishonasizmi, jahonning ko'plab mamlakatlarida bo'lganman va ishonch bilan ayta olamanki, o'zbek futbolchilarining potenciali juda yuqori. Paxtakor juda yaxshi akademiyaga ega. Eng asosiysi, jamoa asosiy tarkibini aynan mazkur akademiya tarbiyalanuvchilari tashkil qiladilar.

 
Drajen DUKICH

Tug'ilgan sanasi: 17.02.1966
Futbolchilik faoliyati : FK Suteska, FK Prolete, FK "Jiangsu" (Xitoy), OFK (Belgrad), FK Rad, FK Mladost.
Murabbiylik faoliyati: FK Xayduk (assistent ), FK Okad (assistent), FK OFK (Belgrad) (assistent), Paxtakor (assistent), FK "Kolubara" (bosh murabbiy), OFK (Belgrad) (assistent).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика